Davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari qanday tashkil etiladi?
Markaziy saylov komissiyasi; hududiy saylov komissiyalari; okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari.
Markaziy saylov komissiyasi necha a’zodan iborat?
Markaziy saylov komissiyasi o‘n besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. U doimiy asosda faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qanday maqomga ega?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Preziden- ti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisiga saylovni, shuningdek O‘zbekiston Res- publikasi referendumini tashkil etish va o‘tka- zish uchun o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi mustaqil organ.
Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zo- lari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
Markaziy saylov komissiyasi a’zolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z nuqtai nazarini bil- diradi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday arala- shuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasi a’zolari Qora- qalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi- ning, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘z-
bekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun- chilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi ko- missiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining taqdimnomasi bo‘yicha ko- missiya majlisida saylanadi.
Yigirma besh yoshga to‘lgan, qoida tariqa- sida, oliy ma’lumotga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tash- kil etish va o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qo- zongan hamda kamida oxirgi besh yil O‘zbekis- ton Respublikasi hududida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi qanday?
Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tu- manlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Say- lov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida,
olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida say- lov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimlik- larining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda
– harbiy qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar koman- dirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Saylov uchastkalari saylovdan kamida oltmish kun oldin tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchast- kalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa - istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |