Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Vaqti: 4 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
Ma’ruzada o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob
2. Talabalarning dars ishlanmalarini eshitish
3.Eshitilgan dars ishlanmalarini tahlil qilish
4. Asosiy davr «Alifbe» darslarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning savod o‘rgatish asosiy davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning savod o‘rgatish asosiy davri yuzasidan ma’ruza da o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. Savod o‘rgatish asosiy davri «Alifbe» va yozuv darslari reja konspektini tayyorlashni o‘rgatish.
3. Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga o‘rgatish.
4. «Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
5.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Savod o‘rgatish asosiy davri «Alifbe» va yozuv darsi ishlanmasini tuza olish.
2. Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini bildirish.
3. «Alifbe» darsligida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4. Mashg‘ulotda faol qatnashish
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Kuzatish,izlanish, savol-javob, klaster.
Kompyuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo‘llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Texnologik xarita
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Alifbe davri o‘qish va yozuv darslari konspektini tuzish), maqsadini, mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.
|
1. Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod: suhbat asosida ma’ruza yuzasidan o‘rganilganlar savollar asosida eslatiladi.
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
1. Amaliy: har bir kichik guruh uch daqiqa davomida o‘zaro maslahatlashib, eng ma’qul dars ishlanmasi va unga tayyorlangan ko‘rgazmani tayyorlaydilar. Tanlangan dars ishlanmasi asosida guruh asosiy davri «Alifbe» mini darsini o‘tadilar.
Dars ishlanmalari eshitilganch, talabalar darsini tahlil qiladilar, ya’ni darsning mavzusi, maqsadining belgilanishi, dars qurilishi, tanlangan metod va ish turlari, ko‘rgazmalar haqida yutuq, kamchiliklarini aytadilar, fikr-mulohaza bildiradilar.
O‘qituvchi talabalarning javoblarini umumlashtiradi va tegishli tavsiyalarni beradi.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig’ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti, T-2005.
K. Qosimova, S. Matchonov, X. G’ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Saryiev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yichak yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim», 2005 yil, 5-son
Safarova R va boshqalar, «Alifbe» T-2010
Safarova R va boshqalar, «Savod o‘rgatish», T-2004
Abdullayeva Q va boshqalar, «Savod o‘rgatish» T-1996
G’afforova T va boshqalar, «1-sinfda savod o‘rgatish», T-2012
G’ulomov M «Yozuv daftari», T-2012
1-ilova.
Tеkshirish uchun savol va topshiriqlar.
1-guruh uchun savollar:
1. Savod o‘rgatish jarayonida qaysi mashqlardan foydalaniladi?
2. Analiz mashqlarining turlarini ayting. Ulardan qaysi o‘rinlarda foydalaniladi?
2-guruh uchun savollar:
1. Sintеz mashqlarining turlarini ayting. Sintеz mashqlarini uyushtirishda kеsma harf va kеsma bo‘g‘inlarning ahamiyatini misollar asosida izohlang.
2. Nazariy matеriallarsiz grammatika va imloni amaliy o‘zlashtirish dеganda nimani tushunasiz?
3-guruh uchun savollar:
1. Diksiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi?
2. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirishda qanday manbalardan foydalaniladi?
4-guruh uchun savollar:
1. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stiruvchi vazifalariga nimalar kiradi?
2. Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlari nimalardan iborat?
2-ilova.
Talabalar tayyorlab kelgan dars ishlanmalari asosida mini darslar uyushtiriladi. Bunda talabalar dars bosqichlarini navbatma-navbat ko‘rsatib boradilar.
1-talaba-tashkiliy qismini
2-talaba-uy vazifasini eslatish bosqichini
3-talaba-o‘rganiladigan tovush-harfni tushuntirish bosqichini
4-talaba-dam olish daqiqasini
5-talaba-mustahkamlash bosqichini
6-talaba-darsni yakunlash bosqichini
Amaliy mashg‘ulotda dars fragmentini namoyish etgan va bahs-munozarada qatnashgan talabalarni baholash mezonlari
№
|
Baholash mezonlari
|
Ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1.
|
Amaliy mashg‘ulot mavzusining yoritilishi
|
|
|
|
|
|
2.
|
Bayon etishning to‘liqligi, aniqligi, ketma-ketligi, mantiqiyligi.
|
|
|
|
|
|
3.
|
Qo‘llanilmagan ta’limiy vositalar o‘quv materiallarining to‘g’ri, tanlanganligi va ulardan o‘rinli foydalanish.
|
|
|
|
|
|
4.
|
O‘qituvchi mahorati
|
|
|
|
|
|
5.
|
O‘qituvchining nutq madaniyati
|
|
|
|
|
|
6.
|
Xulosalarning aniq ifodalanishi
|
|
|
|
|
|
7.
|
Dars tahlili.
a) ijobiy tomnlarini ko‘rsatish;
b) kamchiliklarini ko‘rsatish;
v) tavsiya berish va uni asoslash.
|
|
|
|
|
|
8.
|
Savollar bilan ishtirok etish, savollar soni.
|
|
|
|
|
|
9.
|
Dasr bo‘yicha talabining Shaxsiy fikri va ijodkorligi
|
|
|
|
|
|
10.
|
Vaqtga rioya qilishi
|
|
|
|
|
|
11.
|
Jami (eng yuqorisi).
|
|
|
|
|
|
2. Dars ishlanmasi yuzasidan tavsiyalar beriladi.
3. Mashg‘ulot yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |