Savodxonlik bayrami ssenariysi
Boshlovchi: qadim zamonda emas hozirgi tog` va adirlar orasida joylashgan go`zal Zomin tumanida dong`i butun Respublikaga yetgan 75- sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab bor ekan. U maktabda butun umrini, bilimini bolalarga baxshida etgan fidoiy o`qituvchilar ishlar ekan, shular qatorida Olmaxon Nazarova ham o`quvchilarga o`z bilimini berib charchamas ekan.2013 yil 2- sentabr kuni 28 nafar o`quvchini1 – sinfga qabul qilibdi.Ularga bor bilimini berib, ravon o`qishga, hisoblashga va chiroyli xatosiz yozishga o`rgatibdi.Kunlar ketidan- kunlar, oylar ketidan- oylar o`tib, nihoyat 4 oy ichida ular chiroyli yozishni, ravon o`qishni, she`r yod olishni, hisoblashni, masala yechishni o`rgatibdi.Mana ularnining shu bugun “Alifbe” yani “Savodxonlik” bayramini nishonlash uchun yig`ilganmiz. Ularni zo`r mamnuniyat va yaxshi kayfiyat bilan kutib olaylik.
Marhamat!
O`qituvchi: Assalomu – alaykum, hurmatli ota- onalar, mehri daryo ustozlar! Aziz bolajonlar, bugun sizlar uchun eng quvonchli kun.Quvonchlaringizning cheki yo`q. Chunki siz kitoblarning to`ng`ichi bo`lgan Alifbe kitobini o`qib, tugatdingiz. Sizlar ilk bor maktab ostonasiga qadam qo`yganingizda hali o`qishni va yozishni bilmas edingiz.
Ey farzandlar, bu kun sizlar
Ilk dovondan oshasiz.
Barchangiz ham tirishqoqsiz
Ilm olmoqqa shoshasiz
Men sizlarga ushbu kunda
Baxu omad tilayman
Kamolingiz ko`rishlikni
Yaratgandan so`rayman
Baringizga bilim berdim
O`rgatdim qora- oqni
O`qish, yozish, sanashni-yu
Nuqta, vergul so`roqni
Mana bugun savodxonsiz
Hech narsaning yo`q kami
Qutlug` bo`lsin, ushbu ayyom
“Savodxonlik” bayrami
Qisqa vaqt ichida sizlar o`qish, yozish, chizishni, qo`shiq aytib raqsga tushishni o`rganib oldingiz. Bu kun nafaqat sizlar uchun balki, ota- onalaringiz uchun ham qutlug` va unitilmas kundir. Biz ularni ham bugungi bayram bilan tabriklab, hush kelibsiz, aziz ota- onalar! – deymiz.
Ilk tongni qoldirib ortda,
Farzandingiz oshmoqda dovon.
Ota uchun farzand asalu- qandda
Dilda bu kun ming bir hayojon
Ilm yo`li murakkab, ammo
Iste`dodda bular benazir.
Ko`rib ko`zlar quvonar cheksiz
Bayramingiz sizga muntazir
O`quvchi: Odamlar- u, odamlar
O`quvchi: Bog`da bitgan bodomlar
O`quvchi: Eshitmadim demanglar
O`quvchi: Eshitganlar jilmanglar
O`quvchi: Bugun alifbe to`yi
O`quvchi: Avjga chiqsin sho`x kuyi
O`quvchi: Ko`rganlardir darmonda
O`quvchi: Ko`rmaganlar armonda
O`quvchi: he...he...he...he
O`quvchi: Savodxonlik bayramiga Marxamat!
O`quvchi: Quyoshdek shula sochgan
Bilimga keng yo`l ochgan
Bizni erkalab quchgan
Muallimlar assalom!
O`quvchi: uzun tunlar allalab,
Oq yuvib, oq tarab
O`stirdingiz erkalab
Onajonlar assalom!
O`quvchi: Kunday yorug` darsxona
Biz- farzandmiz, siz ona
Bo`lib bizga parvona,
Ona maktab, assalom!
O`quvchi: Tanitib yurt jaxonga,
Erk bergan har insonga,
Qaytdik dinu iymonga,
Mustaqil yurt, assalom!
1 - O`quvchi: O`rtoqjonlar maktabga ilk bor kelgan kunimizni eslaysizlarmi?
2 - O`quvchi: bo`lmasamchi o`shanda judayam kichkina edik.
- kuy yangraydi. Saxnaga o`zga sayyoraliklarning vazoviy kemasi chiroqlarini yondirib- o`chirib kirib keladi.
1 – mehmon:
Bu qandayin sayyora
Ne mo`jiza tilsimlar
Nomi qanday qtalar
Unda yashaydi kimlar?
2 – o`quvchi:
Bu sayyora, ona yer
Quchog`i jannatmakon
Ta`rifiga so`z ojiz!
Yurtimiz O`zbekiston!
O`zbekiston buyuk vatanim manim.
Zaxmatkash dehqonim doim sog` bo`ling
Bu tilak farzandlik tilagim manim
Elimga, yurtimga bayram yor bo`lsin
Gard yuqtirmas nomiga bu erkin diyor
Inson uchun kerakli rizqning bari bor.
Mening jonnajon O`zbekistonim.
2 – mehmon:
Ofarin, ofarin! Bo`ling sog` omon
Xalqingiz baxtiyor, el- yurt faravon.
O`quvchi: Xush kelibsiz, do`stlar, sayyoramizga
Mehmon bo`ling, o`zbek diyorimizga
1 – mehmon: Bu ne shodiyona, qanday tantana
Ko`zlar kular, yangroq qo`shiq tarona
O`quvchi: Yurtimizda bayramlar ko`p, to`ylar ko`p
Yaxshi niyat, orzu xavas o`ylar ko`p
Har bir dami misli oltin bebaho
Alifbe bayramimizga qani marxabo.
2 – mehmon: Alifbe bayrami qanday ajoyib
Etibdi bizga ham bu shodlik nasib
Chin dildan sherikmiz quvonchingizga
Mehmondo`stlik ekan sizga munosib
Raqs ijro etiladi.
O`quvchi: Tinchlik bo`lsin dunyoda
Olam gullarga to`lsin
Biz kabi bolajonlar
Bog`larda quvnab yursin.
- O n a v a t a n i m i z q a n d a y y u r t ?
- M u s t a q i l O` z b e k i s t o n !
O`quvchi: 1991 yil 31 avgust O`zbekiston mustaqil deb e`lon qilindi.
Davlatimiz ramzlarini bilasizmi?
1991 18 noyabrda Mustaqil O`zbekiston Respublikasining bayrog`i tasdiqlandi.
O`quvchi: Bayrog`imizga qarang
Yashil oq va havo rang
Mustaqillikni yoqlab
Turibdi u hilpirab
1992 yil 2 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi gerbi tasdiqlandi.
O`quvchi: Tamg`amizga buyuklik
Aks etgan bilingiz
Xumo qushi yetaklar
Maqsad sari bilingiz
O`quvchi: 1992 yil 10 dekabr yurtimiz o`z madhiyasiga ega bo`ldi.
Bayroq, gerb va madhiya
Davlatimiz ramzidir
Mohiyatin anglamoq
O`g`il qizning farzidir.
1992 yil 8- dekabr O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Illatlardan bo`lib omon
Yo`limiz aylab rovon
Bu kunlar dorulomon
Tashakkur sizga sarbon
V a t a n h a q i d a sh e` r
O`quvchi: Ona yurtim O`zbekistonim
Ey gullagan bog`u bo`stonim
Sen faxrimsan nomusim orim
Fido qilsam arziydi jonim.
V a t a n h a q i d a q o` sh i q a y t i l a d i
O`qituvchi: Bolajonlar! Tariximizga sayohat qilamiz. U yerda buyuk bobolarimiz bilan suxbatlashamiz.
Sahnaga A.Navoiy, Amir Temur, Ibn Sinolar kirib kelishadi.
O`quvchi: (A.Navoiy) Men 1441 yil Xirot shaxrida tug`ilganman.6 yoshimdan she`rlar yozganman.O`qishga juda qiziqqanman.Qo`limdan kitob tushmagan. Xozir sizlarga g`azalimdan aytib beraman:
G`urbatda g`aribu shodmon bo`lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshyon bo`lmas emish
O`quvchi: (Ibn Sino) Mening butun umrim odamlarni davolash, ularning kasaliga malham topish bilan o`tgan. Men ham juda ko`p kitob o`qiganman, izlanganman. Tog`- toshlarga chiqib giyohlar xususiyatini o`rganganman.Mening o`gitlarimni bilasizlarmi?
X A ...
Xom sutni ichma
Sog`likdan kechma
Yo`lda yeyish non
Yomondan yomon
Yurmoqlik iflos
Kasalga asos
O`quvchi: (Amir Temur) Men 1336 yil Shaxrisabzda Xo`ja Ilg`or qishlig`ida dunyoga kelganman. Men yoshligimda qilichbozlikka qiziqqanman. Sizlarga bir qancha savollarimbor. Javob bera olasizlarmi?
Ko`z ne uchun kerak?
O`quvchi: Ota- onaga xizmat qilish uchun
2.Qo`l ne uchun kerak?
O`quvchi: Ota- onaga xizmat qilish uchun
Oyoq ne uchun kerak?
O`quvchi: Yaxshi qadamjolar uchun
Yurak ne uchun kerak?
O`quvchi: Sof vijdon va iymon uchun
Balli, aziz bolajonlari! Aqlingizga ofarin! Siz odb- axloq haqida nima bilasiz?
O`quvchi: Odobli bola elga manzur
O`quvchi: Odobni odbsizdan o`rgan
Endi sizlarga raxmat! Hush qoling azizlarim.
O`qituvchi: Ma`noli shirin so`zi
Oftobday nurli yuzi
Bilmaysizmi bolalar
Qani alifbe o`zi?
O`quvchilar: Alifbejon kel tezroq
Do`stlaring senga mushtoq
Alifbe: Salom aziz bolajonlar
Chiroyli gul lolalar
Aql chirog`i o`zim
Latifdir har bir so`zim
Ilm oftob barchasi
Fanlarning debochasi
Bilimlar darichasi
Egilib deyman salom
Bo`lingizlar xush kalom
Bolalar: Alifbejon sengadir ta`zim
Sen tufayli biyrondir so`zim
Alifbe: Xo`sh bolalar aytingchi
Nimalar bildingiz, mendan.
Bolalar: Ravon o`qiy olishni
Biyron so`zlay olioshni
So`zlar tuzib yozishni
O`quvchi: Avvalo Vatan, ona so`zini o`rgandik.
O`quvchi: Murg`ak qalbim angladi
Bitmas ustoz sehrini
Yuragimga joyladim
Vatan, Ona mehrini
O`quvchi: Vatan misoli onam
Asrar meni bag`rida
Unda mehrim asrayman
Yuragimning qarida
O`quvchi: Vatan mening onamsan
Issiq quchog`ing
Olamda yagonamsan
Aziz tuprog`ing.
O`quvchi: Oq sut berib o`stirgan
O`zi kiymay kiydirgan
Yemasdanda yedirgan
Onajon sizga ta`zim.
O`quvchi: Qora ko`zligim degan
Shirin so`zligim degan
Dardimga darmon bo`lgan
Onajon sizga ta`zim.
Alifbe: Balli jajji bolajonlar
Bilimdonu donolar
Yana savolga qalaysiz?
Qay tovushlar bilasiz?
Tovushlar tilga kirsin
O`z ta`rifin aytsin.
O`quvchilar birin ketin har bir tovushga ta`rif berib she`r aytishadi
Alifbe qo`shig`i aytishadi.
Alifbe: Bu yilni yurtboshimiz qanday yil deb atadi?
O`quvchi: “Obod turmush yili ”
Oilamiz qanchalik mustaxkam bo`lsa turmushimiz shunchalik obod bo`ladi.
Q o` sh i q k u y l a n a d i
Alifbe: Bolajonlar siz mendan
Ko`p narsalar bildingiz
Bilim to`la konimdan
Duru gavhar terdingiz
Fursat yetdi siz bilan
Xayrlashib ketaman
Do`stim o`qish kitobni
Endi taklif etaman.
O`quvchi: Xayr alifbejonim
Raxmat aytib qolamiz
Omon bo`lgin biz senga
Oq yo`l tilab qolamiz.
O` q i sh k i t o b i k i r i b k e l a d i.
Salom aziz bolalar
Chiroy;li gul lolalar
Menchi o`qish kitobman
Nur sochgan oy oftobman
Yoningizga keldim men
Saxifamni yirtmangiz
Meni xafa qilmangiz.
Bolalar: Kitobim xush kelding sen
Dilni xushnud etding sen.
O`qish kitobi: Aziz bolajonlar sizlar o`qib ilm olishning afzalliklari haqida nimalar deya olasiz?
O`quvchi: O`qib- uqsak har qancha
Bizga bo`lar shirin til
O`quvchi: Yaxshi o`qib yaxshi bil
Shunda bo`lar shirin til
O`quvchi: Kim o`qisa ko`p ravon
Bunda bo`lar besh hamon
Ravon o`qish bo`lar kam
Kerak yaxshi bilish ham
O`qish kitobi: Balli aziz do`stlarim. Men sizlar bilan 4- sinfgacha birga bo`laman.
O`qituvchi: Uninf ishi hisob- kitob
Hamda berish nuru oftob
Bo`lmay qolsa agar bir kun
Dunyo bo`lar zim-ziyo tun
Qani bolajonlar sahnaga matematika kitobini taklif etamiz.
Matematika: Men o`rgataman hisobni
Fanlarning podshosiman
So`zlarim ko`p bebaho
Donolar oshnasiman
O`rgan meni ertayu kech
Yomon baho bo`lmasin hech
Kimki bilsa meni a`lo
U bilmli hamda dono
Ana endi sinayman
Sonlar tilga kirsin
O`z ta`rifin aytsin.
O - Juda puch ham emasman
O`ylagandek ba`zilar
O`tsam sonlar o`rniga
Kuchim yaqqol ko`rinar.
1 - Noldan keyin turaman
Chizg`ichingga qarab boq
Sonlar ichra doimo
Birinchiman ey o`rtoq
2 - qanotimni ko`rganlar
Qiyos etar oq qushga
Mendan dir- dir titraydi
Ixlos yo`q o`qishga
3 - Bilimingni baholab
Noiloj qoniqaman
Qachon o`tar to`rtga deb
Ko`z tutib toliqaman
4 - To`rt soniman bilsangiz
Meni xafa qilmangiz
Ko`ray deb qilsam havas
Uchga birni qo`shsang bas
5 - Meni derlar besh soni
A`lochilarning joni
Olti sonidir akam
Uch, to`rt sonlar mendan kam
6 - Men oltiman juft sonman
Jo`ja birdek ko`p sonman
Oltiboyga otdirman
Yomonlikka yotdirman
7 - Uch, to`rt, besh, olti, yetti
Qarang bizga so`z yetdi.
Sizga aytar shul so`zim,
Yetti bizga teng o`zim.
8 - Jimjimador shaklim bor,
Ko`rganlar qilar havas.
Toza hamda chiroyli,
Yozishni o`rgangsang bas.
9 - Shaklim o`xshar vergulga
Oltiga qarindoshman
Bir xonali sonlarga
Xozirdan karvonboshman
10 - o`n og`a- ini jammiz
Diqqat qiling bolalar
Ko`ring mendan boshlanar
Ikki xonali sonlar.
Matematika: Raxmat meni sevganga
A`lo baho olganga
Endi o`ynab qiling sayr
Uchrashguncha xayr!
2-mehmon: Aqlingizni boyitgan, fikringizni charxlagan, tilingizni biyron qilgan ustozingiz Kim?
O`quvchilar: ___________________________________
O`quvchi: Bu quvonch baxtiyorlik
Ustozimiz mehnati
Fidoiy jonkuyarlik
Ustozimiz zaxmati
O`quvchi: Bilim berib mehrla
Boshimizni silagan
G`ururlanib faxr-la
Baxt va omad tilagan
O`quvchi: Chiqardi savodimiz
Padardek ulug` ustoz
Biz baxtiyor avlodmiz
Vatanda topdik e`zoz.
O`quvchi: Qo`limiz ko`ksimizda
Qilamiz qulluq ta`zim
Ravon nurli yo`limiz
Raxmat ustoz muallim!
1-mehmon: Qanday bilmdonsiz, qanchalar baxtli
Shijoatli mag`rur, bir so`zli, ahdli
Qanchalar sevasiz Ona Vatanni
Baxshida aylaysiz unga jon tanni
Qanchalar fidoiy ustozlaringiz
E`zozda bo`lishsin ustozlar har giz.
2-mehmon: Yurtga bo`lgan mehringizdan
Hurmatimiz yuksaldi
Quvvat olib sehringizdan
Kemamiz ham qo`zg`aldi.
Yaxshi qoling qadrdonlar
Xayrlashmoq fursati
A`lo o`qing bolajonlar
Ortsin vatan shuxrati.
O`quvchi: Biz o`zbeklar mehmondo`stmiz.
Yana tashrif buyuring
Salom ayting Yupiterga
Doim sog` - omon yurung.
Bolalar: Xayr, “Oq yo`l!”
O`quvchi: A`ziz ustozlar, mo`tabar mehmonjlar, qadrli va mehribon ota- onalar! Mana bugungi “Savodxonlik ” bayramimiz ham o`z poyoniga yetib borayapti.
O`quvchi: Bizga bilim bergan ustozimizga yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiramiz. A`ziz ustozlar hanisha elu-yurt ardog`ida bo`ling.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar! Sizlar buyuk yurtda tug`ilgan, juda katta imkoniyatlar yaratilgan. Vaqti kelib yurtimiz ravnaqi yo`lida xizmat qilish sizning muqaddas burchingizga aylanadi. Shu muqaddas Zamin siz-u bizning Vatanimizdir.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |