736
falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. II-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil
topdi. Imperator Mark Avreliy davrida II asrda Afinada oliy maktablar tashkil etildi.
Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keldi.
Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi,
biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib,
maosh oladigan boʻldilar. 362 yildan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdiqladi. Rim
shahari davlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot
bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa yunon ilmiy va
madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm
davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Rim fuqorolari juda koʻp xudolarga eʼtiqod
qilganlar, turli narsalarning , Mars, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning
ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab
qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan.
Ularga qurbonlik qilib turilgan. Mars hudosi sharafiga hosilni oshirishni soʻrab sigir
qurbonlik qilingan. Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ,
maydonlarda ibodat qilganlar Ibodat qilinadigan joylarda s mehroblar ishlangan.
Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars xudosi dastlab dala va
hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi hisoblangan. Diana, Venera (bogʻ,
hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi),
Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga
umumitalyan xalqlarining xudolari deb qaralgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar,
maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Mars, chavandozlar Neptunga,
savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati
taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan avvalgi III-asrda yer osti
xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturin
sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dekabr oyida bayram oʻtkazilgan. Miloddan
avvalgi II-asr oxiri — I-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik
maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek,
narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham
eʼtiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi I—milodiy I-asrlardan hukmronlik
qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va
kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat ahli rahnamosi deb bilgan Pan
-choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi, Silvan -oʻrmon, dala xudosi kabi xudolarga
ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda
Rim dinlari tushkunlikka uchrab, IV-asr oxirlarida imperator Feodosiy turli maʼjusiy
urfodatlarni man qildi, shu bilan Rim dinlari barham topdi.
Rimda ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. Rim falsafasining
ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
Do'stlaringiz bilan baham: |