Saylov qonunchiligi: huquq va majburiyatlar



Download 33,03 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2022
Hajmi33,03 Kb.
#547565
  1   2
Bog'liq
2 5422685846614576894

MAQOLA MAVZUSI: ”Saylov qonunchiligi: huquq va majburiyatlar”


Termiz Davlat Universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti
QMB ta’lim yo’nalishi 3-kurs 119-guruh talabasi
Abdimurodov Umid Haydarvich.
Tel:+998 90-568-14-16

Annotatsiya: “Saylov qonunchiligi: huquq va majburiyatlar”


2021-yil 24-oktabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi
Prezidentlik saylovi bo’yicha tayyorlangan maqola

Kalit so’zlar:


O’zbekiston “Xalq Demokratik” partiyasi
O’zbekiston “Milliy Tiklanish Demoktatik” partiyasi
O’zbekiston ”Adolat Sotsial Demokratik” partiyasi
O’zbekiston “Liberal-Demokratik” partiyasi
O’zbekiston “Ekologik” partiyasi

KIRISH
” O’zbekiston “Xalq Demokratik partiyasi haqida malumotlar

O’zbekiston “Milliy Tiklanish Demoktatik” partiyasi haqida malumotlar

O’zbekiston ”Adolat Sotsial Demokratik” partiyasi haqida malumotlar

O’zbekiston “Liberal-Demokratik” partiyasi haqida malumotlar

O’zbekiston “Ekologik” partiyasi haqida malumotlar

ASOSIY QISM
O’zbekiston Respublikasida 2021-yil 24-oktabr kuni bo’lib o’tadigan Prezidentlik saylovida har bir O’zbekiston fuqaroligini olgan shaxslar o’zlari munosib deb bilgan nomzodga yashirin ovoz berishlari mumkin.
Xususan shu yil 24-oktabr kuni bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovida mamlakatimizda ro’yxatga olingan 5 ta partiyalardan quyidagi nomzodlar qo’yilgan.

O’zbekiston “Xalq Demokratik” partiyasidan


Maqsuda Azizovna Varisova.
Maqsuda Varisova O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining fuqarolarning sog’lig’ini saqlash masalalari qo’mitasi raisining o’rinbosari hisoblanadi.
U 1961-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug’ilgan.Uning otasi jurnalist onasi o’qituvchi bo’lgan.U Toshkent Davlat tibbiyot institutini 1984-yili tamomlagan, shu yilning o’zida institut klinikasida ish boshlagan. Mutahasisligi bo’yicha shifokor.1987-2018-yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida Nazarbek qishloq punkti shifokori,2013-yilda esa polikilinika mudirasi sifatida faoliyat yuritadi.2009-2014-yillarda Xalq deputatlari Zangiota tumani kengashi deputati 2015-2019-yillarda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati a’zosi bo’lib mamlakatimizni taraqqiy ettirish, xalqimiz manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qarorlar qabul qilishda o’z hissasini qo’shgan.2018-yildan boshlab O’bekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengash raisi o’rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan Maqsuda Vorisova 2019-yilda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati hamda fuqarolar sog’lig’ini saqlash masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari shunungdek parlament quyi palatasining oila va ayollar masalalari komissiyasi raisi vazifalarida serqirra va samarali mehnat qilib kelmoqda. 2018-yilda birinchi darajali “sog’lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Bugun u O’zbekiston Respublikas Prezidenti lavozimiga munosib ko’rilganlardan.
Ushbu voqeylik yurtimizda ayollarning jamiyatdagi o’rni qay darajada ahamiyatliligini aks ettiribgina qolmay balki davlat boshqaruvi kabi masuliyatli vazifaga munosib ayyollarning shakllanib borayotganidan dalolat beradi
Maqsuda Vorisova Prezidentlik saylovida g’alaba qozonsa,avvalo ishsizlik va bandlik sohasida islohotlar qilishini takidladi.Uning takidlashicha Prezidentlikka nomzodlar orasida ayol kishining bo’lishiga gender tenglik tamoyili sabab emas “Xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona,oddiy bir ayol bo’lganim sababli ham,xalqimizni qiynab turgan muammolarni quyidan bilganim uchun ham yetarli tanishadi,deb o’ylayman”-dedi u.

O’zbekiston “Milliy Tiklanish Demoktatik” partiyasidan Alisher Keldievich Qadirov 1975-yil 12-mart Jizzax viloyatida dunyoga kelgan O'zbekistonning o'ng qanotli siyosatchisi, 2019-yil 22-maydan boshlab, Milliy tiklanishikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.O'zbekiston prezidentligiga nomzod. Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari, 2015-yildan beri 1996-1997-yillarda Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bo'limining yetakchi mutaxassisi bo'lib ishlagan. 1997-2008-yillarda Jizzax viloyatida davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yetakchi mutaxassis bo'lib ishlagan. 2008-2015-yillarda Jizzax viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo bo'limi boshlig'i bo'lgan. 2015-yilda u "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi. 2017-yilda u Oliy Majlisning budjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasi raisining o'rinbosari, shuningdek Oliy Majlisning xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi a'zosi bo'ldi, shuningdek respublika Ma'naviyat va ta'lim markazining rahbari bo'ldi. 2019-yil 22-mayda u Sarvar Otamurodov o'rniga Milliy tiklanish demokratik partiyasining rahbari etib saylandi.


Alisher Qodirov agar saylovda g’olib bo’lsa avvalo talim va tarbiya sohasini ustuvor vazifa sifatida isloh qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

O’zbekiston ”Adolat Sotsial Demokratik” partiyasidan


Bahrom Abdurahimovich Abdihalimov
Bahrom Abdihalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan, millati o’zbek. Malumoti oliy 1981-yilda Toshkent davlat universitetining sharq fakultetini tamomlagan, ixtisosligi filolig sharqshunos, arab va ingliz tillari o’qituvchisi, tarix fanlari doktori frofessor, mehnat faoliyatini 1981-yilda liviya arab respublikasida arab tili tarjimonligidan boshlagan. 1983-1987-yillarda o’zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida kichik ilmiy hodim, 1987-1990-yillarda harbiy hizmatni Yaman Respublikasida harbiy tarjimon vazifasida o’tagan. Bahrom Abdirahimovich Abdihalimov 1990-2002-yillarda O’zbekiston fanlar akademiyasi sharshunoslik institutida ilmiy hodim, 2002-2003-yillarda direktor o’rinbosari, 2003-2004-yillarda Toshkent shahridagi Xalqaro Vesminestr universitetining prorektori, 2004-2006-yillarda fanlar akademiyasi sharqshunoslik instuti direktori, 2006-2008-yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo masalalari va din ishlari bo’yicha davlat maslahatchisi, 2020-yildan Adolat Sotsial Demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.U 2020-yilda ‘‘Mehnat shuhrati,, ordeni bilan taqdirlangan. Oilali ikki o’g’il bir qiz uch nafar nabirasi bor.

O’zbekiston “Liberal-Demokratik” partiyasidan


Shavkat Miromonovich Mirziyoev
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.
Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.
Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslahdoshi sifatida samarali faoliyat olib kelgan.
2016-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
19-oktabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo'lib o'tgan Prezident saylovi yakunlari bo'yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o'z vazifasini bajarishga kirishdi.
Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, olti nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi.

O’zbekiston “Ekologik” partiyasidan


Narzullo Naimovich Oblamurodov
Narzullo Oblamurodov 1975-yil 22-yanvarda Samarqand viloyati Urgut tumanida o’qituvchi oilasida dunyoga kelgan.Millati o’zbek malumoti oliy. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2000-yilda Bermengev universitetini tamomlagan iqtisosligi iqtisodchi, iqtisodiyot fanlari nomzodi Datsent. U o’z faoliyatini 1996-yilda boshlagan. 2001-2008-yillarda Markaziy bank huzuridagi ilmiy tadqiqot markazida Banklar asotsatsiyasi hamda Respublika fond birjasida masul lavozimida ishalagan. 2019-yilda “sodiq hizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. Oilali ikki o’g’il va bir qizi bor.Rafiqasi F.U.Rahmatova Toshkent tibbiyot akademiyasi doktoranti.
Ekologik partiya yetakchisi saylovda g‘alaba qozonsa, eng avvalo “Yashil taraqqiyot – farovonlik asosi!” shiori ostida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish g‘oyasini ilgari suradi.
“Dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bo‘lmas ekologik falokatlar va atrof-muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlani taqozo etadi.
O‘zbekiston 2019 yilda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasini qabul qildi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatda uglerod sarfini keskin kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yetarli emas”, – dedi Oblomurodov.

Download 33,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish