Kirish Ishning dolzarbligi. Elektrokimyo – kimyoning elektr energiyani kimyoviy energiyaga, kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylanishini о‘rganuvchi sohasi. U kimyoviy jarayonda elektr toki hosil bо‘lishi yoki elektr toki ta’sirida yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni о‘rganadi. Kimyoviy energiyani elektr energiyaga о‘tishiga galvanik element ishini misol qilsak, elektr toki ta’sirida kimyoviy jarayon yuz berishiga elektrolizni misol qilamiz. Elektrokimyo qonuniyatlari zaryadlangan zarrachalarning kimyoviy xossalariga asoslanadi. О‘tkazgichdagi elektr toki – bu elektr maydoni ta’siridagi erkin zaryadlarning tartibli harakatidir. Bu zaryadlarning turiga kо‘ra, о‘tkazuvchanlik elektronli va ionli bо‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan о‘tkazgichilar birinchi va ikkinchi turga bо‘linadi. Elektr tokini eng yaxshi о‘tkazuvchilar – bu metallardir. Ularda elektr toki faqat “erkin” elektronlar hisobiga о‘tadi. Ular birinchi tur о‘tkazgichlar qatoriga kiradi. Bulardan tashqari, birinchi tur о‘tkazgichlar qatoriga metall qotishmalari, kо‘mir, grafit va boshqalar kiradi. Bu turdagi о‘tkazgichlar elektr toki ta’sirida qizib, ularda kimyoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lmaydi. Moddadan elektr toki о‘tishi natijasida kimyoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lsa, bunday о‘tkazgichlar ikkinchi tur о‘tkazgichlar deyiladi. Ular qatoriga elektrolitlar – tuzlar, kislotalar, asoslar kabi moddalarning eritmalari kiradi. Elektrolitlardan elektr toki zaryadlangan ionlar hisobiga о‘tadi.
Elektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazadigan jismlarni oʻtkazgichlar deyiladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar va ionlar boʻladi (ana shularning tartibli yoʻnalgan harakatlari elektr toki hisoblanadi). Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniklanadi. Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning zonalarda energetik sathlar boʻyicha joylashishi bir xil, lekin taqiqlangan zonaning kengliligi dielektriklarda kattaroq. Yarimoʻtkazgichlarda elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga taqiqlangan zona orqali boʻsh zonaga oʻta oladi. Tra ortishi bilan bunday oʻtishlar ehtimoli ortadi. Oʻtgan elektronlar metallarda oʻtkazuvchanlik elektronlari turgan sharoitga oʻxshash boʻlgan sharoitda boʻladi va oʻtkazuvchanlikda ishtirok etadi. Dielektriklarda bunday natijaga ancha yuqori trada erishish mumkin. Shunday qilib, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda temperatura koʻtarilgan sari elektr oʻtkazuvchanlik ortib boradi.
Ishning maqsadi. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligidan foydalanib, ularning elektr o’tkazish qobiliyatini aniqlash va uni amaliyotda qo’llay olish shu bilan birga eritmalarning solishtirma elektr o’tkazuvchanligini ham laboratoriya sharoitida aniqlash. Solishtirma va ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik va ularni suyultirish bilan bog’liqligi, cheksiz suyultirgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik. Suvsiz eritmalardagi elektr o’tkazuvchanlik. Ionlarning harakatchanligi va ularning absolyut harakat tezligi. Kolraush ionlarning bir-biriga bog’liq bo’lmay harakatlanishga bog’liq bo’lish to’g’risidagi qonuni. Ionlarning gidratatsiyasi. Kuchsiz elektrolitlarning ionlanish darajasi va konstantasini, kuchli elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanlik koeffitsientini, suvning ion ko’paytmasini, yomon eriydigan elektrolitlarning eruvchanligini konduktometrik usulda aniqlash. Konduktometrik titrlashni farmatsiyadagi ahamiyati bilan tanishtirishdan iborat.