Veb sayt ochish nima uchun kerak?
Sayt ochish turli sohadagi odamlarga har xil maqsadlar uchun kerak bo‟aldi.
Masalan, tadbirkorlar uchun o‟z korxonasining veb sayti bo‟lishi bu – mijozlarga
qulaylik tug‟diradi. Hatto yangi mijozlar orttirishga sabab bo‟ladi. Chunki
internetdan biror mahsulot yoki xizmat turini izlagan odam sizni vebsaytingizga
duch keladi va sizning korxonangiz bilan tanishadi.
Agar siz ijodkor bo‟lsangiz yoki ilm-fan bilan shug‟ullansangiz, u holda o‟z
sohangiz haqida veb sayt ochib bilimlaringizni boshqalarga ulashasiz. Yoki
ijodingizni namoyish qilasiz. O‟zingiz bilan hamfikr odamlar bilan tanishasiz.
Savdo bilan shg‟ullansangiz, tovar va mahsulotlaringizni o‟z saytingizga joylab
buyurtmalar olishingiz mumkin. Mahsulotingizni odamlarga reklama qilasiz.
Xullas, har qaysi soha egasi uchun bu kitobdagi bilimlar foyda beradi deb
o‟ylaymiz.
2-DARS.Kerakli dasturlar
Demak siz sayt ochishni boshlamoqchisiz, qanday turdagi sayt bo‟lishi muhim
emas. Avvalo, ish qurollarimiz saranjom bo‟lsin. Bizning asosiy ish
qurollarimiz bu dasturlar ya‟ni komputer programmalari bo‟ladi. Kerakli ish
qurollarimizni sanaymiz.
- Windows operatsion tizimi o‟rnatilgan kompyuter.
- Zamonaviy brauzer (browser). Opera, Mozilla Firefoz yoki Chrome va
hokazolardan biri. Agar hammasi o‟rnatilgan bo‟lsa yanada afzal.
- Kod yozish uchun kerakli matn muharriri (redaktor). Bunday dasturlar hozir
juda ko‟p, Masalan: Adobe Dreamweaver, Coffecup html editor, Notepad++,
phpDesigner va hokazo. Biz ushbu darslikda oddiy Notepad (Bloknot) dasturida
ishlay boshlaymiz. Bu dastur har bir Windows tizimi o‟rnatilgan komputerda
mavjud. Keyinchalik qo‟shimcha dasturlarni o‟rnatish haqida gapiramiz,
Masalan: Dreamweaver CS yoki Notepad++ (Notepad plus plus) dasturi...
Notepad++ dasturi kod yozish va uni saqlash uchun juda qulay vositadir. Bu
dasturni yuklab olish uchun
http://www.notepad-plus-plus.org/
saytiga kirishingiz
www.qalam.uz
– Sayt ochish, dizayn va grafika, darslar
mumkin. Agar Notepad++ dasturini olish imkoni bo‟lmasa u holda
Komputeringizdagi Notepad (Блокнот) ham bo‟laveradi. (Oson ishlash uchun
Notepad++ (plus-plus) dasturini tavsiya qilamiz, bu juda kichik va ishlashga oson
dastur)
3-DARS. Birinchi saytim
Eng oddiy saytni ochamiz. Saytimizda bir qator matn bo‟lsin. Bunday oddiy
saytni ko‟rib, “o‟rganayotganim faqat shu xolosmi?” – deb o‟ylamang. Siz
shoshilmay, ushbu kitobdagilarni ketma-ket bajarsangiz, tez orada ajoyib saytlar
tayyorlashni o‟rganasiz.
Har qanday sayt HTML tilida yoziladi. HTML nima?, buning ma‟nosi “Hyper
Text Marque Language” ya‟ni Gipermatnni belgilash tili. Saytdagi matn,
ramka, rasm va boshqa obektlar HTML tilida kiritiladi
Sayt yaratish uchun eng avval HTML tilini o‟rganishdan boshlaymiz. Chunki bu
eng aososiy poydevor hisoblanadi.
Komputeringizda Notepad (Блокнот) dasturini oching, Buning uchun
Start (Пуск) => All programs (Все программы) => Windows accessories
(Стандартные) => Notepad (Блокнот)
www.qalam.uz
– Sayt ochish, dizayn va grafika, darslar
Taxminan, quyidagicha oyna ochiladi:
www.qalam.uz
– Sayt ochish, dizayn va grafika, darslar
Endi, quyidagi kodlarni yozamiz
Kod:
Saytim sarlavhasi
Bu mening birinchi saytim!
- ochuvchi yoki boshlanish tegi, bu kodlar orasiga asosan saytimizda ko‟rinadigan har qanday
matn rasm va boshqa malumotlar yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |