ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 380
madaniy-ma'ri
fiy rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Boburiylar ko‘plab inshootlar
bunyod qildi. Hind xalqi ular bilan hamisha faxrlanib kelgan. Qayd etish joiz,
Hindistonda 1774-yilda tashkil etilgan Rampur Raza kutubxonasida Boburga tegishli
ko‘plab qo‘lyozma, nodir eks
ponatlar saqlanadi. Muzeyning Boburiylar davri tarixi,
adabiyoti va san'ati bilan bog‘liq bo‘limi ko‘pchilikda alohida qiziqish uyg‘otadi.
Mashhur "Devoni Bobur"ning asl nusxasi ham shu yerda saqlanmoqda. Bobur unda o‘z
qo‘
li bilan bitgan satrlar mavjud. Boburiylar Hindiston taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shgan suloladir,
deydi Rampur Raza kutbxonasi mas'ul kotibi Sanam Ali Xon deb
bizga ma’lumot berdi PhD Shohid Tasleem.
Bu tarixiy haqiqat. Boburiy podshohlar
ilm-
fan, bunyodkorlik sohasida boshqalarga o‘rnak
hisoblanadi. Ular homiyligida
qurilgan binolar bugun Hindiston, Pokiston, Bangladesh xalqlarining faxridir.
Shuningdek, boburiylar aql-zakavot, ijodi
y ishlarda ko‘pchilikka o‘rnak.
Ushbu sulola
vakillari tomonidan qoldirilgan bebaho ma'naviy meros hind va
o‘zbek xalqlari boyligi.
Rampur Raza kutubxonasida saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar
sulolasiga oid tarixiy ashyolar madaniy ildizlarimiz, tar
iximiz o‘xshashligidan
dalolatligini ko‘p marta takidladi
doktor faxr bilan.
Muhokama
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra Bobur tiriklik paytida ikkita devon tuzgan. Ularning
birinchisida Movarounnahr va Afgʻonistonda, ikkinchisiga Hindistonda yozgan
sheʼrlarini kiritgan. Bu haqda “Boburnoma”ning 925 hijriy, 1519 milodiy voqealari
bayonida shunday
deyiladi: “Hofiz Mir kotibning ogʻa
-inisi Samarqandtin kelib erdi, bu
fursatta Samarqandgʻa ruxsat berib, Poʻlod
Sultongʻa devonimni yibordim”.
Bobur
devoni Sharq mumtoz lirik janrlardagi asarlar majmuasidan iborat toʻplam. Hozirgacha
dunyo qoʻlyozma fondl
ari va kutubxonalarida Bobur devonining 9 ta
qoʻlyozma
nusxalari aniqlangan. Hindiston milliy kutubxonasida saqlanyotgan notugal, lekin shoir
ijodiy merosini aniqlashda muhim boʻlgan bu qoʻlyozma chiroyli taʼliq xati bilan
koʻchirilgan. Sahifalarida yu
qori darajada bezaklar berilgan
. Unda “Risolai Volidiya”, 2
ta masnaviy, 24 ta ruboiy, 2 ta gʻazal, 3 ta qitʼa va “Aruz” risolasidan parcha oʻrin
olgan. 20a varaq hoshiyasida podshohning evarasi Shohjahon tomonidan tasdiqlangan
Boburning asl dastxati mavjud. S
hunga koʻra manba shoir vafotiga qadar oʻzi
tomonidan tuzdirilgan deb hisoblanadi. Bundan tashqari Al-abd Mumahammad Boqiy
tomonidan nastaʼliq xatida koʻchirilgan “Devoni turkiy Bobur podshoh” Parij Milliy
kutubxonasida, kotibi va koʻchirilgan sanasi nomaʼlum “Devoni Bobur chigʻatoyi”
Istanbul universiteti kutubxonasida, “Devoni Sultonul
-
aʼzam Bobur Mirzo” Istanbuldagi
Toʻpqori saroyidagi Ravon kutubxonasida, “Devoni Mirzo Bobur” Istanbul shahar
kutubxonasida, “Devoni Bobur podshoh”ning ikkita nusxasi Hindi
stonning Haydarobod
shahrida joylashgan Salorjang muzeyida 4,18 raqamlari bilan joylashtirilgan. Mazkur
muzeydagi birinchi devonning koʻchirilgan sanasi va kotibi nomaʼlum 18
-raqam bilan
roʻyxatga olingan devon esa 1774 yilda Ali Kotibiy tomonidan koʻchiri
lgan.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |