Saytga tashrif buyuruvchilarni ushlab qolish usullari. Saytni axborot bilan toldirish. Axborot turi va shakli. Sayt dizaynini bajarish. Qo`shimcha xizmatlar. Tovarlarni sotish hamda sotuvdan oldingi va sotuvdan keying xizmatlar ko`rsatish. Muloqotli doira bilan qaytuvcha aloqa
Hozirgi kunda komponiya uchun uning web-saytiga tashrif buyuruvchilarni ushlab qolish muhim vazifa hisoblanadi. Buning asosiy sababi : kompaniyaga tashrif buyuruvchilarni ushlab qolish yangilarni jalb qilishdan arzon tushishidir. Chunki, yangi tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun reklamaga katta pul sarflash lozim: ommopob web-saytlarda, televidiniyada va hokozo. Tashrifchilarni ushlab qolish uchun esa shunchaki o'z saytini ideal tarzda yuritish kifoya qiladi. Tashrifchilar ,asosan, extiyojini qondirish uchun saytga tashrif buyuradi: biror axborot olish, aloqa yoki xarid qilish. Demak, komponiya tashrif buyuruvchilarni saqlab qolish uchun ularning extiyojini maksimum qondirishi va iloji boricha qo'shimcha qiziqarli bo'lgan narsalarni taklif etishi lozim. Bundan tashqari, sayt dizayni va undagi ma'lumot va xizmatlarning ko'pligi ham muhim rol o'ynaydi.
Albatta, sayt dizayni qolgan raqobatchilardan ustunroq bo'lishi kerak. Dizayn bu faqat chiroy emas , balki, uning tarkibiy tuzilishi , foydalanishda qulay va sodda bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Navigatsiya tizimi eng muhim narsalardan biri hisoblanadi, u saytga kirgan har qanday foydalanuvchi uchun tushunarli va ishlatishga qulay bo'lishi, sayt haqida umumiy tushunchani hosil qilishi lozim.
Saytni har doim yangi axborot bilan to'ldirib borish tashrifchilarni bu saytga yana qayta tashrif buyurishi uchun judayam yaxshi sababdir. Lekin, saytni turli xil axborotlarga to'ldirib tashlash ham kerak emas . Avvalo, tashrif buyuruvchilarni xohish-istaklarini o'rganish va shunga mos axborotlarni joylab borish va bundan tashqari, bu axborotlarni qisqa formatda uzatish tashrifchilarni e’tiborini jalb qiladi. Chunki hozirgi kunda insonlar qisqa va tushunarli axborotlarni xohlashadi. Bundan tashqari, axborotlarni ssilka orqali ham berib borish lozim. Bu juda qulay lekin tashrifchi boshqa saytga o'tishini ham inobatga olish kerak. Shuning uchun ssilkalarni o'ziga raqobatchi bo'lmagan saytlar orqali tashkil qilish foydalidir.
Agar web-sayt tovar sotish uchun bo'lsa, bunda xaridorga ko'plab qulayliklar berish lozim . Masalan: to'lov usulini tanlash , buyurtmani shakllantirish, tovar haqida to'liq ma'lumot berish va xariddan keyin ham turli xizmatlarni taklif qilish tashrif buyuruvchilarni saytga qayta tashrif buyurishiga xizmat qiladi.
Mijozlar bilan doimiy aloqada bo'lish juda foydali. Bu orqali tashrifchilarga nima qiziq , qaysi tovar kerak , qancha , qanday kabi savollarga javob olib sayt ishini yuritishni samarali olib borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |