yiliga 100 mingdan dan 500 minggacha yo‘lovchilarni tashuvchi aeroportlar
o‘rtasida MDH mamalakatlari o‘rtasida eng yaxshi aeroport unvoniga ega bo‘ldi.
[5, 21.01.2016].
Temir yo'l transporti. Buxorodan Samarqand, Andijon va Toshkent
shaharlariga kunduzgi va kechki poezdlar qatnamoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston
2016 – yilning avgust oyida Toshkent va Buxoro shaharlari o’rtasida tezyurar poezd
qatnovini izga tushirilgan bo’lsada, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil
13- martdagi “Buxoro – Miskin temiryo'l liniyasini qurish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi qaroriga ko'ra bunyod etilgan mazkur yangi temir yo'l liniyasining
umumiy uzunligi 355 kmni tashkil etgan. Uning 335 kilometrida yangitdan po'lat
izlar yotqizilgan bo'lsada, qolgan 20 km masofadagi temir yo'l qaytadan ta’minlandi.
Shuningdek, 2017 yil 1-dekabridan boshlab, mazkur temir yo'l liniyasi orqali yuk
poezdlari qatnovi yo'lga qo'yilgan bo’lsada, 20 mart 2018 yildan boshlab Toshkent –
Urgench va Toshkent – Nukus – Qo'ng'irot yo’nalishidagi yo'lovchi poezdlar yangi
qurilgan Buxoro – Miskin temir yo'l liniyasi orqali harakatlanishi boshlandi.[6]
Ma’lumki, Bu loyihaning ijobiy yutuqlaridan biri Buxoro – Urganch yangi
temir yo’l qatnovi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, yana bir yutuqlardan biri esa Buxoro
viloyatidagi Olot-Qarako’l tumanlarida joy olgan Qandim gazni qayta ishlash zavodi
yaqinidan joy olgan Poykent shahar xarobalariga borib ko’rish imkoni ham
mavjuddir va ushbu yangi temir yo’l qatnovi orqali chet el sayyohlari uchun turistik
yo’nalishni ishlab chiqilsa, sayyohatchilar oqimi yanada oshishi kutiladi.
Avtomobil transporti. Mustaqillikning ilk yillaridan ishonchli va qulay
transport infratuzilmasini yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biri etib belgilangan. Tarixan qisqa davrda qurib bitkazilgan xalqaro ahamiyatga ega
avtomobil yo‘llari, ko‘priklar vatanimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanishini
ta’minlashda, xalqimizning uzog‘ini yaqin qilishda muhim omil bo‘lmoqda.
2017 yil yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining ma’lumot
berishicha, investitsiya dasturlarning bajarilishi bo’yicha, reja bo’yicha 260 km
bo’lgan bo’lsa, unda sarflangan mablag’ esa 606.3 mlrd so’mdir. Shuningdek, fakt
nuqtai nazardan qilinga ish bo’yicha 264.4 km bo’lgan bo’lsa, unda sarflangan
mablag’ esa 617.7 mlrd so’m tashkil etmoqda, bunda reja asosida qilingan ishdan
real ish esa 101.7 foizga ko’pdir. Shu bilan birgalikda, Mintaqaviy yo’llarning
ta’mirlanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, reja bo’yicha 2700 km ish qilingan
bo’lsada, fakt bo’yicha bu ko’rsatgich 3234.8 km yo’llar ta’mirlangan.
Yuqoridagi ko’rsatgichdan kelib chiqgan holda, 2018 yilning I chorakning
o’zidayoq, Buxoroda 85 kilometr yo‘l qaytadan qurildi. Hamda, A-380 avtomobil
yo‘li xalqaro E-40 xalqaro transport yo‘nalishining O‘zbekistondagi qismi hisoblanib,
u orqali Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonga chiqish
ta’minlanib, O‘zbekiston orqali trans-afg‘on transport yo‘nalishiga bog‘lanadi. Ushbu
avtomagistral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo
124
viloyatlari hududidan o‘tib, davlatlararo, viloyatlararo aloqalarni ta’minlashda ham
muhim bo‘g‘in hisoblanadi.[7]
Avtomobil yo’llarga qilingan ishlarning natijasidan kelib chiqgan holda,
O’zbekistonda yo’l infratuzilmasining jadallik bilan rivojlanishidan dalolat bermoqda
va keladigan sayohlarning yo’lda sarflaydigan vaqtini tez hamda xavfsiz tarzda o’z
sayohatlarni amalga oshirishiga olib keladi. Unda tashqari,
Buxoroda
turistik
infratuzilmasini
rivojlantirishda
duch
keladigan
muammolariga qaraladigan bo’lsak,
Avtomobillarni qo’yish joylarning mavjud emasligi;
Internet portal mavjud emasligi;
Mehmonxonalar aniq standart bilan ishlamasligi;
Yetuk kadrlarning yetishmasligi;
Sayyohlarga ko’rsatiladigan jamoat transportning talabga javob bermasligi;
Va boshqa muammolardan iboratdir
Ushbu muammolar yechimi uchun bir qancha takliflarimiz quyidagilardan
iborat:
Shaharning tarixiy markazlaridan boshlab butun shaharda yagona dizayndagi
informatsion ko'rsatkichlar o'rnatish (yakka tartibdagi mustaqil sayyohlar
uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida);
Labi Hovuz turistik kompleksi hududida yirik axborot informatsion markazi,
vokzal va aeroportlar, aholi gavjum joylarida esa uning shahobchalarini
yaratish (axborot olish bilan bog’liq bo'lgan muammolarini bartaraf etish
maqsadida);
Shahar bo'ylab o'rnatilgan bank terminallarida shahar haqidagi informatsion
dasturni o'rnatish va uni yangilab turish (mavjud bo'lgan resurslardan ratsional
tarzda foydalanib, ularni multivazifali xususiyatlarini yaxshilash maqsadida);
Turistik obyektlarda statsionar durbinlarni o'rnatish;
Yagona internet portali yaratib, unda shaharda mavjud bo'lgan barcha turistik
tashkilotlar, diqqatgaga sazovor joylar, do'konlar va hokazolar haqidagi barcha
ma'lumotlarni joylashtirish (distanstion va tez ravishda ishonchli ma'lumot
olishni osonlashtirish, umumiy axborot tizimini yaratish maqsadida);
Mehmonxonalarda turistlarga ma'lumot beruvchi punktlarni yaratish;
Piyoda yurishga mo’ljallangan zonalarni tashkil qilish va takomillashtirish;
Yuqoridagilarni amalga oshirishni yosh kadrlar zimmasiga yuklab, ularning
shaharga bo'lgan munosabatlarini mustahkamlanishiga va shahar rivojiga o'z
hissasini qo'shishiga ko'maklashish (yoshlarga o'z Vataniga bo'lgan mehrni
uyg’otish va shakllantirish, shahar ravnaqi va farovonligiga nisbatan kelajak
avlodning munosabatini mustahkamlash maqsadida).
Yuqoridagi takliflarni hayotda tadbiq etishdan ko’rilayotgan natijalar qisqacha
quyidagilardan iborat:
Buxoroga tashrif buyuruvchi sayyohlarning mustaqil tarzda sayohat qilishlari
uchun qo'shimcha qulayliklar yaratilgani sababli, shaharning turistik obro'i
oshishi;
Domino effekti, ya'ni, bir sayyohning ijobiy bahosi mamlakatga tashrif
buyuruvchilar sonini tabiiy hamda tizimli ravishda oshiradi;
125
Shaharning turistik infratuzilmasi sifati sezilarli darajada oshadi va shaharning
jozibadorligi ma'lum miqdorda oshadi;
Kelajakda yosh kadrlar tomonidan yangi investistiyalarni jalb qila oladigan
turli yo'nalishlardagi loyihalar ishlab chiqiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, turizm biz bilamizki hozirgi kunda jaddallik
bilan rivojlanayotgan sohalardan biridir. Shuning bilan birga, turizm infratuzilmasi
jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lib, mamlakat iqtisodiy
rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu sohada rivojlangan davlatlarda juda katta
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli turizmni rivojlantirishda ilg’or
mamlakatlar modelidan foydalanish va ular erishgan yutuqlarni respublikamiz
turizmiga tatbiq etish yo’llarini o’rganish lozimdir.Yuqorida aytilgan ba’zi
kamchiliklarni ko’rib chiqib o’zimizga muofiqlashtirsak turizm sohasidan ozgina
bo’lsa ham siljitgan bo’lardik.
Do'stlaringiz bilan baham: |