6) Kurs ishiga qo'yiladigan talablar:
Talaba o'zining kurs ishida fan bo'yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini qo'llagan holda tugallangan kasbiy masalani echadi. Unda talaba quyidagilarni hal etishi
lozim:- masalani echishda uning mazmunini tahlil qila olishi va tushuntirib berishi;- tanlangan mavzuning maqsadi, vazifasi, mazmuni va dolzarbligini yoritishi;- ilmiy-uslubiy, texnik talablarni ifodalashi, masalaning turli echimli variantlarini ko'rib chiqishi va eng maqbul variantni aniqlashi; - masalaning echimi natijalariga asoslanib, tegishli bilim tarmog'iga xulosalar va tavsiyalar berishi lozim.Ishni bajarishda talabadan qo'yidagilar talab qilinadi: 1. Kurs ishining mavzusini tanlash;2. Kurs ishini bajarish yuzasidan topshiriq olish;3. Tanlangan mavzu bo`yicha ma'lumot to'plash, tahlil qilish.4. Mavzuning maqsadi, vazifasi, mazmuni va dolzarbligini yoritish.5. Kurs ishi bo'yicha kompleks pedagogik, metodik va texnik echimlarni ishlab chiqish (nazariy, laboratoriya-amaliy va o`quv amaliyoti mashg`ulotlarining ta`lim texnologiyasi modeli hamda texnologik xaritasini ishlab chiqish, vizual materiallar tayyorlash,taqdimot slaydlari tayyorlash)Kurs ishining tarkibiKirish. Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida tayyorlanayotgan transport sohasi bo`yicha kichik mutaxassislarga qo'yiladigan talablar, Prezident farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi asosiy vazifalarning ahamiyati, kasb-hunar kollejlaridagi ta`lim-tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari haqida.(2-3 bet) 1. Fan va mavzuni tavsifini yoritish. Kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar tayyorlashda fanning tutgan o'rni, ahamiyati, vazifasi, fanlararo bog'lanishlari. Mavzuning dolzarbligi, xususiyatlari, uni o'qitishning yo'llari, vositalari. Kasb-hunar kollejlaridagi o`qitishning tashkiliy shakllari haqida.(5-7 bet).2. Nazariy dars haqida tushuncha. Nazariy darsning mazmuni, mohiyati, ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni haqida.(1-2 bet) 2.1. Nazariy dars o'tish metodikasini ishlab chiqish. Bu bandda tanlanganmavzu bo'yicha dars rejasi ishlab chiqiladi, nazariy mashg'ulot tarkibi asoslanadi, dars loyihalashtiriladi, mashg'ulotning tarkibiy qismlarini o'qitish metodikasi batafsil yoritiladi.(nazariy mashg`ulotning ta`lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasini ishlab chiqiladi. 1-ilovada keltirilgan). 3. Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar tizimi. (1-2 varaq) 3.1. Laboratoriya va amaliy mashg'ulot o'tish metodikasini ishlab chiqish. Mavzu bo'yicha laboratoriya yoki amaliy mashg'ulot o'tish metodikasi
keltiriladi.Amaliy mashg'ulotning ta`lim texnologiyasi modeli, mashg`ulotning texnologik xaritasi,instruksion-texnologik xarita ishlab chiqiladi. (7-8 varaq) (2-ilova) 4. Ishlab chiqarish amaliyotining umumiy tavsifi. (1-2 varaq) 4.1. Ishlab chiqarish amaliyotini o'qitish metodikasini ishlab chiqish. Бу бандда қўйидаги вазифалар ҳал қилинади: Ishlab chiqarish amaliyotining mazmuni, ishlab chiqarish amaliyotining metodik ta'minoti, yo`riqnomali texnologik xarita, o'quv ustaxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o'qitish metodikasi ishlab chiqiladi. (6-7 varaq) (3-ilova). 6. Xulosa. Bunda bajarilgan ishga qisqacha tavsif beriladi, vazifaning echimi ko'rsatiladi, takliflar, xulosalar va mavzuni o'tish metodikasini maqbullashtirish bo'yicha tavsiyalar beriladi. 7. Adabiyotlar ro'yxati.
7)Kurs ishini muvaffaqiyatli bajarish uchun talabalar fan to‘g‘risida yaxshi tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Bunda asosan kurs ishining g‘oyaviy, nazariy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari kerak. Talaba o‘zi tanlagan mavzusi mohiyati va mazmunini yoritishda, mustaqil xolda, Prezidentimiz I.A.Karimov asarlaridan foydalanishi muhim hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida mavjud adabiyotlar va ma’lumotlardan hamda iqtisodchi olimlarning asarlaridan keng foydalanishi, ularning asosiy g‘oyalariga alohida e’tibor berishi kerak. Bu yerda talaba tahlil qilayotgan nazariy fikrlarni aniq misol va ma’lumotlar bilan asoslashi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kurs ishini bajarishning dastlabki bosqichi bu kurs ishi mavzulari majmuida ko‘rsatilgan shifr bo‘yicha talaba nasl-nasabining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlash hisoblanadi. Talaba mavzu tanlayotganda professor o‘qituvchilarning asosiy vazifasi, talabalarga mustaqil ravishda kurs ishlarini bajarish yul-yo‘riqlarini ko‘rsatish va maslahat berishdan iborat. Talaba mavzuni tanlagandan so‘ng, unga tegishli manbalarni qarab chiqishi, darslik va o‘quv qo‘llanma xarakteridagi adabiyotlardan foydalanishi ishning sifatini oshiradi. Talaba kurs ish mavzusiga aloqador bo‘lgan mavzularni o‘quv yili davomida o‘tilgan iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganish orqali o‘zlashtirgan. Kurs ishi mavzulari talabalar o‘rtasida taqsimlangandan so‘ng ular zudlik bilan ma’lumot to‘plashlari zarur bo‘ladi, lekin ularning ko‘pchiligi qisqa muddat davomida ya’ni kurs ishini topshirish muddatining oxirida kurs ishini bajarishga harakat qiladilar, bu esa kutilgan natijani bermaydi, bajarilgan kurs ishi sifati past darajada bo‘ladi. Kurs ishini yozish borasida tavsiya etilgan yo‘riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to‘g‘ri ta’riflab berish, uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkoniyatini beradi. Kurs ishini yozish jarayonida talaba tavsiya etilgan adabiyot va materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib olishi mumkin emas. Balki ulardan ilmiy va ijodiy yondashuv asosida foydalanishi zarur. Ya’ni mavzuga ta’lluqli adabiyotlarni o‘qib chiqib ularning mazmunini o‘z tillarida tushunchalarini yozishlari kerak. Har bir talabadan kurs ishni mustaqil bajarish talab etiladi. Lekin shunga qaramay, bahzi talabalar eski ma’lumot va materiallardan foydalansa, boshqa birlari esa, mavzu ustida halol, ijodiy ish olib borish o‘rniga, ijobiy baho olgan kurs ishlardan nusxa ko‘chiradilar. Kurs ishni ushbu taxlitda bajarish hech qanday naf keltirmaydi, talabaning bilim darajasini oshirmaydi, aksincha bunday kurs ishi professor o‘qituvchilar tomonidan qoniqarsiz baholanadi. Kurs ishini bajarganda talabalar o‘zlari tanlagan mavzularini o‘zlari biladigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning amaliy faoliyati bilan bog‘lab tahlil qilsa yaxshi samara beradi, mavzuni nazariy va amaliy jihatdan yoritilishi va tahlil qilinishi kurs ishini sifatini yanada oshiradi. Talaba kurs ishi mavzusida ko‘rsatilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan cheklanmasadan rus tili, ingliz tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot va materiallarni mustaqil ravishda keng foydalanishi zarur.
8) Bitiruv malakaviy ishi” oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalarining o’z ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish hamda o’zlashtirgan bilimlari orqali muayyan ilmiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish, o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash maqsadida tayyorlaydigan ilmiy ishidir.Bitiruv malakaviy ishningtuzilishi va mazmuniBitiruv malakaviy ishni talabalar bitiruv kursi davomida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish malakaviy faoliyat bo’lib, u talabaning nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirganligini hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilashning muhim omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba:tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi;tadqiqotning maqsadi va uni amalga oshirishda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlashtirishi;tadqiqot predmeti va obyektini aniqlashi va tavsiflashi;tadqiqot natijalarini tahlil qilishi va qayta ishlashni olib borishi;xulosalar chiqarishi, olingan natijalarni baholashi va ilmiy tadqiqoti bo’yicha takliflar berishi lozim.Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishititul varag’i;mundarija;kirish;asosiy qism (mavzuning batafsil bayoni);
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati;bitiruv malakaviy ish bilan bog’liq ilovalardan iborat bo’ladi.Titul varag’i bitiruv malakaviy ishning birinchi sahifasi hisoblanadi va u belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi (4-ilova). Titul varag’idan keyin mundarija keladi.Mundarija qismida bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlari keltiriladi. Bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlarining nomlari qisqartirilmaydi va asosiy matn sarlavhasiga muvofiq tarzda berilishi zarur. (5-ilova) Mundarijadan keyin ishning kirish qismi keladi.
9) Xulosada talaba tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy va amaliy shart-sharoitlarni o’rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish va jarayonni yanada faollashtirish borasida qisqa, aniq va lo’nda fikrini muxtasar shaklda bayon qiladi. Bitiruv malakaviy ishda xulosaning hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet, ko’pi 6 bet bo’lishi mumkin. Xulosadan keyin foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan foydalanilgan barcha rasmiy xujjatlar, ilmiy manbalar, statistik va tahliliy materiallar, shuningdek, ilmiy maqola va tezislar to’plamidan tashkil topadi. Adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi alohida qismda keltirilgan.Ilovada mavzuni yoritish uchun to’liq foydalanilmaydigan ma’lumotlar, jadvallar, grafiklar, rasmiy xujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va belgilangan tartibda ketma-ketlik asosida raqamlab chiqiladi.Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashga qo’yiladigan talablar. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va rasmiylashtirishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:bitiruv malakaviy ish bob va bo’limlarining mazmuni BMIning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim;
BMI matni kompyuterda teriladi;
BMI umumiy qabul qilingan standart bo’yicha muqovalanadi;
BMIning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uningkompyuterdagi matni hajmi 65-70 bet atrofida bo’lishi tavsiya etiladi:bitiruv malakaviy ish A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi xoshiyalar o’lchamiga rioya qilish zarur:chap tomondan - 3 sm.o’ng tomondan - 1 sm.yuqoridan - 2 sm.pastdan -2,5sm.bitiruv malakaviy ishda keltirilgan barcha jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yoziladi va raqamlab chiqiladi;bosma va yozma xarflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo’lishi lozim:jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar BMI ichida ham ilovada ham standart varaklarda (A4 formatda) bo’lishi lozim. Rasmlar skaner yordamida matnning kerakli joyiga ko’yiladi.bitiruv malakaviy ish matnini yozish jarayonida muallif ishda keltirilgan barcha ixtiboslar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar, boshqa ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni ular tegishli joyning o’zidagina ixtibos (sitata) va havola (snoska) qilishi zarur. Shuningdek, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshka ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni bayon qilishda matnda ularning tartib raqami ko’rsatilib izohlanishi kerak. Masalan, “5-jadval, 3-rasm, 4-chizma yoki 2-diagrammada keltirilgan ma’lumotga ko’ra” iboralarini ko’llash tavsiya etiladi.Adabiyotlar va manbalar ro’yxatini tuzishda.
10)Daliliy materialni to`plash BMIni bajarishning eng muhim bosqichlaridan biri. BMIni o`z vaqtida va sifatli yozish, ko`p hollarda, faktik material qanchalik to`la va to`g`ri tanlanganiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli materialni to`plashdan oldin talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda qanday faktik materiallar BMI uchun zarurligini, va mumkin bo`lsa, uni amaliyot davrida to`plash bo`yicha maxsus reja tuzish kerak.Talaba, agar zarur bo`lsa, malakaviy amaliyot davrlarida statistik materiallar to`plashi, ta'lim muassasi xujjatlaridan kerakli ko`chirmalar olishi, harakatdagi yo`riqnomalar, metodik ko`rsatmalami, me'yoriy xujjatlarni o`rganishi zarur. Talaba to`plangan materiallarni umumlashtirish, uning BMIni tayyorlash uchun ishonchliligini va yetarliligini aniqlashi kerak.Mavzu bo`yicha saralangan adabiyotlarni o`rganish va sistemalashtirish, hamda faktik materiallar to`plangan va qayta ishlangandan so`ng BMI dastlabki rejasida ba'zi bir o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.4.4. Bitirnv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish. BMIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo’lishi lozim. Barcha bo’limlari bir-biri bilan bog’langan bolishi kerak. Ayniqsa, bir bobdan ikkinchi bobga, paragrafdan paragrafga, paragraf ichida bir masaladan ikkinchimasalaga o’tgandagi mantiqiy bog’lanishlarga e'tibor berish lozim.BMI matnini yozishda kirish va birinchi bobdan boshlab, rejaga kiritilgan barcha bolimlarni ketma-ket yoritib chiqish lozim. BMIdagi materialning bayoni konkret va amaliyot natijalariga asoslangan bo’lishi, shuningdek olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, tanqidiy ishlab chiqish lozim.Kirish - BMI ishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, qoyilgan masalaning maqsadi va vazifalari belgiianadi, tadqiqot ob'ekti va predmeti shakllantiriladi, tanlangan tadqiqot metodlari ko’rsatiladi, olingan natijalarning muhiroligi (ahamiyati) tavsiflanadi.Adabiyotlar tavsiloti- talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishligini, uning
Do'stlaringiz bilan baham: |