Ijrochilar
2-rasm. Tashkiliy tuzilma X-modeli bo’limning ishtirok sohasi o’zgarishi.
Sayyohlik korporatsiyasi tarmoq tuzilmasi sifatidagi
Bo’lim, korporatsiya bo’g’inining innovatsion tashkiliy tuzilmasining X- modelini ko’rib chiqqan holda bu bo’g’inlarning yagona ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatidagi butun sayyohlik korporatsiyasi ishidagi hamkorlik modelini mantiqan aniqlash mumkin.
Zamonaviy sayyohlik korporatsiyasi doirasida yagona va aniq tarkiblash, boshqaruv bo’g’inlarini aniq kategoriyaga ajratishning imkoni yo’q, bunday mezonlar ancha ko’p, bundan tashqari, biror-bir prinsp bo’yicha SK tuzilmasini belgilash mumkin bo’lgan ustuvor soha ichki jarayonlar (masalan, korporatsiya stagnatsiyasi) yoki tashqi omillarga (iste’molchilarning hududiy bozordagi afzalliklar darajasi) dinamik tarzda o’zgarib turadi.
Sayyohlik korporatsiyasining ayrim bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro faoliyat ham an’anaviy vertikal va gorizontal hamkorlikdan sezilarli darajada farq qiladi. Aksariyat hollarda vertikal aloqalar ikki tomonlama xarakterga ega bo’la boshlamoqda (masalan, menejer-loyiha guruhi yoki menejer-jamoa shodasida), gorizontal faoliyat esa bir SK doirasidagi strategik sheriklik, alyanslar, uyushmalarga joy bo’shatib bermoqda (masalan, strategik biznes hududlari yoki investitsiyalar markazini tashkil etish).
Bu tashkiliy tuzilmalarni ishlab chiqishda qo’llashning imkoni bo’lmagan zamonaviy sayyohlik korporatsiyasi, o’z navbatida, ichki muhit karkasi, klassik tamoyillarning faqatgina bir nechta xususiyatlaridir. SKlarning zamonaviy sayyohlik bozorining sub’ekti sifatidagi o’ziga xos xususiyatini inobatga oladigan korporativ boshqaruvning prinspial tarzdagi yangi shakllarini hamda sayyohlik kompaniyasi faoliyatining tashqi muhiti xususiyatlarini aniqlash va tadqiq qilish talab etiladi.
Boshqaruvning innovatsion tuzilmalari 1980-yillar boshida rivojlana
boshladi, bunda, bir tomondan mahsulot va xizmatlarning xalqaro bozorini tashkil qilish xalqaro kompaniyalar o’rtasidagi raqobatni keskin ravishda kuchaytirdi, ulardan yuqori samarali va sifatli ishlarni hamda bozorning o’zgarishiga keskin ravishda javob berishni talab etdi, boshqa tomondan esa ierarxik turdagi tuzilmalarning bu sharoitlarga adekvat ravishda mos kelishining imkonsizligi oydinlashdi.
Innovatsion tuzilmalar uchun boshqaruv organlari faoliyatining byurokratik ravishda tartibini belgilanmaganligi, ish turlari bo’yicha mehnatni muayyan tarzda taqsimlash yo’qligi, boshqaruv darajalarining noaniqligi va ular soni kamligi, boshqaruv tuzilmasining o’zgaruvchanligi, qarorlar qabul qilishning
markazlashmaganligi, faoliyatning umumiy natijalari uchun har bir ishchining individual javobgarligi xos edi. Bundan tashqari, adaptiv tashkiliy tuzilmalar quyidagi belgilar bilan farqlanadi:
nisbatan engil tarzda o’z shaklini o’zgartirish, o’zgarib turgan sharoitlarga moslashuv qobiliyati;
murakkab loyihalarni, kompleks dasturlarni tezlik bilan amalga oshirish, murakkab masalalarni hal etishga yo’naltirilganligi;
vaqt bo’yicha cheklangan harakat, ya’ni masalani hal etish davrida vaqtinchalik asosda shakllanish, loyihani, dasturni amalga oshirish;
vaqtinchalik boshqaruv organlarini tashkil etish.
Eng yuqori darajadagi o’zgarish aynan sayyohlik korporatsiyalarining o’rta bo’g’inlarida sodir bo’ldi, buni xalqaro turizmning tashqi muhiti dinamizmi, shuningdek, tashkiliy bo’linmalar yoki biznes bo’g’inlari ishini iste’molchilarning barcha tor segmentiga yo’naltirish zarurati, sayyohlik bozorida raqobatli kurashning (jumladan, bir korporatsiyaga tegishli brendlar o’rtasida) o’sishi bilan tushintirish mumkin. SK o’rta bo’g’ini boshqaruvining innovatsion tuzilmasi asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
jamoaviy o’zaro harakat;
yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, operativ va strategik boshqaruv malaka va ko’nikmalariga ega bo’lmagan mutaxassislar ahamiyati ortishi;
loyihalarni boshqarish;
biznes-jarayonlarning mijozga yo’naltirilganligini maksimal darajaga chiqarish;
jamoalar ishining avtonomligi hamda byurokratizm va ierarxiyalikning chiqarib tashlanishi.
Jamoa jamoaviy faoliyatning prinspial tarzdagi yangi shakli sifatida mehnat jamoasi doirasidagi guruhlardan farqli o’laroq xodimlarning yuqori darajadagi motivatsiyani talab etadi.
Jamoa belgilangan vazifalarni tezkor, samarali va sifatli bajarish qobiliyatiga ega mahoratli xodimlarlarning avtonom o’z-o’zini boshqaradigan jamoasidir. Jamoa ishining samarasiga quyidagilar hisobiga erishiladi:
divizional tuzilmalar doirasida butunlay avtonomlikka erishish mumkin emas, lekin tarmoq tuzilmasi bu ishda yordam beradi, bo’linmaga mavjud korporativ tarmoqda nafaqat faol ishtirok etish, balki yangi tarmoq tuzilmalarini yaratish va ishga tushirish imkonini beradi (masalan, doimiy mijozlar yoki sayyohlik agentlari tarmog’ i);
tarmoq kompyuter texnologiyalari va jahon kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish. Aynan fan-texnika taraqqiyoti natijasida telekommunikatsiya sohasida muayyan cho’qqilarga erishish zamonaviy korporatsiyalar boshqaruv apparatiga bir tomondan tuzilma bo’linmalarini bozorga avtonom “qo’yib yuborish”, boshqa tomondan esa “ko’rinmas”, kompyuter texnikasi yordamida ularning faoliyatini nazorat qilishni qo’llab-quvvatlash va hattoki kuchaytirish imkonini berdi.
Tashkiliy tarmoqlarni aniqlik bilan takrorlovchi ichki korporativ kompyuter tarmoqlari sayyohlik kompaniyasi boshqaruv apparatiga hisobot davrini kutmasdan har qanday tuzilmaviy bo’linmasining faoliyatini istalgan vaqtda va istalgan joyda nazorat qilish imkonini beradi, bundan tashqari, hattoki alohida menejer yoki ijrochining faoliyati boshqaruv apparatining eng yuqori darajadagi amaldori tomonidan nazorat qilinadi. Nazoratning bunday shakli korporatsiya xodimlarini, qaysi mamlakatda yoki kompaniyaning qaysi ofisida bo’lishidan qat’iy nazar, “qisqa jilovda” “ushlab turadi”, boshqaruvning qo’shimcha, o’rta bo’g’ini va faoliyatni muvofiqlashtirishning hojati qolmaydi.
nihoyat, SK doirasidagi an’anaviy gorizontal va vertikal hamkorlik ham so’nggi o’n yillikda o’zgartirildi. Bo’ysunuvchi va boshliqnnig odatiy
munosabatlari o’rniga turli vakolatga ega ikkita biznes egasining munosabati amaliyotga kiritilgan (masalan, menejer boshqaruv apparati a’zosi kabi korxona aksioneri bo’lgan holat).
Zamonaviy SKlarining terminal bo’g’inlari, kompyuter texnologiyalari tili bilan aytganda, turli darajadagi firmalararo alyanslar mexanizmi orqali korporativ tarmoqqa yangi elementlarning ulanishi uchun ochiq bo’lgan o’ziga xos “portlardir”37. Xususan, tarmoq sayyohlik sohasidagi loyihalarni (masalan, yangi yo’nalishni ommalashtirish, bozorda yangi ulushni qo’lga kiritish, yangi bozorlarga chiqish va shu kabilar) amalga oshirish maqsadida sayyohlik xizmatini ko’rsatuvchilami (mehmonxonalar, aviakompaniyalar, meet-kompaniyalar) va sayyohlik operatorlarini birlashtirishi mumkin.
U yakunlangach, loyiha ishtirokchilari kelgusi ishbilarmonlik loyihasi doirasida yangi qiymat elementi bo’lish uchun tarqaladi. Bu holatda har qanday vazifa shartnoma asosida bajaralishi sababli, kelishuvdagi kontragentlarni ko’rib chiqilayotgan tarmoq tuzilmasining umumiy xarajatlarini kamaytirishga olib keladigan hollarda almashtirish mumkin.
Hozirgi vaqtda sayyohlik korporatsiyasining tashkiliy tuzilmasi bo’lgan tarmoqning terminal bo’g’inlari, shaxsiy mustaqillik va avtonomlik haqida qayg’ urishiga qaramay, mijoz tariqasida ishga jalb etilishidan manfaatdor, masalan, nafaqat bir, balki bir nechta mehmonxona tarmoqlarida taklif etiluvchi chegirmalar, bir nechta yirik aviakompaniyalar tariflari, jahonning deyarli istalgan davlatiga turni sotib olish, qo’shni restorandagi kechki ovqat, yoki, nihoyat, supermarketlar tarmog’i yoki yoqilg’i quyish stansiyalari xizmatlari bo’yicha chegirmalar. Yirik sayyohlik korporatsiyasining bunga qurbi etadi, u yana sobiq mijozlardan “etishtirilgan” sheriklarni ham sezilarli darajada rag’ batlantirishi mumkin.
Mjozlar bilan tarmoq orqali hamkorlik har qanday sayyohlik korporatsiyasi faoliyatining tarkibiy qismidir. Ularning doimiy mijozlari soni jahonning o’nlab mamlakatlarida millionlab kishilarni tashkil etadi va SKda ulardan har biriga o’z mahsulotini kelgusida intensiv ravishda iste’mol qilishlarini ta’minlashi maqsadida taklif qiladigan ishlanmasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |