1.Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu – turli shakl va turli darajadagi o’zaro muvofiqlashgan ishlab chiqarish tarkibining milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti
asosidagi chuqur va barqaror aloqalardan iborat mamlakatlarning xo’jalik-siyosiy birlashuv (qo’shiluv) jarayonidir. Mikrodarajada bu jarayon kapitalning faoliyati orqali alohida xo’jalik subektlarining (korxonalar va firmalar) qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy kelishuvlar tizimini shakllantirish orqali xorijda filiallarni tashkillashdir. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlararo iqtisodiy birlashmalarning shakllanishi asosida muvofiqlashgan siyosatni amalga oshirishdir. İqtisodiy integratsiyaning ikkinchi, birmuncha yuqoriroq shakli – bojxona ittifoqi bo’lib, erkin savdo mintaqasi bilan yagona tashqi savdo tarifi va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati amalga oshiriladi. Har ikki holatda ham davlatlararo munosabatlar qatnashuvchi mamlakatlar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadi. O’zaro foydali savdo va moliyaviy aloqalarni taminlaydi. İqtisodiy integratsiyaning murakkab shakli umumiy bozor bo’lib, uning qatnashchilari uchun yagona erkin bozor o’zaro foydali savdo, yagona tashqi tarif, kapitalning va ishchi kuchining erkin harakati hamda kelishilgan tashqi siyosat xos.
2. Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashma-
larning bir nechta asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan
iborat:
— imtiyozli savdo hududi;
— erkin savdo hududi;
— yagona bojxona ittifoqi;
— umumiy bozor;
— iqtisodiy ittifoqlar;
— to‘liq iqtisodiy integratsiya.
Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo‘lgan mamlakat-
larga savdoda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi.
lqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli dastlabki davrlarda
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar
o‘rtasida tuzilib, hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha
tovarlar importiga bojxona to‘lovlari qisqartiriladi. Bunda dun-
yoning qolgan mamlakatlari uchun birlamchi savdo tariflari
saqlab qolinadi. Iqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga mi-
sol sifatida 1932-yilda tashkil etilgan «Britaniya Hamdo‘stligi
imtiyozlari tizimi»ni kiritish mumkin.
Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlar-
ning o‘zaro kelishuviga asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqa-
rilgan mahsulotlar bilan o‘zaro savdo qilishda bojlar va boshqa
cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhi-
dan iborat. Bitimga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan savdo alo-
qalarini amalga oshirishda ESHga kiruvchi har bir davlat o‘zining
mustaqil savdo siyosatini yuritadi.
3.Amerika Qo’shma shtatlari ,Yevropaning shimoliy hamda g’arbiy mamlakatlari.
4. G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanish jarayonini