Teleskopning asosiy ko’rsatkichlari.
6
Teleskopni astronomik kuzatishlarda qo’llashdan maqsad osmon yoritqichidan
kelayotgan keng paralel nur dastasini yig’ish va yuqori sifatli tasvir hosil qilishdir.
Nur yig’uvchi sifatida qabariq linza yoki botiq ko’zgu qo’llanishi mumkin. Linzali
teleskop refraktor, ko’zguli teleskop reflektor deb ataladi.
Refraktorning nur yig’uvchi qismi - ob’ektivi - bitta yoki birnechta
(to’rtagacha) har xil navdagi (filint, kron) shishadan yasalgan va har xil sirtga
(qabariq, botiq, yassi) ega linzalardan iborat bo’lishi mumkin. Ob’ektivning
markazidan uning sirtiga tik holda o’tuvchi chiziq yoki nur teleskopning optik o’qi
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |