5 – VARIANT
IDЕAL GAZ ARALASHMALARI
Savollar:
1. Dalton qonuni.
2. Aralashma tarkibining berilish usullari.
3. Aralashma ko’rsatkichlarining tarkibi
4. Aralashma ko’rsatkichlarini komponentlar ko’rsatkichlari orqali ifodalash
Javoblar
O`zaro kimyoviy rеaksiyaga kirishmaydigan alohida gazlarning mеxanik aralashmasiga gaz aralashmasi dеyiladi. Har bir gaz hamma o`zining xossalarini saqlaydi va o`zini butun hajmni o`zi egallaganday tutadi. Har bir gazning alohida bosimi parsial bosim dеyiladi. Gaz aralashmasi Dalton qonuniga bo`ysunadi: ―Gaz aralashmasining umumiy bosimi, uni tashkil qilgan alohida gazlarning parsial bosimlari yig`indisiga tеng .
Sanoatda va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida turli massa
almashinish jarayonlari keng tarqalgan: quritish, absorbsiya,
adsorbsiya, ekstraksiya, distillyatsiya, erish, havoni konditsionirlash.
Har qanday muhit (qattiq, suyuq, gaz) elementar zarralardan
tashkil topgan va zarralar bir turli (masalan, molekula), yoki turli
xil aralashmalar (har xil kimyoviy tabiatli) bo'lishi mumkin. Muhit
komponenti deb, har qanday kimyoviy individual moddaga aytiladi.
Bir jinsli bo'lmagan issiqlik dinamik tizimning ajratish yuzasi bilan
chegaralangan qismi faza deyiladi.
Faza uning komponentlarini hajm bo'yicha bir tekis yoki notekis
taqsimlanishi bilan tavsiflanishi mumkin. Izobarik-izotermik
sharoitlarda kom ponentlarning m uhit hajmi bo'yicha teng
taqsimlanishi potensial ta’sirida ro'yobga chiqadi.
Kimyoviy potensial deb, tizimning qaralayotgan fazasida berilgan
komponent massasining bir birlikka oshishidan ichki energiyaning
o'sishiga aytiladi, bunda entropiya, hajm va massa fazaning qolgan
barcha komponentlari uchun o'zgarmas bo'lib qoladi. Bir fazali
muhitda komponentlar notekis taqsimlangan bo'lsa, kimyoviy
potensial maydoni bir jinsli emas va muhitda alohida komponentlar
konsentratsiyalari o‘z-o‘zidan taqsimlanish jarayonlari paydo bo'la
boshlanadi.
Massa almashinuvi deb, bir jinsli bo'lmagan kimyoviy potensial
maydonli fazoda berilgan komponent massasining (oddiy holda
konsentratsiyaning bir jinsli bo'lmagan maydoni yoki shu komponentning parsial bosimi) o'z-o'zidan qaytmas jarayon bo'yicha ko‘-
chishiga aytiladi.
Massa ko'chishi bitta faza oralig'ida yoki bir fazadan boshqasiga
ko'chishida sodir bo'ladi. Ajratuvchi yuza yoki ikki modda orasidagi
o'tkazuvchan devor orqali yoki fazalar orasida massa almashinuvi
massa uzatish deyiladi. Massa uzatilishida bir fazadan boshqasiga
o'tuvchi modda taqsimlangan modda yoki maqsadli komponent nomi
bilan ataladi. Massa almashinuvida ishtirok etadigan fazalarni
ajratadigan yuzasi massa almashinuvi yuzasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |