O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda, ushbu javoblar
qisman qabul qilinadi va qisman kredit beriladi:
Kod 11: Zilzilalar tez-tez sodir bo‘lmasligi qayd etiladi.
• Bunga zilzilalar sabab bo‘lishi mumkin emas, chunki zilzilalar har doim ham
sodir bo‘lmaydi.
Kod 12: Zilzilalar palatalardan tashqaridagi odamlarga ham ta’sir etishi qayd
etiladi.
Agar zilzila sodir bo‘lganda edi, shifoxonadan tashqaridagi ayollarda ham
tug‘ruqdan keyingi isitma bo‘lar edi.
• Agar bunga zilzila sabab bo‘lganida edi, zilzilalar sodir bo‘lganidan keyin har
doim butun dunyoda tug‘ruqdan keyingi isitma tarqalgan bo‘lar edi (faqat
1- va 2-palatalarda emas).
Kod 13: Zilzilalar sodir bo‘lganda erkaklarda tug‘ruqdan keyingi isitma
bo‘lmasligi qayd etiladi.
• Agar zilzila sodir bo‘lgan vaqtda erkak kishi shifoxonada bo‘lsa-yu, unda
tug‘ruqdan keyingi isitma bo‘lmasa, demak, bunga zilzila sabab bo‘lmasligi
mumkin.
• Chunki u ayollarda uchraydi, erkaklarda emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |