SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 660
Gazni qazib olish va uzatishda bosimning bosqichma-bosqich kamayishi namlikka
to’yingan gazning haroratini pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda tabiiy gaz
molekulasi suv bilan o’zaro ta’sirlashib qattiq kristal zarralarni hosil qiladi.
Bundan tashqari, tabiiy gazlardagi singari issiqlik ajralib, tizimdagi harorat
ko’tariladi. Hajm doimiy qolgani bois, harorat oshishi bilan tizimda bosim o’sadi.
Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod
gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko’ra bir–biridan farqlanadi.
Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to’yinmagan
uglevodorodlarga boy bo’ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori
ko’pligi bilan tavsiflanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Gazlarni
sovutganda
yoki,
bosimi
oshirilganda
bug’simon
namlik
kondensatsiyalanadi va
ozod suv, muz yoki gidrat hosil qilishi mumkin. Bu esa o’z
navbatida gazni qayta ishlash va gaz ta’minoti tizimining jihoz va quvuruzatkichlarida
metallar korroziyasiga; gaz quvurlarida suyuqlik yig’ilib qolishiga; texnologik
jihozlarning gidratli tiqinlar tufayli torayishiga hattoki, gazni iste’molchilarga
uzatilishining to’xtab qolishiga sabab bo’ladi.
Shunga ko’ra qayta ishlashga yoki, iste’molchiga uzatilayotgan gaz soha standart
talablariga muvofiq, kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra quritilish talab etiladi.
Gidrat hosil bo’lishi gazning tarkibiga va termodinamik sharoitga (bosim va
haroratga) bog’liq. Shuningdek, gidrat hosil bo’lishi suv tarkibidagi tuzlar miqdoriga
ham bog’liq. Tuz miqdori ortishi bilan gidrat hosil bo’lishi harorati pasayadi. Gidrat
muz yoki zichlashgan qor shaklida bo’ladi. Gidratlar quvurning o’tkazuvchanlik
qobiliyatini pasaytiradi, kompressorga ortiqcha yuklama tushiradi, quvurlar,
jihozlarning korroziyasiga sabab bo’ladi.
Sanoatda gaz ta’minoti tizimida bunday salbiy oqibatlarni bartaraflash maqsadida
gazlar talab darajasiga qadar quritiladi. Quritish chuqurligi soha standart talablariga va
kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra aniqlanadi.
Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorodlarning quritishning keng tarqalgan quyidagi
usullari mavjud:
- suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etilen glikollar)
- qattiq yutuvchilar – (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik
seolitlar va boshqalar.
Tabiiy gazlarni quritish usullari sifatida kondensatsion quritish, absorbsion
quritish, glikol purkab quritish va adsorbsion quritish usullarini sanab o’tish mumkin.
Gazlarning qurtish jarayonining asosiy ko’rsatkichi gazlardagi namlik miqdori
orqali ifodalanadi.
Quritish – gazdan bug’simon namlikni ajratish jarayoni sanalib, gazdagi qoldiq
namlik miqdori quritilgan gazning
shudring nuqtasi
orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |