Sayxunobod lochini. Xolmat Niyozov Sayxunobodning Guliston jamoa xo’jaligida umir guzoronlik qilgan. Xolmat Aliyevich yoshlik yillari Chimkent shahrining Qorasuv mahallasida o’tgan. O‘rta ma‘lumotni 1918-1928-yillari Alisher Navoiy nomidagi 3-maktab internatida olgan. 1929-yilda mazkur maktabni a‘lo baholar bilan tugatgach Tula shahridagi uchuvchilar maktabiga o‘qishga yuborildi. Bir yildan keyin Leningrad shahridagi uchuvchilar maktabining borttexnik bo‘limiga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi. 1933- yilda og‘ir bambardimonchi va desant tashuvchi borttexnigi mutaxasisligi bo‘yicha guvohnoma oldi. Ana shundan keyin xaqiqiy uchuvchilik faoliyati boshlandi.
1933-1941-yillari III Belarussiya harbiy qismining I,II havo armiyasi xizmatida bo’lgan.
Ulug‘ Vatan urushi yillari II Ukraina frontining desantchilar qismida komandorlik qilgan. Og‘ir va suronli yillar ortda qoldi. 37 yoshida Chimkent shahridagi qishloq xo‘jalik texnikumini, 46 yoshimda esa Toshkent qishloq xo‘jalik institutining agronomiya fakulteti imtiyozli diplom bilan tugatdi.
1973-yilgacha agronom bo’lib ishladi. Ko‘p yillik mehnatlarini partiya va hukumatimiz munosib baholab, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan shaxsiy nafaqa tayinlandi.
1973-yildan savxoz grajdan mudofaasiga raxbar etib tayinlandi.
Xolmat Niyozov urush xotiralari shunday eslaydi: “Xavo trevogasidan yotoqxonamiz larzaga keldi. Bu oddiy harbiy mashq trevogalaridan farq qilardi. O‘shanda birgina “urush” so‘zi qulog‘imga jaranglab eshitildi. Qalbimni kimdir xanjar bilan tilgandek, achishib ketdi”.
Urush boshlangan paytda Xolmat Niyozov ham tarkibida bo‘lgan uchuvchilari qismi Moskva shahri yonida Rjevda turardi. Rjev shahri harbiy strategik joy bo‘lganligi uchun u yerda og‘ir bombordimonchi samolyotlarning aerodrome joylashgan edi. 1941-yil 22-iyun tongotari barcha sovet kishilarini oromini yo‘qotdi. Dushmanning 5 million 500 ming kishilik armiyasi, 3 ming 712 tanki, 4 ming 950 jangovar samolyoti, 47 ming 260 to‘p va minomiyoti, harbiy kemalari Vatanimiz chegaralarini xiyonatkorona buzib, “yashin tezligida” yurishni boshladilar. Lekin gitlerchi fashistlarning 14 kunda Sovet hududini yanchib tashlash borasidagi xom- xayollari urushning dastlabki daqiqalaridayoq puchga chiqdi. Smolensk shahrini ozod etishda qatnashadi. Harbiy vaziyat o‘zgarganligi natijasida qism Stalingrad mudofaasiga tashlandi. Ukrainaning 7 ta shahrini, Chexoslovakiya, Polsha, Avstriya va Ruminiyaning bir qancha shaharlarini dushmandan tozalashda hamda Bratislov-Brno, Maravsk-Ostrav va Parij harbiy operatsiyalarida ishrtrok etdi.
Xolmat Niyozov Ikkinchi jahon urushi voqealarini xotirlar ekan, o‘zi komandirlik qilgan ekipaj a’zolariga Ujgord shahri yaqinida harbiy topshiriq beriladi. Vazifa chegara liniyasida xarakat qilayotgan dushman kuchlariga zarba berish. Qismga berilgan ma’lumotlarga bu atrofda dushmanning xavo kuchlari yo‘q edi. Samolyot ma’lum balandlikka ko’tarilib, ko‘rsatilgan yo‘nalishga chiqib oladi. Kutilmaganda dushmanni razvedka samolyoti paydo bo‘ladi. Shunda Xolmat Niyozov boshchiligidagi ekipaj azolari dadillikni qo‘ldan bermasdan dushman samolyotini o‘qqa tutdi. Razvedkachi dushman samolyoti otilyatgan o‘qlarga chap berib, ekipajga shikast yetkazish uchun chap tomoniga o‘tadi. Lekin ziyrak ekipaj azolarini keying otgan o‘qilari dushman “quzg‘un” ini ishdan chiqardi. Harbiy topshiriq muvaffaqiyatli bajarildi.
Urush qurbonsiz bo’lmaydi. Kimdir qadrdon otadan, kimdir sevgan umr yo’ldoshidan, kimdir akadan, kimdir jigarbandlaridan judo bo‘ldi. Xolmat Niyozov akasi Irismat Niyozov ham janglarda qatnashagn, qahramonlarcha vafot etgan.
Dushman Moskvaning sharqiy tomonidan aylanib o‘tib, uni qurshovga olish taraddudiga tushdi. Ikki marta havo hujumi uyyushtirildi. Lekin fashistlarning oldingi siljishi bizning kuchlarimiz tomonidan to‘sib qo’yildi. O‘shanda Xolmat Niyozov “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan birinchi bor taqdirlandi.
1942- yilning aprel oylarida razvedka Smolensk shahri tomon dushmonning harbiy qurollarib ortilgan echelon yo’lga chiqqanligi ma’lum qilindi. Bu qism uchun juda xavfli vaziyat xosil qilardi deb xotirlaydi Xolmat Niyozov. Agar echelon shaharga kiritilsa dushman yangi kuch olib, Moskva shahriga qayta hujum boshlashi mumkin edi. Buning ustiga Smolensk shahri dushman uchun eng qulay harbiy strategik punkt ham edi. Bu yerga ham quruqlikdan, ham suv yo‘llari orqali qurol-yarog‘, harbiy kuchlarni tez to‘plash mumkin. Shuni nazarda tutgan Sovet qo‘mondonligi har qanday yo‘l bilan bo‘lsada dushman eshelonini shaharga qo‘ymaslikka buyruq berdi. Buyruqni bajarish Xolmat Niyozov tarkibidagi ekipajga topshirildi. O‘sha paytda Xolmat Niyozov “DB-3” bombardimonchi samolyotda bort injer edi. Dnepr daryosida o’tadigon poezd yo‘l ko‘pirigini ishdan chiqarish oson bo‘lmadi. Dushman zenitchilari ko‘pirikni hamma tomondan qo‘riqlab turishardi. Vaziyat og’ir. Topshiriq bajarishli kerak. Bu esa ekipaj azolariga bog‘liq. Ikki marta qilgan xarakatlar bekor ketadi. Vaqt esa o‘tayapti. Bort komondiri hammamiz bilan ko’z urushtirib chiqdi-da, samolyotni pastlata boshladi. Topshiriq aniq. Xamma ekipaj a’zolari o‘z po‘stida hushyor edi. Bort radisti qancha balandlikda ekanligini tez-tez takrorlab turibdi. Samolyot 200 metr balandlikda uchish vaziyatiga yetganda Xolmat Niyozov bomba tashlash richagini tortib yuboradi. Samolyot ko‘pirik ustidan o‘tib osmonga ko‘tarilganda samolyot vaziyatini yo‘qota boshlaydi. Ko‘pirikning bir qismi o‘pirilib yotardi. Dushman zenitchilari salomyotni qanotini ishdan chiqaradi. Ustigab-ustag dushman samolyoti qarshi chiqadi. Ekipaj a’zolari ming mashaqat bilan Smolensk shahridan uch kilometr naridagi Kovgani qishlog‘i yoniga samolyotni eson omon qo‘ndirildi. Lekin dushmanning “Missershmit” samolyotlaridan tashlangan oskolqali bomba ekipaj mashinasini batamom ishdan chiqargan edi. Xolmat Niyozov butunlay eshitmay qoldi, sheriklari yengil yaralanadi. Xolmat Niyozov Kalini shahridagi kasalxonada bir oy davolanadi. Ana shu topshiriq muvaffaqiyatli bajarilganligi uchun “Qizil Yulduz” ordeni bilan mukofotlanadi.
Sog‘ayib chiqqandan keyin Xolmat Niyozov yangi ekipajga komandirlik qila boshlaydi. Sovet hududi dushman kalxatlaridan tozalangan yili 1-darajali Ulug‘ Vatan Urushi ordeni bilan taqdirlanadi. Visla daryosigacha bo‘lgan xavo janglarida qatnashib, ikki jangovar medal bilan mukofatlanadi. Urushdan keyin partiya va hukumatning 3 harbiy medali bilan taqdirlanadi.
Suronli va olovli jang yo‘lini bosib o‘tgan, tinch qurilish yillarida Vatanimiz quratini mustahkamlashda fidokorlik ko’rsatganlar nomi abadul-abad ko’z qorachig’idek asraymiz!