Saxobiddinov asliddinning



Download 16,84 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi16,84 Kb.
#665916

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI
GEALOGIYA FAKULTETI 1-KURS RUS (KECHKI) GURUH TALABASI
SAXOBIDDINOV ASLIDDINNING
O’ZBEK TILI FANIDAN ATROBOTKASI

O’zbekiston-2022


(07.04.22) Mavzu: Davrimizning global muammolari. Tabiat, inson salomatligi.

Reja:


  1. Global muammolar.

  2. Ekoligik muammolar.

  3. Inson va tabiat.


1.Global muammolarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammo — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n Global muammo — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammo — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammo — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammoga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda Global muammoning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
2. Bundan roppa-rosa 10 yildan soʻng dunyo manzarasi qanday boʻlishi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay tarzda oʻzgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi anʼanalarimiz qay darajada oʻzgarishi mumkin deb hisoblaysiz? Shunisi maʼlumki, yer sharining ekologik vaziyati oʻtgan asrga nisbatan misli koʻrilmagan darajada oʻzgarishga ulgirishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga qargʻishiga sabab boʻluvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik muammolar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlish, tadqiqotlar olib borish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga undab kelayotgan boʻlsa hamki, koʻpchilik mamlakatlar va millatlar bu muammolarning koʻlami shabadasini seza olishmayapti yoxud ular oʻzlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. Ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib boʻlgan muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay darajada ahamiyat berib kelinmoqda? Bu mavzuda shunchaki reja va konsepsiyalar ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab kelinmoqdami? Afsuski, shunday!
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi?
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi.
3. Bir tom ondan qaraganda juda oson javob topish m um kin. Biz mahsulotlarni.iste’mol qilishimiz tezligi sayyoramizni shu mahsulotlarni vetkazib berish qobiliyatidan ancha balandroq. Shu bilan birgalikda dunyo aholisi ko'p miqdorda axlat tashlanishiga sababchi bo'lib kelmoqda. Bizning sayyoramizga axlatning bunaqa hajmini uddalash o'ta murakkab. Ammo bu vaziyat butun dunyoda bir xil emas. Dunyoning bir xil davlatlarida aholi juda ko'p mahsulotlar iste’mol qiladi va bir xil joylarda juda kam, lekin umuman olganda bizning turli mahsulotlarga talablarimiz va bizning sifatliroq hayot tarziga intilishimiz juda ko'p mahsulotlar iste'mol qilinishiga olib keladi. Iste’mol qilishning ko'rsatkichlaridan biri ekologik izlar deb ataladi. Ekologik iz ko'rsatkichi bir odamga kerak bo'lgan hamrna mahsulotlarni ta’minlash uchun qancha yer kerakligining o'rtacha ko'rsatkichidir. Mahsulotlar ichiga oziq-ovqat, energiya, transport, inson yaratgan ifloslanishni у tit ib olish uchun kerak bo'lgan yer, sotib olinadigan mahsulotlarni ta'minlash uchun kerak bo'lgan yer. masalan, kiyim-kechaklar kiradi. Nimaga biz juda ko'p iste'mol qilib, juda ko'p axlat chiqaramiz? Buning sabablaridan biri biz mahsulotlarimiz manbayi bo'lmish Ona-tabiatning boyliklarini deyarli bepul va tuganmas deb o'rganib qolganmiz. Albatta, axlatni ham bepul tabiatga tashlash mumkin deb bilamiz. Biz Ona-tabiatga 4 o'z munosabatlarimizni o'zgartirishimiz kerak. Tabiat bir tagi yo‘q kosa emas va Tabiatga xohlagancha axlat tashlab bo'lmaydi. Biz Tabiatga pul qiymati berishimiz kerak. Dunyoda bir xil odamlar iqtisodiy va inson kapitallari bilan bir toifada Tabiatni tabiiy kapital deya atamoqdalar. Ikkinchi sabab birinchi sabab bilan bog'liq. Bizlar kamroq iste’mol qilisliga intilmaymiz. Biz dunyo miqyosida axlat chiqaradigan jamiyatmiz. Masalan, yo'llarda haydaladigan mashinalarimiz yaxshi o'ylanib qilinmagan. Yong'in energiyasining 10% mashinani batafsil yurgizadi, qolgani esa yo'lning va motorning ishqalanish kuchini yengishga sarflanadi. Aslida bu ishqalanish kuchining ko'pini osongina yengish mumkin. Xuddi shu gap boshqa texnologiyalarga ham to'g'ri keladi. Bizda ishlab chiqarish jarayoni ham yaxshi tashkil qilinmagan. Atrof-muhit ta’limi o'quvchilarga tabiiy kapital, o'ta ko'p iste'mol qilish va axlat chiqarish tushunchalarini anglab yetishda ko'makdosh bo'lishi lozim
Download 16,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish