329
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang’ich 4-sinf
o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash;
- TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf
o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- PISA (The Programme for International Student Assessment) - 15 yoshli o’quvchilarning
o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy o’rta ta’lim
maktablari rahbarlari va o’qituvchilari bilan so’rovnoma o’tkazish orqali maktabda o’qitish va
ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash.
Qayd etish lozim, mamlakatimiz ta’lim muassasalari PISA xalqaro tadqiqotlarida 2021
yilda ilk marotaba ishtirok etadi.
PISA: MUAMMO VA YeCHIMLAR
- Ushbu dasturga 1997 yil asos solingan, - deydi Mirishkor tumani xalq ta’limi bo’limi
ta’lim sifati monitoringi bo’limi inspektor-metodisti Elyor SHoqulov. - Undan ko’zlangan asosiy
maqsad - dunyo bo’ylab ta’lim tizimi samaradorligini 15 yoshli o’quvchi-yoshlar 3 yo’nalishda
(o’qish, matematika, tabiiy fanlar bo’yicha) savodxonligiga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga,
olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni
hosil qilishga undashdan iborat. Dasturni Avstraliya pedagogik tadqiqotlar kengashi, Niderlandiya
milliy pedagogika instituti, AQSHning Vestat va pedagogik test xizmatlari, shuningdek,
Yaponiyaning ta’lim sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti hamkorlikda o’tkazadi. Dasturni joriy
etish g’oyasi ish beruvchilarning tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2018 yilda PISA dasturida
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo 35 mamlakat, a’zo bo’lmagan 43 ta,
jami 78 mamlakat va shaharlar ishtirok etgan. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o’quvchilar soni
mamlakatdagi jami 15 yoshli o’quvchi-yoshlarning 2 foizi miqdorida saylanma tarzda
shakllantiriladi. SHundan kelib chiqilganda har bir davlatdan 4500 nafardan 10 ming nafargacha
o’quvchi ishtirok etgan. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya,
Qirg’iziston, Qozog’iston qatnashdi. Ular orasidagi eng yaxshi ko’rsatkich estoniyalik
o’quvchilarga tegishli, garchi mazkur mamlakat yoshlari ilk marotaba ishtirok qilgan 2006 yilda
516 ball jamg’arib, 11-o’rinni egallagan bo’lsa-da, 2015 yilda bu ko’rsatkich tegishli tartibda 534
ball va uchinchi o’ringa ko’tarildi.
Ma’lum bo’ldiki, 2015 yilgi tadqiqotlardan keyin dunyo bo’yicha birinchi, ikkinchi va
to’rtinchi o’rinlarni qit’adoshlarimiz - Singapur, Yaponiya va Xitoy Taypeyi o’quvchi-yoshlari
egallagan. PISA xalqaro baholash dasturi testlari uch yilda bir marotaba o’tkazilib, o’quvchilar
bilimi uchta asosiy yo’nalish bo’yicha, 1000 ballik tizimda baholanadi. Har galgi monitoring
jarayonida yuqorida sanalgan uchta yo’nalishdan biriga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2000
yilda tadqiqotning asosiy yo’nalishi o’qish savodxonligiga, 2003 yil matematik savodxonlikka,
2006 yilda esa tabiiy fanlar savodxonligiga qaratilgan. Bu holat davriy takror bo’lishini inobatga
olganda, 2021 yil asosiy fan qilib matematika tanlanishi ayon bo’ladi. Test savollari dasturga a’zo
mamlakatlarning mutaxassislari bilan kelishilgan holda xalqaro konsulьtantlar guruhi tomonidan
tuziladi.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, mamlakatimiz ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan
asosiy muammolar nimalardan iborat?
Birinchisi - o’quvchilarning bilim darajasidagi nuqsonlar. Joriy yil mamlakatimiz 1035 ta
maktabda o’tkazilgan monitoring natijalariga ko’ra o’quvchilarning o’rtacha o’zlashtirishi 70 foizni,
sifat ko’rsatkichi 44,8 foizni tashkil etgan, xolos. Matematika fanidan bu ko’rsatkich yanada past
ekanligi aniqlangan.
Ikkinchisi - bizda mavjud darsliklarda PISA topshiriqlariga o’xshash masala va
misollarning kamligi. PISA topshiriqlari esa odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib,
ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi
bo’limiga murojaat qilish haqida ko’rsatmalar yo’q. PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |