kasanachilik
–
bu yirik sanoat
korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish
yoki xizmat koʼrsatishdir. Bunday taʼrif va tushuncha bugungi kunda xalqimiz
tadbirkorligini oshib borishida muhim rol oʼynamoqda.[5]
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvardagi Kasanachilik toʼgʼ
-risidagi nizomga
koʼra, kasanachilik bu t
uzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs
–
kasanachining yashash joyida yoki unga yoxud uning oila aʼzolariga tegishli boʼlgan
boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalariga koʼra tovarlar ishlab chiqarish yoki
xizmatlar koʼrsatish boʼyicha ka
sanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishdir.[4]
Mamlakatimiz iqtisodiyotida kasanachilikni rivojlantirish orqali aholining faol qismini
ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish, ularni ish bilan taʼminlash va aholini turmush
darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Chunki, kasanachilik - korxonaning buyurtmasini
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 588
bajarish uchun, mehnat shartnomasi asosida va tegishli haq evaziga, jismoniy shaxslar
tomonidan amalga oshirilayotgan mehnat faoliyatidir.
Kasanachilik faoliyati odatda korxonaning ishlab chiqarish maydonlaridan va ofis
binolaridan tashqarida, yaʼni xodimning uyida joylashgan, statsionar ish joyi talab
qilinadigan ish faoliyatidir.
Bugungi kunda aholini samarali bandligini taʼminlash, yalpi ichki mahsulot hajmini
koʼpaytirish, shuningdek, oila byu
djeti daromadini oshirish muammosini hal etishda
kasanachilikni oʼrni beqiyosdir. Mamlakatimizda va viloyatimizda kasanachilik fuqaro
-
larni, birinchi navbatda xotin-
qizlarni, ayniqsa koʼp bolali ayollarni, yordamga muhtoj
nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish
faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmokda.
Yirik sanoat korxonalarida boshqa tarmoqlardagi yirik korxonalar va kichik sanoat
korxonalari bilan kasanachilik oʼrtasidagi kooperatsiyani rivoj
lantirish-ning asosiy
maqsadi aholining ish bilan band boʼlmagan qismini bandligini taʼminlash orqali ishlab
chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va mamlakatimiz iqti-sodiyotini yanada
barqarorlashtirishdir
Аholini ish bilan taʼminlashnnng ijtimoiy jihatlari aholi bandligini taʼminlash jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim iqtisodiy xususiyatlaridan biri
hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Oʼzbekistonda aholini ish bilan
taʼminlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yoʼnalishi
sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat koʼrsatish va kasanachilik
sohalarini qoʼllab
-
kuvvatlash va rivojlantirishni ragʼbatlantirish, ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish boʼyic
ha ishlar amalga oshirilmokda.
Mamlakatimizdagi qonunchilikka asosan kasanachilikning turli turlari va shakllari
mavjuddir.
Yirik va kichik sanoat korxonalari bilan kooope-ratsiyaga asoslangan
kasanachilikning asosiy xarakte-
ristikalari boʼlib hisoblanad
i:
- korxonaning buyurtmasini bajarish uchun, mehnat shartnomasi asosida va
tegishli haq evaziga, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan mehnat
faoliyati;
- korxonaning ishlab chikarish maydonlaridan va ofis binolaridan tashqarida,
odatda, xodimning uyida joylashgan, statsionar ish joyi talab qilinadigan ish:
- hisobot davri davomida ishni bir maromda va munta-zam ravishda uyda bajarilishi.
Yurtimizda va chet elda kasanachilikni quyidagi turlari va shakllaridan
foydalaniladi:
- qo
ʼ
l mehnati yoki uni yengillatish imkonini beruvchi oddiy vosita va asbob-
uskunalarni qoʼllash orqali yoki qoʼllamasdan amalga oshiriladigan qoʼl mehnati.
Bunday qoʼl mehnatining misollari: paxta, jun yoki sunʼiy tolali kalavalardan mahsulot
toʼqish, kashta
tikish, kichik hajmdagi mahsulotlarni saralash va qadoqlash, qogʼoz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |