Demokratik saylovlar uchun qulay sharoitlar-xavfsiz va osoyishta saylov muhitini yaratish va qo’llab quvvatlash hamda saylov jarayoni qonuniyligiga shubha tug’dirmagan holda, saylov jarayoni ishtirokchilarining qonuniy huquq va erkinliklariga putur yetkazmasdan saylov kuni jamoat tartibini ta’minlash.
Betaraflik va aralashmaslik-ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari siyosiy faoliyat bilan shug’ullanmasligi, partiya yoxud nomzod taraf bo’lmasligi kerak.
Bir xil munosabatda bo’lish va diskirminatsiyaga yo’l qo’ymaslik- ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari saylov jarayoni davomida uning barcha ishtirokchilarining huquq, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini bir xilda himoya qilinishini kafolatlashi va teng sharoitlarni ta’minlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |