Foydalanilgan adabiyotlar
1. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., “Fan va
texnologiya”, 2008.
2. “Òzbekiston milliy ensiklopediyasi ” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
85
GRAFIK MASALALAR ORQALI OʻQUVCHILARNING FAZOVIY
TASAVVURI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
Yakubova Nafisa Odiljanovna
Guliston davlat universiteti o’qituvchisi
Sagatova Nodira Odiljonovna
Chinoz tumani Toshkent viloyati 5-maktab
Annotatsiya:
Umumiy oʻrta ta’limda oʻquvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini
bayon qila olishga, uni asoslashga va ularda ko‘pchilik bilan fikrlashish madaniyatini
rivojlantirishga chizmachilik fanidagi ijodiy izlanish talab qiladigan masalalar katta
xizmat qila oladi.
Kalit so’zlar:
Chizma, qobiliyat, tasavvur qilish, fazoviy tasavvurlarini
shakillantrish, idrok, modellashtrish, faoliyat.
Ma’lumki, ilmiy texnikaviy rivojlanish ko‘p jihatdan, texnikaviy loyihalashga
asoslangan. Texnikaning rivoji chizmalarsiz amalga oshmaydi. Buning uchun
chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida oʻquvchilar ongiga - ijodiy yondashish
elementlarini singdirib borish zarur. Masalan, detalning ko‘rinishlarini chizishda
undagi elementlarni nima uchun kerak, boshqacharoq qilib bajarsa bo‘lmaydimi, eng
qulay variant mavjud emasmi kabi savollar bilan oʻquvchilarga murojaat qilish va ular
bilan hamkorlikda javob izlash, buyumni dizayn talabida ko‘rkam bo‘lishiga erishish
kabi masalalarni ular bilan muhokama qilish lozim. Bu bilan oʻquvchilarda mustaqil
fikrlash, o‘z g‘oyasini boshqalarga еtkaza olish, o‘zaro muomala madaniyati kabi
xislatlar shakllanadi va rivojlanadi.
Umumiy oʻrta ta’limda oʻquvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini bayon qila
olishga, uni asoslashga va ularda ko‘pchilik bilan fikrlashish madaniyatini
rivojlantirishga chizmachilik fanidagi ijodiy izlanish talab qiladigan masalalar katta
xizmat qila oladi.
Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo‘limida model va detallarning
ko‘rinishlarini bajarish qoidalari o‘rganiladi. Bunda oʻquvchi idrok qilgan narsasining
tekislikdagi proyeksiyalarini qurishni o‘rganadi. Idrok - bu bevosita sezgi a’zolariga
ta’sir etayotgan obyektiv mavjudot, predmet va hodisalarning kishi ongidagi
in’ikosidir
9
. Shuningdek, oʻquvchi bu bo‘limda uch o‘lchamli fazoda joylashgan model
va detallarning tekislikdagi chizmasidan uning fazoviy holati va shakliga ko‘cha olish
lozim bo‘ladi. Buning uchun kishida fazoviy tasavvur deb ataluvchi psixologik jarayon
kechadi. Tasavvur - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘ylash, xayol qilish, ko‘z oldiga
keltirish, o‘ylab zehnda gavdalantirish degan ma’nolarni beradi.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
86
Ijodiy izlanish talab etiladigan masalalarda esa tasavvur bilan birgalikda inson
tafakkuri ham muhim o‘rinni egallaydi. Fazoviy tasavvur qilish - inson ongida
shakllangan obrazni кo‘z oldiga keltirish, fazoviy tafakkur etish esa - inson ko‘z oldiga
keltirgan obrazni tahlil qilish yoki u bilan “muloqot”da bo‘lishdir.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki loyihalash masalalarini o‘rganish
va mustaqil bajarish uchun oʻquvchida idrok, tasavvur va tafakkur deb ataluvchi
psixologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Oʻquvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish
masalalari bo‘yicha I.Rahmonov
11
, T.Rixsiboyev
12
, S.Saydaliyev
13
, N.Yodgorov
14
,
A.Valiyev va boshqalar shug‘ullanganlar. Biroq bu ishlarda aynan proyeksion
chizmachilikdagi loyihalash masalalari yordamida oʻquvchilarning fazoviy tasavvurini
rivojlantirish yoritilmagan. Bajarilayotgan chizma va fazoviy tafakkur etish o‘zaro
dialektik munosabatda bo‘lgani uchun ular bir-birini qiziqarli g‘oyalar bilan to‘ldirib
boradi. Natijada fazoviy tafakkur qilish chizmani ortda qoldirib, qog‘ozda o‘ylagan
obrazini chizish bilan uni mustahkamlaydi.
Yetarli darajada tez, aniq va qog‘ozda xatosiz tasvirlashni eplay olmaydigan
odam, ongidagi faraz qilayotgan obrazlarni ham tezda qog‘ozga tushirishda ko‘p
qiyinchiliklarga duch keladi. Ayniqsa, hozirgi zamon kompyuterlaridan foydalanishda
tezkor faraz qilish va unga ongdagi obrazlarni zudlik bilan kiritishni talab qiladi. Shu
sababli har bir odam fazoviy tasavvur va tafakkur etish bilan bir qatorda ongida faraz
qilayotgan narsani qog‘ozga tushirish mahoratini ham egallashi zarur, ya’ni grafik
savodxon bo‘lish lozim.
Biror geometrik jism, masalan, kub to‘g‘risida gap borganda u qanday ko‘rinishga
ega, qanday elementlardan tuzilgan, chizmada u qanday tasvirlanadi kabi savollarga
duch kelinadi. Shunday savollarga javob topish uchun fikrlash boshlanadi. Fikrlash
jarayonida tafakkur yordamga keladi. Shunda kub yoqlari bir xil kvadratlardan tashkil
topganligi va u kvadratlar oltita ekanligi ayon bo‘ladi hamda ushbu kubning yaqqol
tasvirini chizishga urinib ko‘riladi. So‘ngra proyeksiyalarda tasvirlashga o‘tiladi.
Proyeksion chizmachilikda ko‘rinishlar mavzusiga oid dastlabki loyihalash
masalasini ko‘rib chiqaylik. Masalan, kub bilan bog‘liq bir nechtaloyihalash masalalari
bilan tanishamiz. Shunday qilib kub to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish uchun oldin
fazoviy tafakkurni ishga solib, fazoviy tasavvur qilishga ega bo‘linadi.
Grafik masala. Vazifa sharti. Buyumning texnik rasmi yakunlansin (1-rasm).
Oʻquvchilarning loyihalash faoliyatiga umumiy tayyorgarligini shakllantiruvchi ijodiy
masalalardan biri bu - texnik rasmda еtishmovchi chiziqlari bilan berilgan modelning
turli shakllarini loyihalashdir.
Berilgan vazifaning a variantini yеchimlari quyida berilgan.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
87
Chizmachilik fani darslarida loyihalashga oid ma’lumotlar berilsa oʻquvchilarda
quyidagi bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi:
- chizmani tuzish va o‘qish malakasi rivojlanadi;
- fazoviy tasavvuri va tafakkuri rivojlanadi;
- grafik savodxonlik darajasi ijobiy tomonga o‘zgaradi;
- dastlab sub’yektiv, keyinchalik ob’yektiv yangiliklar yarata olish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi ketma-ketlik va berilgan tavsiyalar asosida
ijodiy izlanish talab qiladigan grafik masalalarni oʻquvchilarga dars yoki to‘garaklarda
tashkil qilib bersaka, ularning fazoviy tasavvuri va tafakkuri yanada o‘sishi
ta’minlanadi, shuningdek, yoshlarimiz ichidan texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘sha
oladigan konstruktor va ixtirochilar yеtishib chiqqan bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |