Programmalash tillarining darajalari
Programmalash tillarining uchta darajasi mavjud. Bu - yillar davomida programmalash tillarining rivojlanishi, takomillashishi mobaynida vujudga kelgan.
1. Quyi darajali;
2. O`rta darajali;
3. Yuqori darajali;
Quyi darajali programmalash tili faqat kodlar bilan yoziladigan tildir(til deyishga unchalik ham to`gri kelmaydi). bunda to`g`ridan to`g`ri bajariluvchi kod yoziladi. Bu usul hozir umuman ishlatilmaydi. Birinchi avlod EHMlariga programmalar shunday yo`lbilan perfokartalar orqali kiritilgan. Butun boshli programma faqat 0 va 1 raqamlaridan iborat bo`lgan. Ya'ni sizning programmangiz quyidagicha bo`lishi mumkin edi: 111001111010101111010101010100010101111101101011110101.
O`rta darajali programmalash tillari. Bu mnemokodlar yordamida yoziladigan til(mnemokod - qisqartirilgan so`zlardan iborat buyruq). Programmistlar ishini osonlashtirish uchun yaratilgan bu til Assembler deb nom oldi. Insonga sal tushunarliroq bo`lganligi uchun bu til yangi darajada qabul qilindi. Bu tilda, protsessorning har bir buyrug`iga mos mnemokodlar ishlatiladi. Ya'ni 11110010100 kabi buyruq o`rniga MOV A, B kabi yoziladi. Bu til hozir ham tizim programmistlari tomonidan keng ko`lamda ishlatiladi. bu tilda yozilgan programma o`zining ixchamligi, tez ishlashi bilan ajralib turadi.
Yuqori darajali programmalash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi).
Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak.
Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi, til(Pascal tili) jihatdan soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi.
Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi.
Zamonaviy programmalash tillarining asosiy(umumiy) farqlari
Ancha tanaffusdan so`ng davom etamiz. Ko`pchilikdan bu borada kechirim so`rayman.
Ushbu postda kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi tillarning farqini keltirib o`taman.
Do'stlaringiz bilan baham: |