“А.” Сиёсий партия парламентга бўлиб ўтадиган сайловларда муваффақиятли қатнашиш мақсадида ўзи билан узоқ муддатли ҳамкорлик шартномаси асосида фаолият олиб бораётган халқаро ташкилотдан ҳамда сиёсий платформасида акс эттирилган ғоя ва мақсадларига хайрихоҳ бўлган чет эл фуқаросидан кўп миқдорда чет эл валютасидаги хайрия ёрдамини олди. Олинган маблағлар ҳисобидан сиёсий партия номзодлар билан учрашувларни ташкил этди, учрашувларга келган фуқароларга ўз ҳисобидан дастурхон ташкил этди, эсдалик совғаларини ҳадя қилди. Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва банк-молия идоралари томонидан тақдим этилган маълумотлар асосида Марказий сайлов комиссияси партияни сайлов жараёнида иштирок этишдан четлатди. Сиёсий партиянинг фаолларидан бири мазкур қарордан норози бўлиб Конституциявий судга шикоят аризаси билан мурожаат этди.
Савол:
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Сиёсий партияларни молиялаштириш тартиби ва шартларини қонун ҳужжатлари асосида аниқланг.
Qo’yilayotgan masala
1.Ushbu holatni qonunga muvofiq yoki muvofiq emasligni huquqiy asoslash.
2.Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tartibi va shartlarini qonun hujjatlari asosida aniqlash.
“Davlatning ustidan jamiyat nazorati bo‘lsa, odamlar turli idoralar faoliyatidan xabardor bo‘lsa, ularning ishiga rozilik bildirsa, ana shunda demokratik rivojlanish bo‘ladi”1
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
Masalaning yechimi.
Yuqoridagi vaziyatga aniqlik kiritish uchun1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga,1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi, 2004-yil 30-aprel da qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tog’risida”gi,1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunva yuridik adabiyotlardan foydalanish o’rinlidir.
Yuqoridagi vaziyatga aniqlik kiritishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratishimiz kerak:
“A”partiyasi chet el fuqarosidan hayriya olish huquqiga egami?
Chet el fuqarosidan hayriya yordamini olgan partiyani, Markaziy saylov komissiyasi partiyani saylov jarayonida qatnashishdan mahrum qila oladimi, nega?
Siyosiy partiya faolining Konstitutsiyaviy sudga murojaati o’rinlimi?
Avvalombor siyosiy partiya tushunchasiga aniqlik kiritishimiz kerak.
Siyosiy partiya-jamiyatdagi ma`lum kishilarnining,guruhlarning,toifalarning qiziqishlarini aks ettiradigan hamda davlat hokimyatini tashkil etish va davlat ishlarida qatnashish orqali ularni amalga oshirishni maqsad qilib qo’yadigan kishilarning birligini ifodalaydi.
Konstitutsiyamizning “60-moddasida:Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimyatini tuzishda ishtirok etadilar.Siyosiy partiyalar o’z faoliyatlarini moliyaviy ta`minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilanga tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar”2.
Konstitutsion normaga asosan jamiyatimizdagi tub ma`noda ko’p partiyaviylikni shaklantirrish uchun 1996-yil 26-dekabrda “Siyosiy partiyalar tog’risida”gi qonun qabul qilindi.Siyosiy partyalar to’g’risidagi ushbu qonunda,siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko’rsatish prinsiplari,ular faoliyatining kafolatlari,ularni tuzish tartibi ,nizomi,ro’yxatga olish,ularning faoliyatini to’xtatib turish,ularning huquqlari,vakillik organlaridagi partiya fraksiyalari,guruhlarning maqsadlari vazifalari to’liq ko’rsatib o’tilgan.Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirirsh maqsadida,hohish irodani erkin bildirish,partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish,a’zolarinig teng huquqliligi,o’zini o’zi boshqarish,qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat yuritadi.Siyosiy partiya tashkilotlarining tadbirlari asosan a’zolarning ishdan tashqari vaqtida va anashu partiyalar mablag’i hisobidan amalga oshiriladi.
Agar siyosiy partiyaning ustavi,maqsadlari,vazifalari va faoliyat uslubi O’zbekiston Respublikasinig Konstitutsiyasi hamda boshqa normativ hujjatlarga zid bo’lsa yoki oldinroq huddi shu nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro’yhatga olingan bo’lsa,bu partiya ro’yhatga olinmaydi.
Siyosiy partiyalar quydagi huquqlarga egadirlar:
-o’z faoliyati to’g’risidagi axboratni erkin tarqatish,o’z maqsadlari va targ’ib qilish;
-pariya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar konfrentsiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborat vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish.
va boshqa qonunda nazarda tutilgan huquqlarga egadirlar.
“A”partiyasi chet el fuqarosidan hayriya olish huquqiga egami?
O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonun 2004-yilda qabul qilingan qonun bo’lib,biz bu qonun orqali siyosiy partiyalarni moliyalashtirish haqida huquqiy bilimga ega bo’lamiz.
Ushbu qonunning maqsadi siyosiy patriyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari quydagilardan iborat:Kirish va a’zolik badallari,agar siyosiy partiyaning ustavida bunday badallar to’lash nazarda tutilgan bo’lsa;
Qonun xujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatdan olingan daromadlar.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ushbu qonunga muvofiq ajratiladigan mablag’lar;
O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan ushbu qonnga muvofiq beriladigan hayriya yordami.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning asosiy prinsiplari:
Qonuniylik,ochiqlik,oshkoralik va siyosiy partiyalarning teng huquqlilgi siyosiy patriyalarni moliyalashtirishning asosoiy prinsiplaridir.
Siyosiy partiyalar o’z faoliyatining moliyalashtirilishi hajmi va manbalari haqida axborat e’lon qilib turishi kerak.
Siyosiy partiyalar moliyaviy va boshqa mablag’lardan qonunda ustavlarda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalandi.Bu maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalnish taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalarga,ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank xisob varaqalariga,shuningdek chet el banklarida xisobvaraqlariga ega bo’lish taqiqlandi.Siyosiy partiyalar bitta bankda quydagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit xisobvaraqlariga ega bo’lishi mumkin:asosiy hisobvaraq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablag’larni o’tkazish,ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun;ikkita ikkilamchi hisobvaraqa) azolik badallari xayriyalar va qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag’larni o’tkazish va ulardan foydalanish uchun;b)O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan kelib tushadigan mablag’larni o’tkazish va ulardan foydalanish uchun.
Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish quydagi tartibda:
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish;Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga va davlat hokimyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini davlat tomonidan moliyalashtirish.
Siyosiy partiyalarni O’zbekiston respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolaridan hayriya olish huquqi.Siyosiy partiya hayriya yordamini faqat O’zbekiston respublikasi yuridik shaxslari(chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish,xizmatlar ko’rsatish,ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan faoliyatini amalga oshirish uchun olish huquqiga ega.O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan beriladigan hayriya yordami;Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasining bir fuqarosidan bir yil maboynida olgan hayriya yordami summasi hayriya yordami berilgan yilning 1-yanvardagi holatga ko’ra belgilangan eng kam ish haqining besh yuz baravaridan oshmasligi kerak.Ushbu cheklash siyosiy partiya a’zolari partiya ustaviga asosan to’laydigan a’zolik badallari tatbiq etilmaydi.
Siyosiy partiyalarga hayriya yordami berishdagi cheklashlar.
“Siyosiy partiyalarga pul mablag’lari shaklidagi,mol-mulk berish,xizmatlat ko’rsatish,ishlar bajarish tariqasidagi(shu jumladan grantlar ajratish,texnik yordam ko’rsatish,safarlar bilan,shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida o’tkaziladigan treninglar,seminarlar,konfrensiyalar bilan bo’g’liq harajatlarga haq to’lash orqali)hayriya yordami quydagilar tomonidan berilishiga yo’l qo’yilmaydi”3:
chet davlatlar;
chet davlatlarning yuridik shaxslari,ularning vakolatxonalari va filiallari;
xalqaro tashkilotlar,ularning vakolatxonalari va filiallari;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar;
chet el fuqarolari;
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar;
Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari,diniytashkilotlar va nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko’rsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablag’lari shaklida,mol-mulk berish,xizmatlar ko’rsatish,ishlar bajarish tarzida hayriya yordami berilishiga ham yo’l qo’yilmaydi.
Demak, siyosiy partiya chet el fuqarosidan hayriya yordami olish huquqiga ega emas,chunki “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonunning 15-moddasida aynan shu vaziyatga tegishli bo’lib unda aytib o’tilganidek,Siyosiy partiyalar chet el firmalari,yuridik shaxslaridan va chet el fuqarolaridan hayriya olishi cheklov tariqasida o’rnatilgan.
Chet el fuqarosidan hayriya yordamini olgan partiyani,Markaziy saylov kamissiyasi partiyani saylov jarayonida qatnashishdan mahrum qila oladimi,nega?
Markaziy saylov komissiyasining asosiy prinsiplari mustaqillik,qonuniylik,kollegiallik,oshkoralik adolatlilikdan iborat.Markaziy saylov komissiyasining vakolatlariga:
Saylovga va referendumga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni o’tkazishning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi,pul mablag’larini saylov komissiyalariga hamda referendum o’tkazuvchi komissiyalarga,shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi,saylov komissiyalarining va referendum o’tkazuvchi komissiyalarining binolar,transport va aloqa vositalari bilan ta’min lanishi nazorat qiladi,saylov hamda referundumni moddiy-tehnika jihatidan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqadi.Shuningdek saylov komissiyalarining va referendum o’tkazuvchi komissiyalarining qarorlari hamda xatti-xarakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
O’zbekiston Respublikasining saylov va referendum to’g’risidagi qonunlarni jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo’ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi.
Ushbu qonunning 10-moddasida Markaziy saylov komissiyasi o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendum o’tkazish komissiyalari uchun,davlat organlari,siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat tashkilotlari,korhonalari muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir deb belgilab qo’yilgan.Markaziy saylov komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Demak,Markaziy saylov komissiyasining ushbu holat yuzasi bo’yicha harakatlari o’rinli. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlariga ko’ra,Siyosiy partiyalarning saylovdagi ishtirokining qonuniy yoki qonuniy emasligini nazorat qiladi, Ushbu holatda ya’ni Siyosiy partiya chet el fuqarosi va firmasidan olgan hayriyasini qonun hujjatlarida ko’rsatib o’tilgandek assosiz ekanligini bilgan holda,ushbu siyosiy partiyani saylovdan o’z vakolati yuzasidan chetlatishga haqli va bu ishni prokratura organlariga yekazishi kerakligi o’rinlidir.
Siyosiy partiya faolining Konstitutsiyaqviy sudga murojaati o’rinlimi?
Siyosiy partiyalar har yili barchaning e’tibori uchun o’z byudjetlarini e’lon qiladi va o’z faoliyatini moliyalashtirish to’g’risida Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobat taqdim etadi.Lekin partiya o’z vaqtida hisobat bermagan,chunki agar hisobat taqdim etilganda partiya olgan hayriyani qonunga zid ekanligi tegishli davlat organi tomonidan yetkazilardi va bunga chek qo’yilardi.Bu holatda partiya faolining murojaati o’rinsiz negaki uning partiyasi avvalo qonunga zid harakat olib borgan .Bu harakati qonunga zidligini bilgan holda buni sir saqlagan yoki chindan ham bilmagan.Biz keltirib o’tgan qonunlarda ta’kidlanishicha partiyaning harakati qonunga zid topilmoqda.Shuningdek agar partiyaning harakati to’g’ri bo’lgan taqdirda u partiyaning faoli Konstitutsiyaviy sudga emas balki Oliy sudga murajaat qilishi kerak edi,chunki bu qonun hujjatlari bilan belgilangan.
Yuqoridagi barcha tahlillarimizni umumlashtirgan holda xulosa qiladigan bo’lsak:
Birinchidan.”A”siyosiy partiyasi o’z byudjetini moliyalashtirishda hatolikka yo’l qo’ygan.Chunki “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonunda cheklovlar mavjud bo’lib ,unda ta’kidlab o’tilgandek Siyosiy partiyalar o’z byudjetini moliyalashtirishda chet davlatlar,chet davlatlarning yuridik shaxslari,ularning vakolatxonalari va filiallari xalqaro tashkilotlar,ularning vakolatxonalari va filiallari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar chet el fuqarolaridan hayriya olishi taqiqlangan.Bu holatga cheklov o’rnatilishi ,partiyanining kelgusidagi faoliyatida salbiy tasir kelib chiqishini oldin oladi.
Ikkinchidan.Markaziy saylov komissiyasining harakatlari asosli hisoblanadi.Agar siyosiy partiya o’z faoliyatida qonunda nazarda tutilgan hollardan mustasni holatda harakat qilsa ,Markaziy saylov komissiyasi uni saylovdan chetlatish vakolati ega.Bu qonun hujjatlari bilan belgilangan.
Uchinchidan. Siyosiy partiya faolining arz qilish huquqiga ega lekin uning arzi asossiz hisoblanadi.Chunki bular o’z faoliyatida kamchilik va xatoliklarga yo’l qo’ygan.
Ushbu holatni hozirgi kunda jahon miqyosida olib qareydigan bo’lsak.AQSH da oxirgi bo’lib o’tgan prizdentlikka savlov vaqtlarida,chet el fuqaro va tashkilotlarinig aralashuvi bo’lib o’tgan degan xulosa va fikrlarga kelishmoqda.Sababi bu saylovga Rassiya Federatsiyasinig aralashuvi bor yoki yo’qligi mojarolarga sabab bo’lmoqda.
Agar biron bir davlatning savlov faoliyatiga,boshqa bir davlatning aralashuvi yuz bersa,oxir oqibatda siyosiy partiyaning faollari deputat,senator yoki prezident bo’lsa,unga moliyaviy yordam bergan boshqa bir davlatning manfaatlari yuzasidan harakat qilishi mumkin.Bu esa o’z navbatida davlat kelajagi va manfaatlariga zid bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Toshkent “O’ZBEKISTON” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2016.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh Toshkent “O’ZBEKISTON” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2014.
“O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni. 1996y. yangi taxrir (2004y).
“O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risda”gi qonuni.2004y.
“O’zbekiston Respublikasining Mazrkaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonuni.1998y
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi darslik Toshkent – 2005.
O.T.Xusanov O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi darslik Toshkent – 2012.
Axborot resurslari:
Do'stlaringiz bilan baham: |