ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 482
Sputnik kolumnisti Dilshoda Rahmatova Oʻzbekiston xalqaro maydondagi oʻz
imidjini mustahkamlash uchun nima ishlar qilishi kerakligi haqida. Yaqinda, 26 iyul
kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imidjini mustahkamlash
masalalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Sputnik Oʻzbekiston
muxbiri Dilshoda Rahmatova xorijiy OAV vakili sifatida ishtirok etdi. Sputnik muxbiri
fikriga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlashda avvalo
mamlakat ichidagi ayrim qusurlarni oʻzgartirishi lozim.
Eski stereotiplar
Sir emas, koʻp yillar Oʻzbekiston jahon hamjamiyatidan oʻzini tortib keldi.
Natijada mamlakat haqidagi eski steriotiplar hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, turizmga eʼtibor, viza masalasidagi
yengilliklar, investititsiyaviy jozibardorlikni oshirish, ekologiyaga eʼtibor davlat siyosati
darajasiga koʻtarilgani jahon hamjamiyatida maʼlum ijobiy natijalarni bermoqda. Lekin
hali bu borada qilinganidan koʻra amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar koʻproq.
Oʻzbek obrazi qanday boʻlmogʻi lozim?
Bilamizki, jahonga tanilgan har bir millatning boʻrttirilgan obrazi boʻladi. Ingliz
konservatizmi, nemis punktualizmi, frantsuz romantizmi, yaponlarning donoligi,
xitoylarning ustaligi, hindlarning tolerantliligi (jonzotlarga nisbatan). Xullas, jahonga
har qanday davlat va millat oʻz imidji va obrazi bilan kirib keladi.Oʻzbek millati shu
paytgacha oʻzini bolajon va mehmondoʻst sifatida koʻrsatishga urinib keldi. Biroq
bugun bu ikkala imidj ham oʻrnashib qolmadi.Menga qolsa, oʻzbek obrazini
mehnatkash va donishmand obrazida yaratgan, shuni targʻib etgan boʻlardim.
Turist
ik yoʻnalish: “bir kelib qolibsiz” uslubi
Mamlakat va xalqning chet ellardagi obrazi birinchi navbatda unga kelib-
ketuvchilar, qaysidir maʼnoda, turistlarning munosabati bilan shakllanadi.Turistlarga
eʼtibor ancha yaxshilanib, ularning hurmat
-izzatini joyi
ga qoʻyishga harakatlar
boʻlayotganiga qaramay, haligacha bu sohani yogʻliq joy sifatida koʻruvchilar
talaygina.Bu, birinchi navbatda, nolegal “taksichilar”, muzeylar, qadimiy obidalar
atrofida oʻralashib, “biznes” qiluvchilar, bozorlardagi “epchil” sotuvc
hilar [16-
30].Bundaylar turistlarning vaziyat va narx-navodan bexabarligi orqasidan foydalanib
qolish ilinjida boʻladi. Va natijada Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri munosabat
shakllanishiga sabab boʻladi.Bir paytlar “Toshkent
-
Samarqand” yoʻlining chekkasida
“bir kelib qolibsiz”, degan kafelar boʻlgan. Shu yoʻldan qatnovchilar adashib kirib
qolsa, oshirilgan narxlarda taom sotib, eʼtiroz bildirganlarga “bir kelib qolibsiz”, deb
turaverarkan, chunki qaytib kelmasligini aniq bilishar ekan. Shundan bu kafelarning
n
omi shunaqa boʻlib ketgan.Yoʻl bitta va serqatnov, kimdir albatta kiradi, shu bilan
tirikchilik qilib oʻtiraveradi. Turizm sohasi da esa “Bir kelib qolibsiz” uslubi ketmaydi.
Chunki u bir kunlik soha emas.
Mamlakat imidjini yaratish borasidagi saʼy
-harakatlardan maqsad ham aslida shu.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |