(Davraga Alifbe kitobi kirib keladi.)
Alifbe: Salom,aziz bolalar,
Chiroyli gul-lolalar.
Xo’sh,bolalar ayting-chi chindan,
Nimalarni bildingiz mendan?
O’quvchi: O’qishni va yozishni,
Maqollarni o’qishni. -
Topishmoqlar topishni,
Tez aytishlar aytishni
Hamma: Rahmat senga Alifbe,
Rahmat senga Alifbe!
1-Boshlovchi: Ey aziz bolalar, siz tovushlar ne deyishini Alifbega aytinglar.
( o’quvchilar harflarga oid sh’erlarini aytib beradilar)
“A”-
“A” harfiman azaldan
Alifboning avvali
Aytsam kuch adolatda
Aqli a’lo afzali.
“B” -
Baquvvat, bardam, botir,
“B” harfi bo’laman.
Bilimdonlarga balli
Bundan kuchga to’laman.
“D”-
Dovrug’im dostonlarda
“D” harfiman dastyorman
Donolar durdonasi
Dilga dardkash, do’st – yorman.
“E” -
Ertakchi “E” harfiman
Erkatoyim eshitkin
Ertaklar tinglab zehning
Ertak charxlab pishitgin.
“F”-
Fazilatim fahmlab
Foydamni bilganlar ko’p
“F” harfiman fidoiy
Filday bardoshliman xo’p.
“G” -
“G” harfi gul giyohman
Go’zal gullar timsoli
Gullaganda gulbog’lar
Go’yo go’dak misoli.
“H”-
“H” harfman hamisha
Har qadamda hamrohman
Hikmat, hadis, hikoya
Hushyor hamida ogohman.
“I”-
Ilimga intil izlan
Ishlashga toping imkon
“I” harifiman istagim
Ibratli bo’lgin inson.
“J”-
“J” harifiman jarangli
Jozibador va jo’shqin
Jonimga jo joylaganman
Jonajon vatan mehrin.
“K”-
Kamina kamtarin “K”
Kamsuqum bo’l ko’p dema!
Kelajaging kamoling
Kurash, intil, pand yema!
“L”-
“L” harfiman labbaylab
Labimda lazzatli bol
Laylo, Lobar, Lolaman
Lafzim bor izzatim bor.
“M”-
“M” harifiman mag’rurman
Maqtovim tushgan tilga
“Mard maydonda sinalar”
Mehmatim manzur elga.
“N”-
Nomim nasibam ulug’
“N” harifiman nonim but
Noshukur, nodon bo’lmang
Niholsan o’zingni tut.
“O”-
“O” man olam meniki
“Oltin olma duo ol”
Ota – ona, aftob – oy,
Odob, olqish olib qol.
“P”-
“P” harifiman paxlovon
Polvon oshga pazanda
Puxta pishiq o’zimga
Pishib chiqdim qozonda.
“Q”-
“Qoyil qolmang, qarang”
“Q” harifi quvvatiman
Qo’shilsa – chi qo’lga – qo’l
Qanchalar qudratliman.
“R”-
“R” harfiman rahimdil
Rostgo’yman rizqim halol
Ranjitma ota – onang
Rozi qilib rehmat ol!
“S”-
“S” harfiman sifatim
Vaslatim xos sakkizga
Sadoqatli sirdoshman
Samimiy do’stman sizga
“T”-
Turmushda “T” harfiga
Topilar turfa ta’rif
Tashakkur to’g’ri topding
Tashvish tortmagin Zarif.
“U”-
Ulug’larga ustozman
Unvonimni unutmang!
“U harfi uzun unli
Umuman nafas yutmang.
“V”-
“V” harifiman vazifam
Va’daga vafodorlik.
Vijdoniman Vatanning
Vujudimda bodorlik.
“X”-
Xavf – xatardan xabardor
“X” man xolis xokisor
Xotira xo’p xazina
Xasislarga dunyo tor.
“Y”-
“Y” harfi yo’qolsangiz
Yo’q yerdan yo’ndiraman
Yo’l – yo’riq, yo’l ko’rsatish
Yo’lini do’ndiraman.
“Z”-
“Z” harfiman ziynatim
Zehinliman ziyrakman
Ziyo sochar zarramda
Zo’rman, zarur kerakman.
“O’ ”-
“O’ “ harfiman o’rtoqjon
O’qigan ishda o’zar
O’qib, o’rgan erinma
O’qimagan el buzar.
“G’ “-
“ G’ “ harifiman g’amxo’rman
G’olib doyim g’ayratli
G’alaba hamroh menga
G’oliblik go’yo totli.
“Sh”-
SH harfiman bilasiz,
Shoshib-shoshib kelasiz.
Shokir, Shahzod, Shodmonni
Shogirdlikka olasiz.
“Ch”-
“Ch” harifiman chidamli
Chaqqon, chanoq chaqinman
Chegaradan chiqmayman
Chug’urchuqqa yaqinman.
“Ng” -
Men birikma harf “ng”
Ohang, bongim rang – barang
Zang urganda baka – bang
So’l – u o’ngga teng qarang.
“ ‘ “ Tutuq belgisi.
Kimning kelsa bilgisi
Menman tutuq belgisi
Vazifamda segakman
O’z o’rnimda kerakman.
Yoqtiraman jo’nlikni
Ajrataman unlini
Avvalo kelgan undoshdan
Deyishar: aql boshdan
Xavotiring bexuda
Misollar ko’pdir juda
Jumlada: a’lo Ra’no
Da’vo, Ma’suma, ma’no.
Esda tuting belgimni
Bilib qo’llang o’rimni.
Bir qizcha chiqadi:
Mana bizni bildingiz
So’zga quloq soldingiz.
Bolalar bizni bilar,
Bilganning baxti kular.
Bizni derlar alifbo
O’ttiz harf erur jo.
Bolalarga do’st bo’ldik
Yayrab o’ynadik – kuldik.
“Alifbo qo’shig’i “ kuylanadi
Alifbodan harflarni Oldimizda saf tortishdi
Biz or’gandik oz – ozdan, Askarlarday harflar
Minnatdormiz o’rgatuvchi Barchasiga qo’shiqlarda
Muallimdan – ustozdan Berib o’tdik ta’riflar
Har bir harf daftarlarda Tilimizni sayratadi
Gijinglaydi toy bo’lib Alifbomiz bayrami
Yozganimiz ko’rinadi Dilimizni yayratadi
Yulduz bo’lib, oy bo’lib Bayramlarning hurami
1 – boshlavchi: Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.
2 – boshlavchi: - Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?
Oʻquvchi
Ona, vatan, Mustaqillik
Kitob, maktab, ustoz barin
Maqol, topshmoq tez ayrish
Organdik biz shular sirin
1 – o’quvchi: Bizni bag’riga bosgan
Bolalar yayrab o’sgan
Yuksalaver yildan – yil
O’ZBEKISTON – JON VATAN
2 – o’quvchi: Farzandiga jon fido
Daler Tinib – tinchimas also
Bardam salomat bo’ling
OTA – ONAM doimo.
3 – o’quvchi: Bilimlar mamlakatin
Oybegim Makon aylagan bizda
Ta’zimu rahmat deymiz
Sizday aziz USTOZga.
4 –o’quvchi: Yosh avlodni o’ylagan
Sardor Baxtimizni so’ylagan
Sog’ omon bo’lsin boshi
Rahmat senga YURTBOSHI.
5– o’quvchi: Bilim olish yoqad
Nigina Demaylik charchadik sal
Barcha undan olamiz
Ishoning doim 100 BALL.
6 – o’quvchi: Qo’limizda bor kitob
Azizbek Yuzumiz qo’yo oftob
Bizni doim bezaydi
Go’zal xulq, yaxsho ODOB.
7 –o’quvchi: Bo’lsin doim osuda
Hamroz Ona – zamin albatta
Osmon bo’lsin MUSAFFO
Biz sevgan ona yurtida.
8 – o’quvchi: Bizlar maktab qo’ynida
Shahruza O’qib, olamiz bilim
Kelajakni bolaylik
Yurtga kerakli OLIM.
O’quvchi: Vatan bizning uyimiz,
Murodjon Vatan bizning ko’chamiz.
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Oltin to’la konimiz,
Tandir to’la nonimiz.
Vatan,maktab,onamiz,
O’qishni o’rganamiz.
“Armiyam” qo’shig’i (yigitlar ijrosida raqs)
1. Bobolarday oqil bolishga
2. Yurtboshimday yurtni sevishga
3.Vatanimni kozday saqlashga
4. Xalq ishonchin dildak oqlashga
5.Ustozlar ogitin dildan oqlashga
6.Yaxshi yomon ishni bilishga
7.Ona yurtga kerak bolishga
8.Doim ulug ishlar qilishga
9. Onam sutin dildan oqlashga
10. Kerak bolsa jonim berishga
Hamma: Qasamyod qilamiz
Qasamyod qilamiz
Qasamyod qilamiz
O’quvchi:- 1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.Har yili 1-sentabrni Mustaqillik bayrami sifatida nishonlaymiz.
Hali bitilmagan dostonlarim bor,
Bulbullar sayragan bo’stonlarim bor.
Dovrug’I dostonim,hur O’zbekiston,
Ulug’lar kuylagan yurt O’zbekiston.
O’quvchi:- 1991-yil 18-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i tasdiqlandi.
Xalqim orzu niyati,
Dilga quvonch soladi.
Bayrog’imiz dunyo uzra,
Yurtga dovrug’ soladi.
1-boshlovchi: Qani dono bolalar aytingchi, siz yana qanday bilimlar egalladingiz?
O’quvchi:-1992-yil 2-iyulda Davlatimiz tamg’asi tasdiqlangan.
Tamg’amizga bir qarang,
Tovlanadi rang-barang.
Unga beradi chiroy ,
Tepasida hilol oy.
Bir tomoni paxtazor,
Quyosh nurin sochadi.
Amudaryo,Sirdaryo,
Chanqog’ingni bosadi.
O’rtasida humo qushi,
Bizga omad tilaydi.
O’zbekiston nomini,
Jahon uzra taraydi.
O’quvchi-: 1992-yil 10-dekabr kuni Vatanimiz madhiyasi tasdiqlangan.
Madhiyani tinglasam har on,
Vujudimni bosar hayajon.
Omon bo’lgin turguncha jahon,
Mustaqil yurt O’zbekiston!
2-Boshlovchi: Shuning bilan harflar kalomi bitdi,
Sizga aytar dilkash salomi bitdi.
Ular bilan do’st bo’lsangiz albatta,
Qoldirmaydi harflar sizni g’aflatda.
SAHNA KO’RINISHI
Vatan, ustoz, ona haqida sheʼrlar
1-Oquvchi: Amir Temur izlari bor
Navoiyning sozlari bor
Nodiraday qizlari bor
Buyuklarning Vatani bu
Suyuklarning Vatani bu
Ozbekiston nurli boston
Elga doston elga doston
2-Oquvchi: Bobur kabi shoh-shoiri
Sino kabi malham dori
Manguberdi bahodiri
Uluglarning Vatani bu
Qutluglarning Vatani bu
Ozbekiston nurli boston
Elga doston, elga doston
3-oquvchi: Ogabeki yangratsa soz
Abdullasi ayta sher soz
Gavhar qilsa gar noz
Buyuklarning Vatan bu
Suyuklarning Vatan bu
Ozbekiston nurli boston
Elga doston, elga doston
4-oquvchi: Gulla yashna aziz diyor
Bagring bolsin doim bahor
Baxtingga koz tegmas zinhor
Buyuklarning vatan bu
Suyuklarning chamani bu
Ozbekiston nurli boston
Elga doston, elga doston
5- oʻquvchi:
Mening ozod makonim
Gullagan chin maskanim
Ozbekiston atalgan
Xazon bolmas chamanim
Bobolarim sevgan el
Momolarim bilgan el
Ajdodlari ardoqli
Gurur bilan tolar dil
Mustaqil bolding bugun
Ketdi yurakdan tugun
Olmamga dongi ketgan
Diyorsan baxti butun
Alifbe kitobi: Bolajonlar, men sizga
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Go’yoki oftobdurman.
Ko’rdim, bugun donosiz
Hammadan ham a’losiz
O’qish – yozishni bilgan
Aqlingiz ham rasosiz.
Endi boray dam olay
Sizga baxt – omad tilay
Ongingiz charxlash uchun
“O’qish” kitobin chorlay.
“O’qishni seving mendek
Chin yurakdan o’qingiz
Hikoya, ertaklarni
Mag’zin chaqib uqingiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G’ayrat bilan o’qingiz
Nasihatim unutmang.
“Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi.
“O’qish” kitobi: Salom yangi do’stlarim
Erka, qora ko’zlarim
Bugun sizga yurakdan
Atalgandir so’zlarim.
Meni “O’qish” deydilar
O’qib – uqish deydilar
Mendagi har mavzuni
Mag’zin chaqish deydilar.
Meni asta varaqlab
Mazza qilib o’qursiz
Ibrat olib so’zimdan
Xalqimizga yoqursiz
O’qing meni ardoqlab
Men, do’stingiz bo’laman
Qo’lim berib sizlarga
Yoningizda bo’laman
QO’SHIQ: “KOVUSHIM” raqsi ijro etiladi
Ona tili kitobi: Menman “Ona tili”man
Elim dono tiliman
Onalar sof vijdoni
Otajonlar diliman.
O’qing meni varaqlab
Yurakdan hurmat saqlab
Ona tilim sehri
Ardoqlab, sevib, yoqlab.
Tilimiz xazinasin
Sizga asta ochgum bor
Ona tilim sehrini
Marjon kabi sochgum bor.
Ona tili haqida she’rlar
Matematika kitobi: “Matematika” o’zim
Quyoshday issiq yuzim.
Raqamlardan boshlanar,
Tinglasangiz gar so’zim.
O’nta raqam jo menda
Kerakdirman har yerda.
Aqlingizni charxlayman,
Har misol, har amalda.
21 – asr – Kibernetika asri
Bilimdon donolarga
Ochiqdir bilim qasri.
Men sizga do’st bo’laman,
Hamdam, ham do’st bo’laman.
Raqamlarni tanitib,
To’ri amalni bilaman
Matematika kitobi:
Qani ayting bolalar
Go’zal gul-u lolalar
Men haqimda so’ylangchi
Bilasiz qani nelar
(O’quvchilar raqamlar haqidagi she’rlarni aytadilar.
Tartib bilan tur qani
Meni derlar bir soni.
Yozchi meni yonma-yon,
Hosil bo’lar qaysi son?
Meni deyishar ikki-----
Onamdan yedim dakki.
Bo’lma men bilan inoq
Darsga quloq sol o’rtoq.
Kaminani derlar uch------
Birlashganda doim kuch.
Uch og’ayni botirlar
Har biri ishga qodir.
Meni deyishadi to’rt---------
Ishonmasang yozib ko’r.
Yozgin uchta tayoqcha
So’ngra pastga oyoqcha.
Besh soniman men a’lo---------
A’lochi bo’l ham dono
Barakalla azamat
Ota-onangga rahmat.
Besh soniga og’aman.----------
Uchga kata tog’aman.
Adashib yozma o’rtoq
Qornim jinday dumaloq.
Men-chi yeti soniman,-----------
Xazinalar koniman.
Belimda border belbog’,
Tushurib yozma o’rtoq.
Tanishaylik, men sakkiz--------
To’qqiz og’am bilsangiz,
Yozish qiyinmas uncha
Ikkita teshik kulcha.
Bilsangiz men toq sonman,---------
No’l qo’shsangiz to’qsonman.
Sakkizdir menga ini ,
Yodingda tutgin buni.
( Raqamlar qo’shig’i)
Matematika kitobi: Zukko,dono do’stlarim,
Aqlingizni charxlayman.
Misollarni tez yeching,
Topqirlikka chorlayman.
Zehningiz ham oshadi,
Sanashda hech shoshmangiz,
Hisob kitob ishida,
Hech qachoh adashmaysiz.
1 – boshlovchi: Bayramingiz ko’p qiziq
Dilimiz kunday ochiq
Savodxon bolalarning
Yuzi quyoshday issiq
2 – boshlovchi: Shirin shaker bolalar
Gulu – jambil lolalar
Bir – biringiz tabriklang
Savodxonlik muborak
1 – boshlovchi: Ona haqida she’rlar
OTA –ONALAR BILAN BIRGA SHART
1 – boshlavchi: - Aziz bolajonlar! Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan Aziz ustozimiz ……………………… opani chin dildan tabriklaymiz.
USTOZ HAQIDA SHE’RLAR
2 – boshlavchi: - Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.
1 – boshlovchi: Oq sut bergan onalar
Mehribonlar otalar
Qutlaymiz sizlarni ham
Savodxonlik muborak.
2 – boshlovchi: O’quvchilar bosh egar
Izingiz ko’zga surar
Ustozlarni barcha qutlar
Savodxonlik muborak
1-boshlovchi: endi sahnamizga qadrli bolajonlarimizning ota-onalarini taklif etamiz.
( Ota –onalar tabrigi)
YANGI YIL QO’SHIQLARI
1 – boshlovchi: Aziz mehmonlar shuning bilan bugungi bayramimiz o’z nihoayasiga yetdi.
2 – boshlovchi: Tashrifingiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |