SAYLOV HUQUQİ ERKİNLİGİ – FUQAROLİK JAMİYaTİNİNG ShARTİ
Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi.
Xalqaro saylov standartlari va O’zbekiston qonunchiligi.
O’zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi.
Erkin saylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli
Tayanch so’zlar: erkin saylovlar, saylov h’uquqi, saylov printsiplari,teng saylov h’uquqi, to’g’ridan-to’g’ri saylash h’uquqi; yashirin ovoz berish h’uquqi, saylov oldi tashviqoti, saylov komissiyalari, ovoz berish
1. Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muh’im mezonlaridan biridir. «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan h’uquqiy meyorlarning nechog’liq demokratik ruh’da ekanini namoyon etadigan, demokratik h’uquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o’z xoh’ish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo’lib, o’ta muh’im va h’al qiluvchi ah’amiyatga ega masaladir»1. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili h’okimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning h’uquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro’yobga chiqadi.
Saylov xalq h’okimiyatchiligining timsoli bo’lib, eng avvalo o’zida jamiyat azolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan isloh’otlarda saylovlarning o’rni beqiyosdir. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lining h’ozirgi bosqichida davlat h’okimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy h’ayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir2.
Erkin saylovlarni o’tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy h’uquqiy tamoyillarga og’ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz İ.A.Karimovning etiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darh’aqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo’ladi.
Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mah’suli bo’lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo’lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat h’okimiyati va o’z-o’zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo’ldi. Turli mamlakatlardagi h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o’tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi ah’olining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko’ra belgilanadi3. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining taminlanishidemokratik saylov tamoyillari-ning qay darajada ro’yobga chiqi-shiga h’am bevosita bog’liqdir.
Erkin saylov h’uquqining amalga oshirilishi, erkin h’amda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi h’okimiyat va h’ar qanday h’ukumat qonuniyligining asosi ekanligi va h’ar bir shaxsning o’z davlatini boshqarishda bevosita yoki o’z vakillari orqali qatnashish h’uquqi ko’pgina xalqaro h’ujjatlarda aloh’ida takidlangan. Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o’zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish h’uquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga bah’o berish mumkin.
O’zbekiston xalqi demokratik taraqqiyoti h’uquqiy davlat qurish orqali fuqarolik jamiyatini barpo qlishni ko’zlaydi. Bu xususda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday degan edi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning h’uquq va erkinliklarini to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning h’uquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. Yani erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi”4. Buning uchun, eng avvalo, kishilarning siyosiy faolligini yuksak darajaga ko’tarishga aloh’ida etibor qaratish talab etiladi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jih’atdan etukligi uning davlat h’ayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi shubh’asiz.
Demokratiyaning ushbu eng muh’im tamoyilini h’ayotga tatbiq etish, fuqarolarning saylov h’uquqini, o’z xoh’ish-irodasini erkin ifodalash, o’z qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarish va h’imoya qilish h’uquqini taminlash uchun h’aqiqiy shart-sharoit, h’uquqiy asos yaratib berilishi lozim. O’zbekistonda bularning barchasi yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “Fuqarolar saylov h’uquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shah’ar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarida saylovlarga doir umumetirof etilgan demokratik xalqaro tamoyil va qoidalar mustah’kamlab qo’yilgan.
Umumxalq saylovlari orqali davlat h’okimiyat vakillik organlarini shakllantirish demokratik h’uquqiy davlatning eng muh’im belgisidir. Demokratik davlatlarda saylovlar muh’im ah’amiyatga ega ekanligi shundaki, ular mamlakat parlamenti qanday siyosiy kuchlardan tashkil topishini aniqlab beradi. Saylovlar mamlakat ah’olisining kayfiyati va kimni afzal bilishini namoyon etuvchi ko’rsatkich sifatida h’am katta ah’amiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti İslom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi maruzasida takidlaganidek, «ilk bor ikki palatali parlamentga bo’lib o’tgan saylovlar O’zbekistonning yangi tarixida aloh’ida, g’oyat muh’im o’rin egalladi»5. Zero, demokratiyaning eng tasirchan mexanizmi h’am saylovlardir. Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Aslida h’am, saylov – demokratiya degani, demokratiya – bu saylov, demakdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig’ilishida davlatimiz rah’bari uqtirganidek, deputat degan yuksak ishonchga sazovor h’ar qaysi inson avvalo o’zi uchun ovoz bergan odamlar h’aqida o’ylashi h’am demokratiyaning yana bir belgi-alomati h’isoblanadi6.
Prezidentimiz etirof etganidek, «Fuqarolarimiz saylovlarga mamlakatimiz h’ayotidagi eng muh’im, jamiyatimizning barcha jabh’alarida amalga oshirilayotgan isloh’otlarning mazmun-moh’iyatiga, demakki, h’ar bir saylovchi taqdiriga tasir ko’rsatadigan siyosiy voqea sifatida yondashdilar7.
O’zbekiston Respublikasida demokratik h’uquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga qaratilgan izchil isloh’otlar o’tkazib kelinmoqda. Bu isloh’otlar davlat va jamiyat h’ayotining barcha jabh’alarini qamrab olgan. Xususan, davlat qurilishi va boshqaruvi, xalq h’okimiyatchiligini taminlash, davlat h’okimiyati organlari faoliyatida demokratik printsiplarni mustah’kamlash soh’asida muayyan yutuqlarni qo’lga kiritdik. Biroq, h’ali oldimizda konstitutsiyaviy tuzumni yanada mustah’kamlash, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taminlash, demokratiya va ijtimoiy adolatni o’rnatish kabi, shuningdek mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan siyosiy institutlarni yanada rivojlantirish orqali insonparvar demokratik h’uquqiy davlat barpo etishdek ulkan vazifalar turibdi.
Prezidentimiz İ. A. Karimov bu borada qilingan ishlarni sarh’isob qilib, “mamlakatimizni 1991-2000 yillar davomida isloh’ qilish va yangilash borasida qo’lga kiritilgan natijalar milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustah’kam zamin bo’ldi. Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski mamuriy-buyruqbozlik tizimiga barh’am berilib, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta h’uquqiy asoslari yaratildi, davlat h’okimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud h’okimiyati tarmoqlari tashkil etilgani, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo’lga qo’yilib, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o’tkazish jarayoni amalga oshirilgani”ni aloh’ida takidladi8.
Zotan, o’zining tashkil etilishi, tuzilishi jih’atidan va faoliyatida xalqning irodasiga tayangan, barcha umumetirof etilgan inson va fuqarolarning h’uquq va erkinliklariga taminlashga intilgan davlat deganda tom manodagi demokratik davlat tushiniladi. Bunda, demokratik davlat fuqarolarning erkinligi va h’urfikrliligiga asoslangan fuqarolik jamiyati demokratiyasining muh’im ajralmas qismidir. Mazkur davlatning legitimliligi asosini esa xalq suvereniteti tashkil etadi. O’z navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo’lishining asosini saylovlar orqali tashkil etilgan davlat h’okimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatning demokratik davlat, deb elon qilishning o’zi kifoya emas, muh’imi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli h’uquqiy institutlar, h’uquqiy kafolatlar bilan taminlashdan iboratdir. Bunday, konstitutsiyaviy-h’uquqiy institutlarning negizini saylov h’uquqi instituti tashkil etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga erishishda saylovlar bir vaqtning o’zida ikkita yirik vazifani echishga xizmat qiladi: Birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo’lib, fuqarolarni uyushgan h’olda o’zlari yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Haqiqatdan h’am “xalq h’okimiyatining bevosita oliy ifodasini erkin saylovlar tashkil etadi”9. Bunda fuqarolar h’ar qanday jarayonning ishtirokchisi bo’lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib o’ziga siyosiy tajriba orttiradilar. Ular, avvalambor, o’zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-h’uquqiy madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-h’uquqiy jih’atlarini takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, h’amjih’atlik bilan, o’z h’arakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va ko’nikmalarini orttirib boradilar.
Demokratik davlatning muh’im belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutloq h’uquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq h’okimiyatini amalga oshirishidir. Bundan kelib chiqadiki, tom manodagi vakillik demokratiyasining amalga oshirilishi saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan uzviy bog’liq tushunchalardir.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti İ.A.Karimov shunday takidlaydi: “Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani”10. Mazkur g’oyalarning mazmun-moh’iyati negizida saylovlarning davlat h’okimiyati organlarini shakllantirishga aloqadorlik darajasi yotadi. Davlat h’okimiyati organlari ikkita uslubda shakllantiriladi: saylovlar yo’li bilan va tayinlash yo’li bilan. O’zbekistonda ijro h’okimiyati va sud organlarining oliy mansablariga tayinlashlar saylanadigan organlar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.
Shunday qilib, saylovlar davlat h’okimiyati organlarining butun tuzilmasiga oliy boshlang’ich legitimlikni beradi”11. O’zbekistonda bevosita saylovlar yo’li bilan Oliy Majlisning bitta palatasi – Qonunchilik palatasi va davlat boshlig’i – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylanadilar. Saylanish yo’li bilan mah’alliy davlat h’okimiyati vakillik organlari h’am shakllantiriladi. Shu tariqa saylanadigan davlat h’okimiyati vakillik organlari vakolatiga davlat va jamiyat h’ayotidagi eng muh’im masalalarni h’al etish kiritilgan. Bu barcha darajadagi saylovlarning o’ta muh’im ah’amiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to’g’ridan-to’g’ri namoyon etilishining qonunlashtirilgan shaklidir. Saylovlar orqali fuqarolar davlat h’okimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat boshqaruvidagi o’zining konstitutsiyaviy h’uquqini amalga oshiradilar.
Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki, fuqarolik jamiyati, fuqarolarning fikrlari va manfaatlarining xilma-xilligiga asoslangan h’olda, tashkil etiladi, davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan bo’lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini taminlashga, o’tkir ijtimoiy qarama-qarshiliklardan qochib-qutilishga imkoniyat bo’lmaydi, Demokratik saylovlar – h’okimiyat masalasining kuch bilan h’al etilishini tamoman inkor etadi. Bu borada Prezidentimiz İ.A.Karimov, “Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq tabiri bilan aytganda, murosai-madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”12 deb takidlaydilar.
Saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o’z tomonidan unga tasir ko’rsatadi. Ularning tashkil etilishi va ovoz berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy partiyalar bilan yaqindan bog’liqdir. Respublikamiz Prezidenti takidlaganidek: “Aynan saylov paytida partiyalar o’zining asosiy va ustuvor fikr-qarashlarini, h’ayotni qanday yaxshilash, isloh’otlarni qanday amalga oshirish, O’zbekiston deb atalmish mustaqil davlatning ertangi h’ayotini qanday barpo etish borasidagi g’oyalarini ilgari suradi”13. Saylovlar fuqarolarga h’okimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini h’aqiqiy mazmun-moh’iyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko’pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik h’okimiyat yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |