Savollarga qisqa va aniq javoblar bering:
1. Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering.
2.Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi?
3.Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering.
4. Valyuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi?
5. Foiz stavkasi va valyuta kursi o`rtasida qanday bog’lig’lik bor?
6. Nominal va real valyuta kurslariga izoh bering.
7. Xarid qobilyati pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat?
8. Real valyuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta`sirida qay tarzda o`zgartiriladi va uning milliy iqtisodiyotga ta`siri qanday?
9.Protektsionizm siyosatining valyuta kursiga ta`sirini qanday baholaysiz?
10.Valyuta kursi o`zgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta`siri mexanizmini tushuntirib bering.
1-javob Har bir mustaqil davlat o'z milliy pul tizimiga ega bo'lgani singari, o'zining valyuta tizimiga ham ega. Valyuta tizimi tashkiliy jihatdan valyuta munosabatlari, valyuta fondlari hamda ushbu munosabatlarni amalga oshishi, valyuta fondlarining shakllanishi, taqsimoti va qayta taqsimoti bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi davlat organlari yig’indisidan iboratdir.
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
2-javob Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Valyuta qonunchiligi - bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o'rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valyutalar va boshqa valyuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig’indisidir.
3-javob Konvertatsiya - bu, milliy valyutani xorijiy valyutalarga almashinishidir. Konvertatsiya shartlariga ko'ra milliy valyutalar:
-erkin konvertatsiya qilinadigan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda valyuta cheklanishlari yo'q bo'lib, milliy valyutalar xorijiy valyutalarga erkin konvertatsiya qilinadi. Xalqaro Valyuta Fondining yangi tahrirdagi Ustaviga (1978 y.) "erkin foydalaniladigan valyuta" tushunchasi kiritilgan. Xalqaro Valyuta Fondi ushbu toifaga AQSh dollari, Germaniya markasi, Yapon ienasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi va Fransiya frankini kiritdi. Haqiqatda olganda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar deb to'lov balansining joriy operatsiyalari bo'yicha valyuta cheklanishlari mavjud bo'lmagan davlatlar valyutalari hisoblanadi (bular asosan rivojlangan davlatlar va jahon moliyaviy markazlari shakllangan yoki Xalqaro Valyuta Fondi oldida valyuta cheklanishlarini kiritmaslik majburiyatini o'z zimmasiga olgan ayrim rivojlanib borayotgan davlatlar);
-qisman konvertatsiya qilinadigan valyutalar, valyuta cheklanishlari saqlanib qolgan mamlakatlarda mavjud bo'lib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga konvertatsiyasi davlat iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda birmuncha cheklanadi.
-xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilinmaydigan (yopiq) valyutalarga bo'linadi. Ba'zi davlatlarda siyosiy sabablarga ko'ra milliy valyutalar xorijiy valyutalarga umuman konvertatsiya qilinmaydi (SSRI, Shimoliy Koreya, Kuba davlatlari), ya'ni rezident va norezident shaxslar uchun valyuta almashtirishga ruxsat yo'q.
4-javob Valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar juda ko’p, ularning ichida eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.
Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur'ati. Valyutalarni sotib olish qobiliyati bo’yicha bir biriga nisbatan o’lchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o’rtasidagi muvofiqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSh dollarining kursi Doych markaga nisbatan 2%ga o’sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa omillarning ta'siridadir.
Mamlakat to’lov balansining ahvoli valyutaga bo’lgan talab va taklifga, valyuta kursining darajasiga bevosita ta'sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og’ib ketishiga olib keladi. Mamlakatning aktiv to’lov balansi milliy valyuta kursining o’sishiga olib keladi, chunki xorijiy qarzdorlar tomonidan unga bo’lgan talab oshib boradi. Aksincha, passiv to’lov balansi esa milliy valyuta kursining pasayishiga olib keladi.
Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. Mamlakatdagi hisob yuritishning o’rtacha foiz stavkasini ko’tarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag’batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi.
Kapitallar ayniqsa "qaynoq" (chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar to’lov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi.
Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta'sir etadi. Operatsiyalarni amalga oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar.
Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta kursiga kon'yunktur ta'siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar.
5-javob Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. Mamlakatdagi hisob yuritishning o’rtacha foiz stavkasini ko’tarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag’batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi.
Xalqaro valyuta likvidligi 4 asosiy qism (komponent)dan iborat:
-mamlakatning rasmiy oltin zahiralari;
-mamlakatning rasmiy valyuta zahiralari;
-Xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar;
-Xalqaro Valyuta Fondidagi zahira pozitsiyasi (a'zo mamlakatning o'z kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valyutada, so'zsiz kredit olish huquqi).
6-javob Nominal ayirboshlash kursi va real ayirboshlash kursi bitta valyutani boshqasiga sotib olish mumkin bo'lgan kursni ko'rsatadi. Nominal ayirboshlash kurslari - bu banklarda va pul almashtirgichlarda ko'rsatiladigan kurslar. Haqiqiy ayirboshlash kurslari biroz murakkabroq va mahalliy tovarlarni chet elda necha marta sotib olish mumkinligini ko'rsatadi. Maqolada valyuta kurslarining har ikkala turi bo'yicha batafsil tushuntirish berilgan va ular o'rtasidagi turli o'xshashlik va farqlar ko'rsatilgan.
Nominal almashuv kursi
Nominal ayirboshlash kurslari - bu valyutani almashtirish kurslari. Nominal ayirboshlash kurslari - bu banklarda va pul almashtirgichlarda aniqlangan kurslar va siz chet el valyutasini milliy valyutaga yoki aksincha almashtirishingiz mumkin bo'lgan kurs. Masalan, Hindiston va AQSh o'rtasidagi ayirboshlash kursini $ 1 = INR60 deb olsak, bu hind valyutasini sotib olishni istagan shtatlardan sayyoh 1 AQSh dollari uchun 60 hind rupiyasini olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Valyuta kurslari har doim boshqa valyutaning birligi uchun sotib olinishi mumkin bo'lgan valyuta miqdorida aks ettiriladi.
Haqiqiy ayirboshlash kursi
Haqiqiy ayirboshlash kurslari biroz farq qiladi. Haqiqiy ayirboshlash kurslari mahalliy narxlar darajasi va xorijiy mamlakatda narx darajalari o'rtasidagi nisbatni ko'rsatadi. Haqiqiy ayirboshlash kurslari bir mamlakatda sotib olingan tovarlar va xizmatlarning qanchasini boshqa mamlakat tovarlari va xizmatlariga almashtirish mumkinligini ko'rsatadi. Haqiqiy ayirboshlash kurslarini hisoblash uchun tenglama quyidagicha bo'ladi: real ayirboshlash kursi = nominal ayirboshlash kursi X ichki narx / chet el valyutasi. Buni aniq tushuntirish uchun bir misol keltiraylik. AQSh va Hindiston o'rtasidagi 1 kg guruch miqdorini bilishingiz kerak. Aytaylik, Hindistonda 1 kg guruchning narxi 80 INR, AQShda esa 1 kg guruchning narxi (ekvivalenti sifatli) 4 dollarga teng. Valyuta kursi - $ 1 = INR60. Bu haqiqiy ayirboshlash kursi = 60 × 4/80 = 3 sifatida hisoblanadi.
7-javob Xarid qobiliyati 1) mamla kat pul birligining muayyan miqdordagi tovar va xizmatlarga ayirboshlanish qobiliyati, pul birligiga sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Pulning Xarid qobiliyati, birinchi navbatda, tovarlar narxi va xizmatlar uchun belgilangan tariflarga, shuningdek, inflyatsiyagd. bogʻliq. Mas, narxlar 2 marta oshganda pulning Xarid qobiliyati 2 marta pasayadi.
Pulning Xarid qobiliyati pariteti ikki (yoki bir necha) valyuta oʻrtasida muayyan tovarlar va xizmatlar toʻplamini xarid etish quvvatlari nisbatini, boshqa mamlakatlarning pul birliklarida ifodalangan bir mamlakat pul birligining xarid quvvati nimaga teng ekanligini koʻrsatadi. Mac, bir xil tovarlar toʻplami AQShda 1000 dollar, Germaniyada 2000 yevro tursa Xarid qobiliyati pariteti 1 dollar=2 yevro yoki 1 yevro = =0,5 dollar boʻladi; 2) firma, xonadon va davlatning oʻz qoʻlida boʻlgan pul mablagʻlariga moye holda mamlakatda shakllangan tovarlar narxi va xizmatlar tariflari darajasida sotib olishga qodir boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Aholining Xarid qobiliyati daromadlar darajasiga va bu daromadda xarid uchun ajratilishi mumkin boʻlgan qism miqsoriga bogʻliq. Tovarlar narxi va xizmatlar tariflari qiymatlari ham muhim rol oʻynaydi
8-javob Boshqa omillarning aks ta'siri bo’lmagan paytda milliy valyuta kursi pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan xorijiy valyutani nisbatan arzonlashgan milliy valyutaga almashuvi hisobiga eksport mukofotini oladilar hamda tovarlarni o’rtacha jahon baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo’ladilar.
Milliy valyuta kursining pasayishi, yuqorida bayon etilgan imtiyozlardan tashqari, bir vaqtning o’zida importning qimmatlashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o’sishiga, tovar olib kirish va iste'mol qilishni qisqarishiga hamda milliy tovar ishlab chiqarishni o’sishiga olib keladi. Valyuta kursining pasayishi milliy valyutada ifodalangan real qarzdorlikni kamayishiga, xorijiy valyutada ifodalangan tashqi qarzlar og’irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy investorlar tomonidan mamlakat milliy valyutasida olinayotgan foyda, foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo’lib qoladi. Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida tovarlar sotib olish hamda ularni eksport qilish uchun ishlatiladi.
Valyuta kursi ko’tarilsa mamlakat ichkarisidagi baholarning raqobatdoshligi hamda eksportning samaradorligi pasayadi. o’z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari hamda yalpi milliy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Import esa aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda milliy kapitallarni oqib kelishi rag’batlantiriladi, xorijiy kapital qo’yilmalariga olingan foydalarni olib chiqilishi o’sadi. Qadrsizlanib borayotgan xorijiy valyutada ifodalangan mamlakat tashqi qarzining real summasi kamayadi. Valyutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya'ni uning kurs dinamikasi hamda sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Agarda pulning ichki inflyatsion qadrsizlanishi valyuta kursining qadrsizlanishidan sur'ati bo’yicha o’zib ketsa, o’zga shartlarning tengligi sharoitida milliy bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag’batlantiriladi. Agarda valyutaning tashqi qadrsizlanishi inflyatsiya hisobiga vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o’zib ketsa unda valyuta dempingi uchun sharoit etiladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o’rtacha jahon baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun sharoit tug’iladi.
9-javob Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati. Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Boj toʻlovlari. Boj toʻlovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
Import kvotalari. Import kvotalari yordamida maʼlum bir vaqt oraligʻida import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning maksimal hajmi oʻrnatiladi;
Tarifsiz toʻsiqlar. Taʼrifsiz toʻsiqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qoʻyish yoki oddiy maʼmuriy taqiqlashlar tushuniladi;
Eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo toʻsiqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari oʻzlarining maʼlum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
10-javob
Do'stlaringiz bilan baham: |