Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
 
 
 
 
 
 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
310 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQIY XATOLARNI BARTARAF ETISH 
YO‘LLARI 
 
Erkinova M. T. — Namangan Davlat Universiteti 5A111701-Ta'lim va tarbiya 
nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta'lim)mutaxassisligi magistranti
 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bolalarning mantiqiy 
tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini, 
tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin 
fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish 
ko‘nikmalarini egallashlariga erishishi lozim. Shu boisdan ham boshlang‘ich sinflar o‘quv 
jarayonidagi bir xillikga barham berish dars jarayonini turli tumanligini , rang- barangligini 
ta’minlash maqsadida ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishga 
mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va tadbiq qilish davr talabidir. Shu bilan birga 
dars jarayonida maxsus tayyorlagan multimediali ilovalardan, videolavhalardan, turli animatsion 
materiallardan foydalanib o‘quv jarayoni tashkil qilinganda, o‘quvchilarning amaliy tafakkur va 
tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga 
imkoniyat yaratadi. Shuningdek, dars davomida o‘quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasliklari 
uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday, 
boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida didaktik o‘yin va boshqotirmalardan foydalanish 
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi
 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni 
o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, 
imkoni bo‘lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli 
yo‘l qo‘ygan xatosini o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi xatosini to‘g‘rilay 
olmasa, uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki so‘z birikmasi qayta 
tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z qo‘shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi. 
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning 
ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar insho yoki bayonni qanday 
yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o‘qib beradi, mazmundagi, 
mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‘l qo‘yilgan xatoni 
to‘g‘rilash yo‘li tushuntiriladi. Shundan so‘ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o‘qituvchi yo‘l 
qo‘yilgan xatoning bir turini to‘g‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo‘rin ishlatilgan so‘zni 
boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o‘qib yoki yozib beradi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan 
xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so‘z bilan almashtirib, uni to‘g‘rilaydilar va tushuntiradilar. 
Ayrim o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo‘shimcha 
mashg‘ulot jarayonida to‘g‘rilanadi. O‘quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo‘lib 
ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina 
qolmay, balki uni to‘g‘rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir. 
Grammatikaga oid mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatoning 
oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, 
«Olmosh» mavzusini o‘rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so‘zlar o‘rnida qanday 
ishlatilishi o‘quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga 
rioya qiladilar. 
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy
 
omilga bog‘liq:
1) so‘zga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, o‘quvchilarning ko‘p mutolaa qilishi, atrofidagi 
kishilarning to‘g‘ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit; 
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish