Science and education scientific journal


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 8,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/78
Sana17.07.2022
Hajmi8,17 Mb.
#811322
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Ona tili va òqish savodxonligi 1-qism [Matn]: 1-sinf uchun darslik / I.Azimov 
[ va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 104 b. 
2.
X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., “ Fan va 
texnologiya “, 2008, 288 bet. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
91


TEXNOLOGIYA DARSLARINI O’QITISHDA KREATIV YONDASHUV 
 
Yo’ldosheva M.A. 
Rustamova F.S. 
yuldosheva.mamura00@bk.ru
Samarqand shahar, 11-maktab 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnologiya darslarini o’qitishda kreativ 
yondashuv orqali o’qituvchi faoliyatidagi kreativlik qobiliyati, yaratuvchanlik, ijodiy 
fikrlash har bir muammoni, vazifani, loyihani echishda sermahsul jarayonlarning 
ahamiyati, yangi iste’dodlarni kashf etish, yangi ijodiy ishlanmalar yaratish, fan-
texnika yutuqlaridan foydalangan holda darslarni takomillashtirish haqidagi fikrlar 
bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
kretivlik, innovatsiya, strategiya, pedagogik takt. 
Yosh avlodning har tomonlama yetuk bo’lishi ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri 
tashkil etish bilan chambarchas bog’liq. Bunda umumta’lim maktablarida 
o’qitiladigan texnologiya fani o’zining muhim o’rniga ega. Bugungi kunda yoshlarga 
kasb tanlashda, barkamol shaxs bo’lib yetishishda, ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlanishida texnologiya fani asosiy ko’makchi va muhim manba bo’lib xizmat 
qiladi. 
Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yangi materiallar, ularning xossa va 
xususiyatlari, texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o’rganishni 
talab etmoqda. Chunki intellektual qobiliyatga ega shaxs texnik obyekt, texnologik 
jarayon, maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilishi hamda mahsulot tayyorlash 
ketma-ketligi, tayyor mahsulot sifatini tahlil qila olishi zarur. Zero, texnologik 
jarayonlar bajarilishi bo’yicha tegishli xulosa chiqarish, mehnat operatsiyalari hamda 
mahsulot sifatini baholay olish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi 
muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan 
bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, 
mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shu boisdan Ta’lim jarayoni markazida 
o’quvchi shaxsi bo’lib, o’qitishning zamonaviy shakli, faol o’qitish metodlari va 
zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta’lim-tarbiya ishidan ko’zlangan maqsad 
va kafolatlangan natijaga erishishga yo’naltirish zarur. Pedagogning kasbiy 
bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi. Bugungi kun o’qituvchisiga berilayotgan 
zamonaviy pedagogik talablar xususiyati haqida gap borar ekan, dunyoga mashhur 
pedagog Jan Piajening bugungi kunda yangidan ahamiyat kasb etgan ta’lim 
maqsadiga bergan ta’rifini eslatib o’tamiz: “Ta’lim maqsadi- oldingi avlodlar 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
92


yaratgan narsalarni takrorlash bilan kifoyalanmasdan, yangicha mahsulotlarni 
yaratishga qodir, ijodkor, kashfiyotchi insonlarni tarbiyalashdir”. Fan va 
innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “ijodkor insonni” yaratish, ya’ni 
u qaysi bo’g’inda ishlashidan qat’iy nazar u yaratuvchan va yangi bilimlarga moyil 
bo’lishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchilarning o’zi kreativ fikrlovchi mutaxassis 
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi navbatda kreativlik nima, uning ma’no-
vazifasi haqida to’xtalib o’tmoqchiman. “Kreativ” so’zi lotincha so’zdan olingan 
bo’lib, “yaratuvchanlik”, “ijodkorlik” degan ma’nolarni bildiradi. Kreativlik ijod sifat 
jihatdan yangi bo’lgan moddiy, ma’naviy qadriyatlarni yaratish jarayoni va ushbu 
jarayon natijasidir. Keng ma’noda ijod deb, yangicha natijalarni keltirib chiqaruvchi 
har qanday faoliyatga ham aytiladi. Kreativlik - bu kasbiy hayot usuli, ko’p qirrali ta 
‘lim jarayoni va tizimining maqsadlari, mazmuni, texnologiyalari sathida yangi 
pedagogik voqelikni yaratish istagi va malakasidir. Kreativlik o’qituvchiga 
innovatsion o’zgarishlar oqimiga moslashib olishiga yordam beradi. O’qituvchi 
innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
N.M.Gnatko kreativlik mexanizmlarini quyidagi bo’limlarga bo’lib o’rganishni 
taklif etadi: 
• potensial kreativlik; 
• faoliyatdagi kreativlik. 
Potensial kreativlik N.M.Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faol 
kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo’ladigan individiumning 
potensial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potensial kreativlik ijodning 
zaruriy subyektiv shartidir. Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy 
faollik ko’rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta’minlaydigan faoliyatning u yoki 
bu turi tavsifli potensial kreativ individiumning individual tavsiflari aloqalarini 
yuzaga keltiradi. Faol kreativlik ijodning eng muhim subyektiv shartidir. Potensial 
kreativlik, amalga oshirish mumkin bo’lgan kreativlikdir. Uni faoliyatdagi 
kreativlikka o’tkazish muayyan faoliyat turini tashuvchi (subyekt) tomonidan uning 
o’zlashtirilishida tub o’zgartirishlar qilish orqali amalga oshadi. Men o’qituvchilik 
faoliyatimda klaster, yozma baxslar, T-sxema, insert, “Venn” diagrammasi, turli 
keyslar kabi interfaol metodlardan foydalanaman. Chunki qachonki, ta’lim jarayoni 
shaxsning faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan 
holda kechsa, u kreativ yo’nalishga ega bo’lib, shaxsning faolligi tufayli uni yangilik, 
ijodkorlik sari etaklaydi.
Xulosa qilib aytganda texnologiya darslarida o’quvchilarni kreativ fikrlashga 
undovchi vazifalarni berib, ularda yaratuvchanlik, ijodiy fikrlash har bir muammoni, 
vazifani, loyihani echishda sermahsul jarayon hisoblanadi. 

Download 8,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish