Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
329 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang’ich 4-sinf 
o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash;
- TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf 
o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- PISA (The Programme for International Student Assessment) - 15 yoshli o’quvchilarning 
o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy o’rta ta’lim 
maktablari rahbarlari va o’qituvchilari bilan so’rovnoma o’tkazish orqali maktabda o’qitish va 
ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash.
Qayd etish lozim, mamlakatimiz ta’lim muassasalari PISA xalqaro tadqiqotlarida 2021 
yilda ilk marotaba ishtirok etadi.
PISA: MUAMMO VA YeCHIMLAR
- Ushbu dasturga 1997 yil asos solingan, - deydi Mirishkor tumani xalq ta’limi bo’limi 
ta’lim sifati monitoringi bo’limi inspektor-metodisti Elyor SHoqulov. - Undan ko’zlangan asosiy 
maqsad - dunyo bo’ylab ta’lim tizimi samaradorligini 15 yoshli o’quvchi-yoshlar 3 yo’nalishda 
(o’qish, matematika, tabiiy fanlar bo’yicha) savodxonligiga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, 
olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni 
hosil qilishga undashdan iborat. Dasturni Avstraliya pedagogik tadqiqotlar kengashi, Niderlandiya 
milliy pedagogika instituti, AQSHning Vestat va pedagogik test xizmatlari, shuningdek, 
Yaponiyaning ta’lim sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti hamkorlikda o’tkazadi. Dasturni joriy 
etish g’oyasi ish beruvchilarning tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2018 yilda PISA dasturida 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo 35 mamlakat, a’zo bo’lmagan 43 ta, 
jami 78 mamlakat va shaharlar ishtirok etgan. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o’quvchilar soni 
mamlakatdagi jami 15 yoshli o’quvchi-yoshlarning 2 foizi miqdorida saylanma tarzda 
shakllantiriladi. SHundan kelib chiqilganda har bir davlatdan 4500 nafardan 10 ming nafargacha 
o’quvchi ishtirok etgan. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, 
Qirg’iziston, Qozog’iston qatnashdi. Ular orasidagi eng yaxshi ko’rsatkich estoniyalik 
o’quvchilarga tegishli, garchi mazkur mamlakat yoshlari ilk marotaba ishtirok qilgan 2006 yilda 
516 ball jamg’arib, 11-o’rinni egallagan bo’lsa-da, 2015 yilda bu ko’rsatkich tegishli tartibda 534 
ball va uchinchi o’ringa ko’tarildi.
Ma’lum bo’ldiki, 2015 yilgi tadqiqotlardan keyin dunyo bo’yicha birinchi, ikkinchi va 
to’rtinchi o’rinlarni qit’adoshlarimiz - Singapur, Yaponiya va Xitoy Taypeyi o’quvchi-yoshlari 
egallagan. PISA xalqaro baholash dasturi testlari uch yilda bir marotaba o’tkazilib, o’quvchilar 
bilimi uchta asosiy yo’nalish bo’yicha, 1000 ballik tizimda baholanadi. Har galgi monitoring 
jarayonida yuqorida sanalgan uchta yo’nalishdan biriga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2000 
yilda tadqiqotning asosiy yo’nalishi o’qish savodxonligiga, 2003 yil matematik savodxonlikka, 
2006 yilda esa tabiiy fanlar savodxonligiga qaratilgan. Bu holat davriy takror bo’lishini inobatga 
olganda, 2021 yil asosiy fan qilib matematika tanlanishi ayon bo’ladi. Test savollari dasturga a’zo 
mamlakatlarning mutaxassislari bilan kelishilgan holda xalqaro konsulьtantlar guruhi tomonidan 
tuziladi.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, mamlakatimiz ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan 
asosiy muammolar nimalardan iborat?
Birinchisi - o’quvchilarning bilim darajasidagi nuqsonlar. Joriy yil mamlakatimiz 1035 ta 
maktabda o’tkazilgan monitoring natijalariga ko’ra o’quvchilarning o’rtacha o’zlashtirishi 70 foizni, 
sifat ko’rsatkichi 44,8 foizni tashkil etgan, xolos. Matematika fanidan bu ko’rsatkich yanada past 
ekanligi aniqlangan.
Ikkinchisi - bizda mavjud darsliklarda PISA topshiriqlariga o’xshash masala va 
misollarning kamligi. PISA topshiriqlari esa odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, 
ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi 
bo’limiga murojaat qilish haqida ko’rsatmalar yo’q. PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish