Page 841
MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O’RNI Madina Nasretdinova Farg’ona davlat
universiteti
Ismoil Rustamov Farg‘ona davlat
universiteti
Oybek Karimov Farg‘ona davlat
universiteti
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘zbek san’ati
ning
nomoddiy me’rosi xisoblanmish maqom
janrining vijudga kelishi va rivojlanish bosqichlari borasida so‘z boradi. Hozirgi kunda
milliy maqom san’atimizni tiklash va yanada rivojlantirish borasida davlat siyosati
darajasida olib borilayotgan tub islohatlarning?ohiyati borasida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar : maqom, san’at, ustoz
-
shogird, musiqiy me’ros, lad, tuzulma, xalq
ijodi.
KIRISH Musiqa san'ati asrlar davomida rivojlanib, turli xil janrlar asosida takomillashib,
sayqallanib kelmoqda. Qadimdan avloddan
–
avlodga og'zaki hamda yozma ko'rinishda
xozirgi kungacha yetib kelgan nomidiy madaniy me'roslar bugungi musiqa san'atini
shakllanishiga asos bo'lmoqda. Har bir xalq o'zinig qadimiy musiqiy me'rosiga egadir.
Shuningdek o'zbek musiqa san'atida ham ajdodlarimizdan ustoz
–
shogird an'analari
asosida rivojllanib bizgacha yetib kelgan o'zbek xalqining ulkan madaniy me'rosi
bo'lmish "Shashmaqom", "Xorazm maqomlari", "Farg'ona va Toshkent maqom yo'llari"
so'zimiz tasdiqidir.
Maqom iborasi arab tilidan olingan bo'lib
—
o'rin, joy, makon kabi
ma'nolarni anglatadi. Maqom so'zi musulmon Sharq musiqasida asosiy tushunchalardan
biridir. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholgʻuning
dastasida barmoq bilan
bosiladigan joy, parda maʼnosida ishlatilgan. Keyinchalik, Sharq
musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida maqomning mazmun doirasi tobora kengayib,
bir-
biriga nisbatan bog'liq boshqa maʼnolarni ham anglata boshladi:
• lad tuzilmasi, lad tizimi;
• shakl
, janr;
• muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy
-ohanglar;
• bir qismli yoki turkumli cholgʻu va ashula yoʻllari;
• musiqiy uslub va boshqalar [1].
NATIJALAR Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqiy
–
estetik qarashlari
barkamol bo'lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan.
Shuni aytish kerakki, IX
–
X
–
asrlarda yashab o'tgan vatandoshimiz Abu Nasr
Farobiyning musiqashunoslikqagi buyuk xizmatlari o'laroq Sharq musiqa ilmiga asos