See discussions, stats, and author profiles for this publication at


TURISTIK – REKREATSIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195
TURISTIK – REKREATSIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING 
EKOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Ashurova M.X., BuxDU 
Fozilova M.B., talaba 
Turistlik resurslar har bir mamlakatning milliy boyligi bo‘lib, davlat mulki hisoblanadi. Ammo 
ulardan bir qismi jahon ahamiyatiga molik obyektlar va yodgorliklar hisoblanib YUNESKO ning 
ro‘yxatiga kiritilgan. Bunday ro‘yxat har yili YUNESKO tomonidan o‘rnatiladi va yangilanadi. 
Barcha tabiiy va madaniyat yodgorliklari davlat tomonidan muhofaza qilinadi, umumjahon 
ahamiyatidagi obyektlar va yodgorliklarni ta’mirlashga, saqlab qolishga BMT tomonidan mablag‘ 
ajratiladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston katta turistlik resurslar salohiyatiga ega bo‘lib, uning hududida 
4000 dan ortiq tarixiy-arxitektura yodgorliklari va go‘zal tabiiy-iqlimiy resusrlari mavjud. Ularning 
3/1 qismigina faoliyat ko‘rsatmoqda, qolganlari esa yangi turmahsulotlar tayyorlashga va yangi 
turmarshrutlar ochilishga imkoniyat beradi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina tarmoqlar kabi turizm 
industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistlik biznesni mavjud investitsiya, texnologiya, hamda 
malakali ishchi– xodimlar orqaligina shakllantirib bo‘lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda 
turistlik resurslarga ega bo‘lish lozim. 
Rekreatsiya faoliyati nuqtai nazardan turistlik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar 
kiradi, tabiat manzaralari, rekreatsiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega, 
insonlarni ko‘rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar yordamida sog‘ligini tiklash va dam olishida 
foydalanish mumkin bo‘lgan, rekreatsiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi. 
Tabiiy turistlik resurslar 
Tabiiy turistlik resurslarni asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy 
qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini 
tabiatdan qondiradilar. Turistlik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv obyektlari, 
dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki 
inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa 
jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistlik resurslarni tahlil 
etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat 
kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreatsiya yoki turistlik potensial nuqtai 
nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuviga ko‘ra 
har xil bo‘lishi mumkin. 
Tabiiy turistlik resurslar кelib chiqishiga ko‘ra: 
- tabiiy(geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar); 
- biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna); 
- energoinformatsiyali, tabiatdan o‘ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo‘lib, bu 
resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra: 
- mineral suvlar; 


109 
- botqoqlar; 
- tuzlar; 
- o‘rmonlar. 
Resurslarning davomiylik darajasiga ko‘ra: 
• tugaydigan tabiiy resurslar, ular o‘z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo‘linadi. 
• tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to‘lqinlari, suvlari 
kiradi. 
O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra: 
• qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‘rmonlarni misol keltirish mumkin, o‘rtacha 10 yilda 
qayta tiklanadi. 
• qayta tiklanmaydigan resurslar. 
Tabiiy turistlik resurslar orasida asosiy o‘rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat 
aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Undan tashqari tabiiy resurslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish natijasida bir qancha 
muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto‘g‘ri foydlanish, ko‘plab qurilishlarni amalga 
oshirish tufayli bo‘lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib 
chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 
Rekreatsiya deb, insonlar sog’ligini va mehnatga qobiliyatini dam olish obyektlarida qayta 
tiklashi, sayyohlik yo’li bilan tabiatning turli maskanlariga borishi, arxitektura va tarixiy 
yodgorliklarni borib ko’rishiga aytiladi. Rekreatsiya sohalari bir qancha bo’lib, ularga kurort – 
sanatoriya va boshqa salomatlik obyektlarida sog’likni tiklash, sayyohlik yo’li bilan tabiatning go’zal 
go’shalariga (daryo, ko’l, o’rmon, tog’, g’orlar, sharshara va b.) borish, sport bilan shug’ullanish, 
hamda noyob tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishishlari kiradi. Rekreatsiya faoliyati 
bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi. Rekreatsiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy, 
tarixiy resurslarning bir qismlaridan iborat bo’lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra 
rekreatsiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsiya resurslari. Tabiiy 
rekreatsiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat 
go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, 
xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari 
aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar 
atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreatsiya 
resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at 
obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin bo’lgan ijtimoiy 
obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi. 
Rekreatsiya faoliyati dunyoning ko’p mamlakatlarida daromat manbaiga aylangan iqtisodiyot 
sohasi hisoblanadi. Mаmlakatimiz ham rekreatsiya resurslariga boy hisoblanib, nafaqat dam olish, 
sayyohlik, sog’likni tiklash, shuningdek chet el sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega. 
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish va kuz fasllarida ham 
dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun tog’li hududlarda qishki sport – dam 
olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish 
majmuasi kata imkoniyatlarga ega. Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo 
viloyatlari tog’li mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog’likni tiklash manbasi hisoblangan 
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu er osti suvlari kimyoviy tarkibi, 
tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda 
turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib 
tushuvchi tog’ soyliklari rekreatsiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish oromgohlarini 
tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, ikkinchidan, shu joy aholisi ish 


110 
bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromat oshadi. Demak, tabiat qo’ynilarida dam olish va sog’lomlashtirish 
muassasalarini qurishning ahamiyati yuqori ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni 
dam olishning ham o’ziga yarasha mezonlari mavjudki, ularni tuliq hisobga olish rekreatsiya 
resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Bu mezonlarga mavjud resurslardan rekreatsiya 
faoliyatida foydalanishning ekologik xususiyatlari kiradi. 
Rekreatsiya faoliyati (dam olish, sog’lomlashtirish) ma’lum hududda amalga oshiriladi. Mazkur 
hudud hordiq chiqarishga kelganlarni ekologik nuqtai nazardan sig’dira oladimi yoki yo’q, bu 
ekologik sig’im mezoni bilan aniqlanadi. Ekologik sig’im bu, dam oluvchilar miqdori mazkur 
ekologik maydonga to’g’ri kelishini ko’rsatuvchi o’rtacha me’yor hisoblanadi. Bu borada ma’lum 
andoza va me’yoriy ko’rsatgichlar ishlab chiqilgan. Bunga quyidagi jadvalni misol keltirish mumkin. 
Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan cho’miluvchilar soni 
oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda 
dam olish hududiga nisbatan dam oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli
manzarali o’simliklarga ziyon etkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi, natijada 
ekologik muvozanat buziladi.

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish