Page 284
quzzot Mujiriddinni oradagi be
gonalikni yo’q etib birlashish va sulh tuzish maqsadida
elchi qilib yubordim. Bundan keyin elchilarning borib kelishi va savdogarlarimizning
bir-birlari bilan savdo aloqalari davom etsin.
“
Jaloliddin Manguberdi Alouddin Ka
yqubodga do’stlik taklif
i bildirilgan ilk
nomasini Marog’a shahrida yozdirgan. Jaloliddin bu maktubida Ozarbayjonni
egallaganini endi esa Gurjilar mamlakatiga yurush qilish niyati borligini ham aytib
o’tadi”
3
. Aluuddin Kayqubod esa Jaloliddinning bu nomasidan mamnun bo’ladi va unga
o’z elchilari orqali javob maktubi va sovg’a salomlar yuboradi.
Kayqubod elchilari
boshlig’i Amir Salohiddin bo’lgan va u Sulton bilan Alouddin Kayqubod nomidan
muzorkara olib borgan. Alouddin Kayqubod javob maktubida Jaloliddinga salomlarini
yo’llash bilan birgalikda uning elchi yuborib do’stona aloqalarni o’rnatishni xohlaganini
maqbullaydi va bundan sharaf tuyganligi, bundan so’ngra ikki davlat orasida do’stona
aloqalar o’rnatili
shidan mamnun ekanligi izhor etadi. Shu bilan birga u maktubida
Jaloliddin elchisi Xorazm va Xuroson faxri qozi Mujiriddin Sultonning barcha so’zlarini
yetkazganini va bu elchilikka javob tariqasida Amir Salohiddinni yuboriyotganligi, u
Saljuqiylar Sultoni nomidan ish olib borishini taki
dlab o’tadi.
Alou
ddin Kayqubod Sultonning mo’g’ullar ustidan g’alabalaridan xursand
bo’lganini va o’z ham ayni dushmanlar bilan band bo’lganligi uchun Xorazmshohga
maktub yoza
olmaganini aytib o’tadi.
Nasaviy
o’z asarida
Saljuqiylar elchisi 1226-yilda Xoy shahri yaqinida vazir
Sharafulmulk tomonidan kutib olinganini qayd etadi. Sharafulmulk elchilardan davlat
mustahkamligi uchun askar talab qilish imkoniyati bo’la turib atrofidagilarning fikrini
inobatga olgan
holda (Nasaviy bu fikrga qarshi bo’lgan) Saljuqiylar sultonidan ma’lum
miqdorda mablag’ talab qiladi. Elchilar bu so’rovni Alouddinga yetkazishadi va talab
qilingan mablag’ Sharafulmulkka yetkaziladi.
“
Jaloliddin Hilotni qamal qilib turgan vaqtda Alouddin ikkinchi marta Sulton
huzuriga elchilarini yuboradi. Elchilar Sultondan Hilot qamalani to’xtatishni, Jaloliddin
huzuriga panoh istab kelgan Arzinjon hokimi Rukniddin Jahonshohni Alouddin
Kayqubodga topshirishni va Sulton Jalolliddinning qizini Kay
qubodning og’liga
kelinlikka berishni talab qilishadi
”
4
. Bu masalalarning barchasiga rad javobini eshitgan
elchilar, Sharafulmulk tomonidan tahqirlanadi, ular bilan yaxshi munosabatda
bo’linmaydi.
Jaloliddin huzuridan qaytgan elchilar bu haqda Alouddinga yetkazishadi
shu voqealar sabab ikki davlat o’rtasida ittifoq tuzilmay qoladi. Ayyubiylar bilan ittifoq
tuzgan saljuqiylar Yassi Chaman jangida Xorazmshoh qo’shinlarini mag’lub etishadi.
Bu jang Xorazmshoh qo’shining kuchi zaiflashuviga, tarqalib ketishiga sabab bo’ladi va
oxir oqibat mo’g’ullarning Sulton Jaloliddinga hujum uyushturishiga qulay fursat
3
Buket Yasha Shahin. Anadolu Saljuklu devleti ila Harazmshahlar devleti munasebetleri. - Konya: Tamic,
2008.
–
B. 45.
4
Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy.Siyrati Sulton Jaloliddin Mengburni/ Matyoqubov tarjimasi/ - T.:
“O’zbekiston”, 2006. –
B. 254.