Variant-20
Xasanov Komiljon IM-90
Savol:
1. Fridmanning monetar maktabi.
2. Me’yoriy unumdorlik nazariyaning axloqiy tomonlari.
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish hajmining
o’zgarishi.
Javob:
1.
Fridmanning
Monetar maktabi
bozor iqtisodiyotini o‘z
-
o‘zidan
tartiblanuvch tizim sifatida baholab,
uning narx mexanizmining o‘zi
bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta’kidlaydilar. Bunday
tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o‘zini
-
o‘zi
tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida
yalpi talabn
i rag‘batlantirishi esa pirovardida inflyasiya jarayonlarining
kuchayishini keltirib chiqaradi.
Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud
bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar.
Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif
kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo‘lsa,
bu inflyatsiyaning jadallashuviga,
agar kam bo‘lsa, deflyasiyaning
jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha
siyosat
ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish
hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish
uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan
foydalanishni tavsiya etadilar.
2.
Marjinalizm (frans. marginal -
chegaraviy, eng soʻnggi) —
iqtisodiy
qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar
tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri.
Dastlab 19-
asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G.
Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy
nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida
ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning
nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-
yillaridan M. subʼyektiv
-
psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud
shart-
sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha
iqtisodiy gʻoy
alar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning
davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinalim
meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy
harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik,
meʼyoriy
unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi
krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar,
iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.
Marjinalim
iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida
qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi
va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat
M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq
etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga
imkon beradi.
SSSR davrida Marjinalim markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan
tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik
iqtisodiyotidan
bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M
arjinalizm
ning asosiy gʻoyalari
tan olina boshlandi.
3.
Korxona ishlab
chiqarish hajmini oʻstirish uchun qisqa davrda faqat
oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu
qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab
chiqarish bino va inshoatlar maydoni, mashina va uskunalar miqdori)
doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish
darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin.
Boshqacha aytganda qisqa davr oraligʻida korxonaning ishlab
chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli
mehna
t, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini koʻpaytirish orqali
oʻzgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan
foydalanish intensivligini oshirish mumkin
Uzoq muddatli davr
–
bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va
butun band boʻlgan
resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli
boʻlgan davrdir.
Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining
oʻzgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va
korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan,
yengil sanoat tarmogʻida kiyim
-kechak ishlab chiqaradigan kichkina
firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining
ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish
mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvv
atlarni ishga tushirish
uchun bir necha yil talab qilinadi.