Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


Atoyeva R.O., Qodirov Sh.S



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

 
Atoyeva R.O., Qodirov Sh.S., 
Buxoro shahri, O’zbekiston
TURIZM MAMLAKATIMIZNING ERTANGI KUNI 
  
Sayyohlik sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan 
biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko'plab mamlakatlar uchun katta 
daromad manbayiga aylanib bormoqda. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti 
ma`lumotiga ko’ra 2015 yilda dunyo bo'yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd 
etilgan bo'lsa, 2016 yil yakuni bo'yicha bu ko'rsatkich 1 milliard 235 millionga ya`ni, 
3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko'rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda 
qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda bu raqamlarda 
katta tafovutni ko'rish mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi 
kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko'plab 


139 
davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon 
standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo'yicha barcha chora-
tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilmoqda [1].
Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o'z aksini topgan: 2015 
yilda eng ko'p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh 
(74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) 
kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli 
o'ntalikdan joy olgan. Biroq bu ko'rsatkich bo'yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta 
shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London 
(17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 
million) singari shaharlarni keltirish mumkin. Butunjahon turizm va sayohatlar 
bo'yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko'ra, O'zbekiston sayyohlar 
tashrifi bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o'rinni egallaydi. Yurtimiz jahon 
sayyohlik bozorida o'z o'rniga ega bo'lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit 
yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish 
va reklamani kuchaytirish kabi masalalar past darajada yo’lga qo’yilgan. Turizm 
bo'yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon 
infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi bo’yicha) eng 
jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bo'lib, ushbu ro'yxatda Qozog'iston 
85-o'rin, Qirg'iziston 116-o'rin, Tojikiston 119-o'rinni egallagan, O'zbekiston esa 
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida eng oxirgi o'rinda turibdi [2].
O'zbekiston– 7300 dan ortiq qadimiy -me`moriy va tarixiy obidalarga ega. 
Ularning ko'pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo'qon va 
Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va 
obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Bu tarixiy obidalar 
sayyohlik sohasini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Sayyohlarni 
ohanrabodek jalb qilish hozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Ana 
shunday usullardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
 
Zamon talabiga javob beruvchi ko’pgina mehmonxonalarni barpo etish. 
Mehmonxonalarda qulay narxlarni belgilash va xushmuomalalikni shakllantirish; 
 
Turizmning yangi inovatsion yo’nalishlarini yo’lga qo’yish; 
 
Sayyohlik sohasidagi targ’ibot –tashfiqot (ayniqsa reklama) ni keng yo’lga 
qo’yish; 
 
Yurtimiz bo’ylab o’tkaziladigan festivallar e’lonini internet saytlarida 
joylashtirishni keng yo’lga qo’yish; 
 
Madaniy va tarixiy obidalarimizning jozibardorligini butun dunyoga ommaviy-
axborot vositalari yordamida targ’ib etish; 
 
Turistik faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar faoliyati kengaytirish; 
 
Xizmatlar sohasi yaxshilash; 
Bu va boshqa ana shunday turizm sohasini rivojlantirish usullarini keng yo’lga 
qo’yish yaqin yillarda yurtimizda yalpi ichki mahsulotidagi turizm sohasining ulushi 
5 foizni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. 
Muxtasar qilib aytganda, turizm sohasini rivojlantirish mamlakatimizni yanada gullab 
yashnashida, hattoki, yurtimizning chekka-chekka hududlaridagi infratuzilmasining 
yaxshilanishida muhim o’rin tutadi. 


140 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish