www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
113
tortib yuriladigan tayanchli yo'l treyleri;
elektronika va nazorat qilish tizimi;
quvvat manbai.
MSR radarlari odatda maxsus off-Road treylerida joylashgan avtonom qurilma.
Treyler – MSR quvvat manbai,
joylashishni aniqlash tizimini, radar elementlarini va
MSR operatorining vizual interfeysini ta'minlovchi boshqaruv hamda elektronika
tizimiga ega [6]. Quvvat manbai foydalanuvchi aralashuvisiz uzoq vaqt davomida
(odatda uch kundan bir haftagacha) MSR mustaqil ishlashini ta'minlaydi.
Quvvat
manbai akkumulyatorlarni zaryad qilish zarur bo'lganda avtomatik ravishda ishlaydigan
dizel dvigatel bilan bog'langan generatorni o'z ichiga oladi. Qabul qiluvchi transmister
(RSU) va antenna to'g'ri o'lchash va nishabda kichik harakatlarni aniqlash uchun
ishlatiladigan radio signalini ishlab chiqaradi. Treylerning yuqori qismida joylashgan
antennani boshqarish qurilmasi monitoringni tekshirish uchun ishlatiladi.
NATIJA
Nazorat birligi RSUDAN signalni ushlaydi va dasturiy algoritmlardan
foydalanish orqali nishab barqarorligi va turli tadqiqot ma'lumotlari haqida ma'lumot
beradi.
MSR shuningdek, atmosfera sharoitidagi o'zgarishlarni bartaraf etish uchun
ishlatiladigan atrof-muhitni nazorat qilish tizimini va masofadan ma'lumotlarni uzatish
imkonini beruvchi aloqa modulini o'z ichiga oladi
[7]
.
Radar tizimining ishlash ketma-ketligini quyidagicha ta'riflash mumkin:
so'rovnoma boshlanishida mahalliy koordinatalar tizimidagi radarning joylashuvi
aniqlanadi;
olingan ma'lumotlarni boshqa sensorlarning ko'rsatkichlari bilan taqqoslash
amalga oshirildi;
raqamli kon rejasi modeli bilan integratsiya amalga
oshirildi va harakat aniqlandi;
qayd qilingan harakatlar ma'lum bo'lgan geologik anomaliyalar bilan
taqqoslanadi;
olingan nuqtali bulut boshqa dasturiy ta'minot tizimlariga eksport qilinadi.
MSR tizimining afzalliklari ham quyidagilarni o'z ichiga oladi:
yangi skanerlash hududida ilgari skaner qilingan ma'lumotlarni aniqlash uchun
Rapid Align tizimidan foydalanish va avvalgi o'lchovlarni hisobga olgan holda
avtomatik sinxronizatsiya qilish;
3D-modelni istalgan nuqtadan real vaqtda o'rganish va
qurish qobiliyati;
portlatish ishlarini hisob-kitoblarda hisobga olish;
harakatchanlik (tarqatish va ulanish vaqti - 15-30 min);
harakatlar o'rtasida skanerlash tarixini saqlash;
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Do'stlaringiz bilan baham: