Saylov jarayoni va saylov organlari



Download 76 Kb.
bet7/10
Sana15.01.2017
Hajmi76 Kb.
#447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ovoz berish. Ovoz berish saylov jarayonining eng muhim bosqichi bo`lib aynan shu bosqichda halqning xoxish irodasi amalga oshadi. Odatda ovoz berish tadbiri saylov qonunchiligida batafsil bayon etiladi.

Ovoz berishga saylovchilar ro`yxatida turuvchi fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar bilan (qator mamlakatlarda saylov kartochkasi yoki ovoz berish huquqini beruvchi guvohnomalar) yo`l qo`yiladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki bir qator mamlakatlarda an'anaviy saylov bulletenlari orqali ovoz berish bilan birga maxsus mashinalar vositasida ham ovoz berish amaliyoti mavjud. Maxsus mashinalar orqali ovoz berish saylovchilarni xoxish irodasini qanday kechayotganligini kuzatish bilan birga saylov natijalarini tezlik bilan aniqlash imkonini beradi, bu esa saylov qonunchiligini buzilishini oldini oladi deb hisoblanadi. Lekin mashinalar ham odamlarga bo`ysunadi shuning uchun mutlaq qonuniy ovoz berish jarayonini kafolatlamaydi.

Saylov kunida o`zi ro`yhatdan o`tgan doimiy yashash joyida bo`lmagan saylovchilarni ovoz berishda qatnashishini hal qilish masalasi ham jahonning turli mamlakatlari qonunchiligida turlicha hal qilingan. Ba'zi davlatlarda bu masala (maslan Rossiya, Avstriya) shaxs agar saylov kunida o`zi yashash joyida bo`lmasligi mumkinligini tasiqlovchi xujjatni (masalan, xorijiy davlatga bilet) taqdim qilsa saylovga qadar ovoz berishi mumkin bo`ladi. Xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi fuqarolar ham saylovdan oldin o`z davlati elchixonasida ovoz berishi mumkin. Ko`pchilik davlatlarda shunday xolatni hisobga olib pochta orqali ovoz berish amaliyoti ham mavjud. Masalan, Germaniyada pochta orqali ovoz berishda saylovchi o`z vaqtida saylov okrugi rahbariga (ya'ni okrug saylov organining raisiga) pochta orqali ovoz berish huquqini beruvchi guvohnomasi va alohida muxrlangan konvertda saylov bulletenini to`ldirilgan holatda jo`natishi lozim. Agar pochta saylov kunida soat 18.00 ga qadar yetib kelsa ovoz berilgan hisoblanadi. Saylovchi o`z guvohnomasini saylov bulletenini o`z qo`li bilan to`ldirganligi haqida qasamyod bilan imzolashi lozim.

Saylov kunida o`z doimiy yashash joyida bo`lmaydigan saylovchilarni ovoz berishining yana bir usuli – ishonchli vakil orqali ovoz berishdir. Fransuz Saylov kodeksi ishonchnoma orqali ovoz berishi mumkin bo`lgan shaxslar doirasini batafsil belgilagan, unga ko`ra xorijda bo`lgan, xizmat safarida bo`lgan, saylovda bevosita qatnashishga sog`lig`i yo`l qo`ymaydigan va boshqa fuqarolar ishonchnoma orqali ovoz berishlari mumkin. Umumiy saylovlardagi ovoz berish odatda bir kunda o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikasida saylovlarda ovoz berish jarayoni saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a'zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo`lganda ochiladi hamda saylov kuni soat 6:00 dan 20:00 gacha o`tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to`g`risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni kechi bilan saylovga o`n kun qolganida xabardor qiladi3[75].

Saylov komissiyasining raisi komissiya a'zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov bulletenlari va saylovchilarning ro`yhatlarini komissiya a'zolari o`rtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e'lon qiladi. Saylovchi ovoz berish binosiga kelgach, uchastka saylov komissiyasining a'zosiga o`z shaxsini tasdiqlovchi xujjatni ko`rsatadi hamda saylovchilar ro`yhatiga imzo qo`yadi. Shundan keyin unga saylov bulleteni beriladi. Saylov bulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida to`ldiriladi. Saylovda saylovchi o`zi qarshi ovoz berayotgan deputatlikka nomzodlarning saylov bulletenidagi familiyasini o`chiradi va to`ldirilgan saylov bulletenini saylov qutisiga tashlaydi. Harbiy qismlarda, sanatoriylar dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo`lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti ro`yhatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo`lgan bo`lsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e'lon qilishi mumkin.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish