ELEKTRON POCHTA ORQALI SPAM XABARLARNI TARQATISH
BOSQICHLARI
E.D. Haydarov (assistent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU)
E.B. Rofiyeva (o’qituvchi, Toshkent sh. Yunusobod tuman,272-maktab)
Spam xabarlarini shakllantirish va tarqatish texnologiyasi juda katta
masshtablarni egallamoqda – har kuni dunyoda o‘n milliardlab (elektron
pochtaning 40 dan 70 %i) spam xabarlari tarqatiladi. Bunday masshtablar tarqatish
texnologiyasi uchun sezilarli darajada mablag‘ talab etadi.
Spam xabarlarini shakllantirishning texnologik zanjiri quyidagi ko‘rinishni
oladi:
303
1. Qabul qiluvchilar tomonidan E-mail manzillarning to‘planishi va
verifikasiya qilinishi;
2. Tarqatish nuqtalari – kompyuterlarni tayyorlash, ular orqali spam
tarqatilishi amalga oshiriladi;
3. Tarqatish uchun dasturiy ta‘minotni tanlash va tayyorlash;
4. Mijozlarni izlash;
5. Konkret tarqatma uchun reklamali e‘lonlar yaratish;
6. Tarqatmalarni ko‘paytirish.
Texnologik zanjirdagi har bir qadam mustaqil bajarilishi mumkin.
Manzillar ro’yxatini to’plash va uning verifikasiyasi.
Spamni tarqatish uchun
potensial qabul qiluvchilar (“spam-baza”, e-mail database)ning E-mail manzillari
ro‘yxatiga ega bo‘lish kerak:
Region;
Kompaniya faoliyati turi(yoki foydalanuvchilarning qiziqishlari va
manfaatlari);
Foydalanuvchilarning konkret pochta xizmati bo‘ycha manzillar ro‘yxati
(Yandex, AOL, otmail va sh.o‘. lar) yoki konkret servis (eBay, Paypal);
Manzillarni to’plash
quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
1.
Xususiy qabul qiluvchilar - chiroyli so‘zlar, so‘z-raqam (jonh@,
destroyer@, alex)ning birlashmalari asosida hosil qilingan lug‘at bo‘yicha tanlash;
2.
Analoglar usuli – agar Joe.User@hotmail.com Joe.Vser@yahoo.com.
mavjud bo‘lsa, u holda Joe.User@ yahoo. com,.@aol, com, @Paypal mantiqan
izlab topish mumkin;
3.
Axborotning hamma kirish manbalari – web – saytlar, forumlar, chatlar,
e‘lon doskalari, Usenet News, so‘z l@so‘z2.so‘z3... larning uyg‘unlashuviga
(bunda bunday uyg‘unlashuvning oxirida yuqori darajadagi domen bo‘lishi kerak)
Who is ma‘lumotlarini skanerlash orqali to’plash mumkin;
4.
Servislar, provayderlar va shunga o‘xshash ma‘lumotlar bazalarini
o‘g‘irlash;
5.
Foydalanuvchilarning personal ma‘lumotlarini kompyuter viruslari va
boshqa zararli dasturlar vositasida o‘g‘irlash.
Kirish mumkin bo‘lgan axborot manbalarini skanerlash(3 usul) vaqtida
mazkur manbaning ― qiziqishlar doirasini aniqlashga urinib ko‘rish kerak, bu o‘z
navbatida ma‘lumotlarning bazalarini olish imkonini beradi. Provayderlarning
ma‘lumotlari o‘g‘irlangan holda, ko‘pincha foydalanuvchi haqida yetarlicha
qo‘shimcha axborotga ega bo‘linadi.Foydalanuvchilarning personal ma‘lumotlarini
o‘g‘irlash – nisbatan yaqinda tarqala boshladi. Afsuski, keyingi yillardagi massaviy
virusli epidemiyalar antivirusli vositalarning tarqatilishi yetarli emasligini
ko‘rsatmoqda, shunga bog‘liq holda personal ma‘lumotlarni to‘plash bo‘yicha
mazkur usulning tarqalishi o‘sa boshlaydi.
Olingan manzillarni verifisirovkalash kerak,
bu quyidagi usullar bilan olib
boriladi:
1.
Xabarlarni sinash uchun jo‘natish (tarqatish). Qoidaga ko‘ra, taxminiy
matnli bu xabar spam-filtrlar orqali o‘tadi. Pochta servisi (pochta qabul qilingan
304
yoki qilimaganligi)ning javobini tahlil qila turib, har bir konkret manzil ro‘yxatdan
harakatlanayotganligi oydinlashtirish mumkin bo‘ladi.
2.
Noyob jo‘natmani spam-xabarlar matniga WWW servisda joylashgan
kartinkada joylashtirish. Xatlarni o‘qish vaqtida kartinka yuklantiriladi (ko‘plab
zamonaviy pochtali dasturlarda bu funksiya blokirovkalangan bo‘ladi), saytning
egasi esa manzilning kiruvchanligi haqida biladi. Metod xatning o‘qilish faktini
verifisirovkalaydi.
3.
Jo‘natma spam-xabarda ― yozma qayd qilinadi. Agar qabul qiluvchi bu
giperjo‘natmani bossa, u holda hech qanday yozish (yozma qayd qilish) ro‘y
bermaydi, uning manzili esa faol manzil sifatida belgilanadi.
Verifisirovkalashning uchta usuli ham samarali emas, chunki E-mail
ma‘lumotlar bazasida yetarli darajada ko‘p o‘lik manzillar bo‘ladi.
“Jo’natish nuqtalari”ni tayyorlash.
Bugungi kunda spamni samarali jo‘natish
uchta asosiy usul bilan amalga oshiriladi:
1.
Arendalashgan servislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natish.
2.
“Ochiq proxy” – serverlaridan foydalanish, ularning egalari tomonidan
xatolik bilan sozlangan servislardan shunday foydalanadiki, bunda ular orqali
spamlarni jo‘natish mumkin bo‘ladi.
3.
Dasturiy ta‘minotlardan foydalanish kompyuterlaridagi resurslariga ruxsat
etilmagan kirish imkonini beruvchi yashirin dasturlar bilan jo‘natish.
Arendalashgan serverlarni jo’natish
uchun bu severlarning doimiy ravishda
to‘ldirilib boriladigan to‘plamlariga ega bo‘lish lozim. Ular IP manzillarning qora
ro‘yxatiga yetarli darajada tez tushadi, shuning uchun spamlarni faqat pochta
servislari qora ro‘yxatdan foydalanmaydigan qabul qiluvchilarga ushbu usul orqali
jo‘natish mumkin.
Ochiq servislardan foydalanish
uchun bunday servislarni har doim izlash
lozim bo‘ladi, buning uchun maxsus dasturlar yoziladi va ulardan foydalaniladi,
ular internet manzili fazosining katta qismida tez skanerlanadi.
Bugungi kunda kompyuter foydalanuvchilarda troyan dasturlar
ommaviy
tarqalgan. Bu quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
1.
Troyan dasturi qaroqchi dasturiy ta‘minotga ulanadi: tarqaladigan
dasturlarning modifikasiyasi, troyan komponentning ― generatorlar kalitlari,
provayderlarni aldash uchun dasturlar va sh.o‘.larga ulanadi;
2.
Web-saytlar ko‘rish dasturlarida zaifliklar(birinchi navbatda, Microsoft
Inernet Explorer)dan foydalanish – bunday dasturlarning bir qator versiyalari kirish
huquqini tekshirishda xatolarga ega bo‘ladi, bu esa WWW- saytda komponentlarni
joylashtirish imkonini beradi, ular chiqarib olish foydalanuvchilari uchun
sezilmaydigan(yashirin) bo‘ladi va bu komponentlar ularning kompyuterlarida
bajarilgan bo‘ladi, shundan keyin foydalanuvchining kompyuterida buzg’unchilar
masofadan kirishi uchun imkoniyat ochiladi. Bunday dasturlar asosan tashrif
etiladigan (avvalom bor pornografik mazmundagi) saytlar oqali tarqatiladi;
3.
Kompyuter viruslari, avvalom bor elektron pochta kanallari bo‘yicha
tarqatiladigan va Microsoft Windows tarmoq servislaridagi zaifliklardan
foydalanuvchi viruslardan foydalanish:
305
a.
hozirgi vaqtda yaratilgan hamma yirik virusli epidemiyalar shunday viruslar
bilan ko‘paytirildiki, ular foydalanuvchi kompyuteriga masofadan kirish uchun
qo‘llanilgan bo‘lishi kerak;
b.
windows zaifliklaridan foydalanish xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
Zamonaviy zararli dasturlar texnik ma‘noda yetarlicha rivojlangan – ularning
mualliflari tashqi tomondan ularning payqab olinishi va qo‘lga kiritilishini
qiyinlashtirish uchun turli usullardan foydalanishmoqda. Troyan dasturlar web-
saytlarga qo’llanma sifatida murojaat qilib, buning oqibatida ular Dos-hujum va
spamlarlarni jo‘natish bilan shug‘ullanishadi(bundan tashqari, instruksiyalar
navbatdagi instruksiyani olish vaqti va joyi haqida ko‘rsatmani o‘zida jussam etishi
mumkin).
Spamni tarqatishni uchun dasturiy ta’minot.
O‘rtacha spam tarqatish bugungi
kunda millionlab xabarlardan kam bo‘lmagan hajmga ega. Bu xabarlarning katta
bo‘lmagan vaqt ichida bu vaqt oralig‘ida antispam-filtrlarni qayta sozlashgacha
(ma‘lumotlar bazasini yangilashgacha) ulgurish uchun tarqatilishi talab etiladi. E-
mail xabarlarning ko‘p sonini tez tarqatish texnologik muammo bo‘lib, bu
muammoning yechimi yetarlicha katta resurslarni talab etadi. Buning oqibatida ―
“Bozorda” spamerchi-professionallarning talablarini qoniqtiruvchi dasturlarning
nisbatan katta bo‘lmagan soni mavjud. Bugungi kundagi bunday dasturlar:
1.
“Ochiq servislar” (proxy) singari zararlangan foydalanuvchi mashinalar
orqali tarqatiladi;
2.
Xatlarining dinamik matnini shakllantirishi mumkin;
3.
Xabarlarning sarlavhalarini yetarlicha aniq qalbakilashtirishi mumkin –
sarlavhalar bo‘yicha spamni tanish betaraf (netrivial) vazifaga aylanadi;
4.
Aktivlikni E-mail manzillarning ma‘lumotlar bazasisiz kuzatishi mumkin;
5.
Har bir alohida manzilga xabarning maqomini (statusini) kuzatishi - va qora
ro‘yxatlarning qabul qilish tomonidan foydalanish vaziyatida boshqa “tarqatish
nuqtasi” orqali qayta jo‘natishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |