III.2.Kuchsiz elektrolitning dissotsialanish darajasini elektr o’tkazuvchanlik orqali aniqlash. Ostvaldning suyultirish qonuniga muvofiq kuchsiz elektrolitning ionlanish darajasi ortadi. CHeksiz suyultirilsa, uning (ionlanish darajasining) qiymati birga tenglashadi. SHunday ekan suyultirish bilan kuchsiz elektrolitlarning ekvivalent (molyar) elektr o’tkazuvchanligi maksimal qiymatgacha ortadi. (). Binobarin, ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik () elektrolitning eritmadagi dissotsialanish darajasiga to’g’ri proportsionaldir: ; - proportsionallik koeffitsienti bo’lib, elektrolit tabiatiga bog’liq. Cheksiz suyultirilganda elektrolit butkul dissotsialanadi, to’liq ionlarga parchalanadi; bu vaqtda bo’ladi. Demak, ( bo’lgani uchun). bo’lsa, yuqoridagi tenglamadagi o’rniga ni qo’ysak: , bundan kelib chiqadi.
Bu tenglama faqat kuchsiz elektrolitlarga ta’lluqli. Uni kuchli elektrolitlarga qo’llab bo’lmaydi. Demak, kuchsiz elektrolitlar eritmasining dissotsialanish darajasini topish uchun : ni tajriba orqali dan keltirib chiqariladi. esa Kolraush qonuni orqali hisoblanadi.
III.3.Ionlanish konstantasini elektr o’tkazuvchanlik yordamida aniqlash. Ostvaldning suyultirish qonuniga muvofiq kuchsiz elektrolitlarning ionlanish konstantasi ushbu tenglama bilan ifodalanadi:
Bu erda “C” elektrolit kontsentratsiyasi; ekanligini hisobga olsak va yuqoridagi tenglamaga qo’ysak: tenglama kelib chiqadi. Demak, kuchsiz elektrolitning ionlanish konstantasini topish uchun, dastlab solishtirma elektr o’tkazuvchanlik topiladi; tenglamasi orqali topiladi; orqali topiladi; So’ngra ionlanish konstantasi hisoblab chiqiladi.
Xulosa I.Elektrolit eritmaning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash bu tajriba Kolraush ko’prigi yordamida aniqlanadi. Tajribada tok manbaini o’zgarmas qarshilikka, masalan, 50-100msm li AB simga uladik manganindan (Cu, Mn va Ni dan iborat qotishma), konstantadan (40-45% Ni, 1-2% Mn va 53-59% Cu dan iborat qotishma) yoki havoga chidamli, yetarli qarshilikka ega bo’lgan va qarshilikning harorat koeffisienti kichik bo’lgan boshqa bir qotishmadan tayyorlanadi. Kirgxof qonuniga binoan, A nuqtada tok tarmoqlanadi va ACB va ADB yo’nalishlarda boradi. C kontaktning shunday bir holatini topamizki, bunda ko’prikning CD diagonalidan tok o’tmaydi. Bu holda C va D nuqtalardagi potensiallar teng bo’ladi va o’z navbatida buning uchun AC vaAD, CB va DB qismlardagi kuchlanishlarning kamayishi teng bo’lishi shart ekanligini bilamiz.
ADB qismdagi tok kuchini I1 bilan, ACB qismdagi tok kuchini I2 bilan va zanjirning bu qismlaridagi kuchlanishning kamayishini tok kuchi bilan qarshilikning ko’paytmalari bilan belgilab oldik. O’lchash simining ko’ndalang yuzasi butun uzunligi bo’yicha bir bo’lgani sababli, simning har bir joyidagi qarshiligi uning uzunligiga proparsional ekanligiga amin bo’lamiz.
Tajriba jarayonida elektr o’tkazuvchanligini o’lchash uchun mustahkam qilib o’rnatilgan platina elektrodli idishlardan yoki faqat ish paytida tushiriladigan elektrodlardan foydalanilamiz. Aniq va qayta o’lchanganda bir xil natijalar olishimiz uchun elektrodlar platinalanadi (elektrolitik usulda ularning sirtiga platina yurgiziladi). Elektrodlarning sirtini va ular orasidagi masofani o’lchanayotgan qarshilikning qiymatiga qarab tanlaymiz. Qarshilik qancha katta bo’lsa(solishtirma elektr o’tkazuvchanlik kichik), elektrodning sirt yuzasi shunchalik katta va ular orasidagi masofa shunchalik kichik bo’lishi kerak. Elektr tokini faqat 1 sm2 yuzaga ega bo’lgan va 1 sm masofadagi ikki elektrodlar orasidagi ionlar o’tkazadiganligini bilamiz va o’lchangan elektr o’tkazuvchanlik solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bo’ladi. Lekin aslida elektrod tokini o’tkazishda qatnashadi. Idish doimiysini topish uchun solishtirma elektr o’tkazuvchanligi aniq bo’lgan standart elektrolit eritmalarning bir necha konsentratsiyadagi qarshiliklarini o’lchab oldik. Idishning doimiysi eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashdan oldin aniqlab olamiz. Idish doimiysini topish va elektr o’tkazuvchanliknino’lchash uchun eritmalarni ketma-ket suyultirish usuli tayyorlab oldik. Eritmalarni o’lchash uchun eng konsentrlangan, ya’ni 0,1 M eritma tayyorlab olamiz va uni suyultirib keyingi konsentratsiyalarni keltirib chiqaramiz. Bu usul bilan tayyorlangan eritmalar konsetratsiyalaridagi xatolik kamroq bo’ladi. O’lchashlar uchun mo’ljallangan idishni distillangan suvda, keyin 2-3 marta o’rganilayatgan eritma bilan chayib yuboramiz. Shundan keyin unga eritmani solamiz bunda idishning hajmi 3-5mm ga elektroddan yuqorida qoladi va eritma solingan idishni o’lchash sxemasiga ulaymiz va harakatchan kontaktni reoxordning o’rtasiga qo’yib, magazin qarshiligi RM yordamida CD diagonal bo’ylab tok kuchining eng kam qiymatiga erishamiz.
Agar eritma konsentratsiyasi juda kichik bo’lsa, harakatchan kontaktni siljitganimizda eng kichi tok kuchi lineyka ko’rsatishining biror-bir oralig’ida kuzatiladi. Bu holda shu oraliqning chegaralari topiladi va hisob uchun uning o’rtacha qiymatini olamiz. Eritmaning konsentratiyasi juda kichik bo’lganda suvning elektr o’tkazuvchanligi elektrolitniki bilan solishtirarli bo’lib qoladi.