harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda:
1) insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi;
4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati
o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
2. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni
o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining
alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir -biri bilan shu darajada
uzviy bog‘liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |