Partiya ushbu g‘oyani amalga oshirishda ustuvor vazifalar etib quyidagilarni belgilagan:
davlat budjeti, bank va moliya institutlari, xususiy sektor mablag‘larini ekologik toza, energiya tejamkor loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan “yashil” moliyalashtirish tizimini rivojlantirish;
davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlarga ustuvorlik berish;
“yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish, sanoat korxonalarining “yashil” texnologiyalarga o‘tishini iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
tarmoqlar va hududlarning “yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi”ni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotida “yashil iqtisodiyot” ulushini 30 foizga yetkazish, shu asosda yillik iqtisodiy o‘sish sur'ati 7 foizdan yuqori bo‘lishini ta'minlash;
qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchilarga keng iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
davlat tomonidan “yashil” ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy malakali kadrlarni tayyorlash;
Prezidentlikka nomzodga ko‘ra, “yashil iqtisodiyot” tamoyillari mamlakat miqyosida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini o‘rtacha 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
“Shuningdek, “yashil” tariflarni joriy etish, yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali qayta tiklanuvchi va muqobil qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini bugun mamlakatda amal qilayotgan umumiy energiya balansida 40 foizga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lamiz” – dedi u.
Narzullo Oblomurodov tadbir davomida saylovoldi dasturidagi so‘nggi yo‘nalish – tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rejalari haqida ham ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, partiya O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlari mintaqasini yaratish g‘oyasini ilgari surmoqda.
“Tashqi siyosatning asosiy ustuvor vazifalari sifatida quyidagilarni belgilaymiz:
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatini mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, mintaqaviy xavfsizlikning asosiy muammolarini, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga yordam berishga qaratish;
Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish, transchegaraviy muhofaza etilayotgan hududlarni barpo etish va mintaqaning ekologik barqarorligini ta'minlashga qaratish;
mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy transport-tranzit infratuzilmasini rivojlantirish;
Hamdo‘stlik davlatlari bilan o‘zaro, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik munosabatlarini tenglik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish asosida davom ettirish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikni faol ravishda davom ettirgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, zamonaviy muammolarga va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashamiz”, – dedi u.
Partiya yetakchisiga ko‘ra, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratiladi.
O‘zbekiston manfaatlariga mos keluvchi ekologiya va tibbiyot sohalarida BMT tomonidan qabul qilingan konvensiyalar va xalqaro bitimlarga qo‘shilish;
ekologik xavfsizlikni ta'minlash, O‘zbekistonda “yashil” taraqqiyot tamoyillarini joriy etishda samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekiston Ekologik partiyasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikni faol ravishda davom ettirgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, zamonaviy muammolarga va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish tarafdoridir”, – dedi prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov.
XULOSA
Ushbu bo’lib o’tadiga saylovda har bir fuqaro munosib nomzodlarga ovoz berishlari kerak.
Xususan o’zim ham munosib nomzodga ovoz bermoqchiman.Bu bo’lib o’tadigan saylov O’zbekiston kelajagida O’zbekiston tarixida katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu bo’lib o’tadigan saylov 2019-yil 19-iyulda qabul qilingan saylov kodeksi asosida bo’lib o’tadi,bu saylov barchamiz uchun O’zbekistonning kelgusi taraqqiyoti qanday yo’ldan boradi farzandlarimiz, oilamiz, mamlakatimiz kelajagini qanday barpo etamiz degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan g’oyat muhim siyosiy tadbirdir.
Shuning uchun ushbu siyosiy jarayonga ko’p millatli halqimiz ham jahon hamjamiyati ham katta qiziqish va etibor bilan qaramoqda.
Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o’nlab xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu manoda saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o’tqaziladi hamda yangi O’zbekiston xalqining o’sib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va madaniy saviyasini yaqqol namoyon etadi.
Etibor beradigab bo’lsak saylov kodeksimizda saylovlar umumiylik, tenglik,to’g’ridan to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’llari bilan o’tqazilish to’g’risida asosiy prinsplar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |