185
Международный научно- практический форум «Роль
инвестиции и
иновации в развитии медицины и фармацевтики»
QALQONSIMON BEZ JARROXLIGIDA
OPERATSIYA OLDI TAYYORGARLIK JARAYONIDA
KARDIOPROTEKSION TERAPIYAINING O’RNI
Joniyev S. Sh., Sharipov I. L.
Samarqand Davlat tibbiyot instituti, Samarqand sh.
Qalqonsimon bez patologiyalari tugunli va aralash tipdagi
bo’qoqlarni aholi o’rtasida uchrashi 21% ni tashkil qiladi va
ularning barchasi xirurgik davoga muhtoj(Ismailov S.I., 2015 y).
Ushbu kasalliklarda yurak qon-tomir tizimidagi yaqqol o’zgarishlar
ularni jarroxlik yo’li bilan davolash samaradorligini kamaytiradi.
Izlanishlariga ko’ra bunday patologiyasi bor bemorlarnni operastiyadan
keyingi davrdagi asoratlar 1-4%ni (Ismailov S.I. 2015),
chet ellik
tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra 5-10% ni (Balobolkin
M.I., 2011) tashkil etgan. O’z navbatida yurak qon-tomir tiziimdagi
o’zgarishlarni hisobga olgan xolda operatsiya oldi tayyorgarligi diffuz
notoksik va tugunli bo’qoq bilan kasallangan bemorlarda ham xirurgik
davolashda muxim ahamiyatga ega.
Yurak qon-tomir tizimidagi
o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’tkazilgan to’gri va tizimli
operatsiya oldi tayyorgarligi operatsiyadan keyingi asoratlar uchrash
ehtimolini kamaytiradi.
Maqsad:
Qalqonsimon bez kasalliklari (diffuz notoksik va tugunli
bo’qoqi) bo’lgan bemorlarda operatsiya oldi
tayyorgarlik usullarlari
taxlili va ularni va samaradorligini baholash.
Materiallar va usullari
: Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot
instituti
jarroxlik, anesteziologiya va reanimastiya, bo’limlarida
o’tkazdildi. Tekshirish uchun 110ta bemor olindi: barcha bemorlarda
mavjud bo’lgan qalqonsimon bez kattaligi
hisobiga nafas qisishi,
MNS funkstiyasining (ta’sirchanlik, bosh ogrigi, ish qobiliyatining
pasayishi, uyquning buzilishi), yurak qon-tomir tizimi (yurak o’ynashi,
yurak
tez urishi, yurak chegaralarining kengayishi) buzilish belgilari,
miokardning diffuz zararlanish belgilari (EKG da), shuningdek hazm
qilish tizimining zararlanish belgilariga (ozish, ishtaxaning oshishi
yoki pasayishi, ) kabi o’zgarishlar aniqlandi. Barcha bemorlarga to’liq
kliniko - diagnostik tekshirish, zarur paraklinik va bioximik tekshirishlar
o’tkazildi. Tekshiladigan bemorlar 2 guruxga ajratildi: asosiy guruhga 55
ta bemor kritilib, ularga operastiyadan oldingi kompleks tayyorgarlikka
ana’naviy preparatlar bilan bir qatorda stress
protektor va adaptogen
preparat: adaptol va beta blokator: bisoprolol kabi dori vositalari
186
Международный научно- практический форум «Роль инвестиции и
иновации в развитии медицины и фармацевтики»
qo’shildi; nazorat guruhiga 55ta bemor olindi va ularda operastiya oldi
tayyorgarligi an’anaviy preparatlar(kokarboksilaza, panangin, askorbin
kislotasi, riboksin umumiy qabul qilingan dozalarda) bilan olib borildi.
Ikkala gurux bemorlarida sistolik arterial qon bosimi(sisAQB), diastolik
arterial qon bosimi(diastAQB), urtacha arterial bosim(UAB) va yurak
urish soni(YuUS), 4 ta bosqichda: 1-bosqich – statsionarga kelganda,
2- operatsiyadan 1 kun oldin, 3- premedikatsiyadan keyin, 4- opertstiya
davomida tekshirish va kuzatishlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: