O‘zbekiston ekologik harakatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni saylash tartibi qanday?
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi- lik palatasining o‘n besh deputati mazkur hara- katning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan
Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi.
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi- lik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash tartibi Markaziy saylov komis- siyasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi- lik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.
Qanday hollarda O‘zbekiston ekologik ha- rakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari- ning takroriy saylovi o‘tkaziladi?
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi- lik palatasi deputatligiga deputatlar saylovi o‘t- magan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda O‘zbekiston ekologik harakatidan deputatlarning takroriy saylovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchi- lik palatasi deputatlarining takroriy saylovini o‘tkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat- lari saylovi natijalarini e’lon qilish tartibi qanday?
Markaziy saylov komissiyasi saylov yakun- lari to‘g‘risidagi axborotni va Qonunchilik
palatasiga saylangan deputatlarning ro‘yxatini deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechik- tirmay matbuotda e’lon qiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish tartibi qanday?
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, O‘zbe- kiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishi shart.
Deputat etib saylangan shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan shaxs- lar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘y-
xatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik pala- tasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengash- lariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata) hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.
Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqal- pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat- lar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlis- larida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekis- ton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senatning vakolat muddati – besh yil.
Senatga saylov qachon o‘tkaziladi?
Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qanday talablar qo‘yilgan?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Ken- gesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
Qanday hollarda Senat a’zolarining takroriy saylovi o‘tkaziladi?
Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
agar takroriy ovoz berish natijasida belgilan- gan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining «b» bandida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.
Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov o‘tkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Senatni shakllantirish yakunlarini e’lon qilish tartibi qanday?
Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili kim?
Deputatlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli vakil tayinlashi mumkin. Vakolatli vakil nomzod ko‘rsat- gan siyosiy partiya a’zolari orasidan bo‘ladi.
Qaysi subyektlar nomzod ko‘rsatish huquqiga ega?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘z- bekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatami, xalq deputatlari viloyat kengashlariga siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari nomzod ko‘rsatish huquqiga ega.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saylovlarda xotin-qizlarga qanday e’tibor qaratilgan?
Faol saylov huquqi nuqtai nazaridan ular o‘zga jins vakillari bilan teng ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Ken- gashlari deputatligiga ko‘rsatilayotgan nomzodlar- ning umumiy sonining kamida 30%ini xotin-qizlar tashkil etishi belgilangan
Ishonchli vakil kim?
Ishonchli vakil nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadi, nomzod manfaatini davlat, jamoat birlashmalari organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatda himoya qiladi
Kuzatuvchi kim?
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yatkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa dav latlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlar- dan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega. Kuza- tuvchiga belgilangan namunadagi mandatni Marka- ziy saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olingandan keyin 5 kun ichida okrug saylov komissiyasi orqali yetkazadi.
Senatni shakllantirish yakunlarini e’lon qilish tartibi qanday?
Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.
2014 yil 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda necha nafar fuqarolar ishtirok etadi?
2014 yil 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 20 mln. 800 ming nafar fuqarolar ishtirok etadi.
Fuqarolar saylovchilar ro‘yxati bilan qachon va kim tomonidan tanishtiriladi?
Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining xori- jiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanato- riylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taq- dim qilinadi.
Saylov kuni ovoz berish qayerda va qaysi vaqtda o‘tkaziladi?
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi.
Saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishga qaysi saylov komissiyasi vakolatli?
Uchastka saylov komissiyalari ovozlarni sanab chiqishga vakolatli.
Saylovoldi tashviqoti qanday vositalar orqali amalga oshiriladi?
Saylovoldi tashviqoti: ommaviy axborot vositalari, shuningdek televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumla- dan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali; bosma,
ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materi- allarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali; saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Deputatlikka nomzodlarga saylovoldi tashvi- qotini ommaviy axborot vositalarida amalga oshi- rish uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda depu- tatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Siyosiy partiyalarning kuzatuvchisi qanday vakolatlarga ega?
okrug va uchastka saylov komissiyalarining maj- lislarida hozir bo‘lish;
muddatidan oldin ovoz berishda hozir bo‘lish; ovozlarni sanab chiqish va uchastka saylov
komissiyasining bayonnomalarini tuzishda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxa- larini so‘rab olish.
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakili kim?
Saylov qonunchiligiga muvofiq, ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan tayinlangan vakil shaxs.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari qancha bo‘ladi va ular qanday faoliyat ko‘r- satadi?
Deputatlikka nomzod 10 nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar say- lovoldi tashviqotini olib borishga ko‘maklashadi. Saylovchilarni nomzodning tarjimai holi va say- lovoldi dasturi bilan tanishtiradi.
Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakil- lari saylov uchastkasida ovoz berish natijalarini hisoblashda ishtirok etadimi?
Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari- ga bunday vakolat berilmagan.
Qamoqda saqlanayotgan fuqarolar saylov- chilar ro‘yxatiga kiritiladimi?
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda qamoqda saqlash joylarida bo‘lgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari saylanish hu- quqiga egami?
Ichki ishlar idoralari xodimlari nafaqat saylash, balki saylanish huquqga ham egadirlar. Ular depu- tatlik mandatini qo‘lga kiritsalar, vakolat muddatida
ichki ishlar idoralari tizimidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishadi.
Kimlar saylash huquqga ega emas?
Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan hamda sud tomonidan huquqiy layoqatga ega emas deb topilgan shaxslar.
Saylov jarayonining asosiy subyektlari kim- lar?
Saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar va say- lovchilar.
IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga qaysi saylov okrugi orqali o‘z nomzodlarini say- lashadi?
IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodni 125-sonli Darhon saylov okrugi orqali saylashadi.
IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi de- putatligiga nomzodni qaysi saylov okrugi orqali saylashadi?
IIV Akademiyasi tinglovchi va kursantlari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodni 14-Intizor saylov okrugi orqali sayla- shadi.
IIV Akademiyasida qanday saylov uchastkasi tashkil etilgan?
IIV Akademiyasida tegishli okrug saylov komis- siyasi tomonidan 155-saylov uchastkasi tashkil etil- gan.
Akademiya professor-o‘qituvchilari qayerda ovoz berishadi?
Ular doimiy yoki vaqtincha turar joylarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar va shu yerda ovoz beradilar.
Saylov komissiyalari a’zolari siyosiy partiyaga a’zo yoki deputatlikka nomzod bo‘lishlari mum- kinmi?
Yo‘q.
Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |