Yozuv jarayonida oquvchilar ruchkani togri ushlashni, daftarni togri qoyishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular boylab qolni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sigish-sigmasligini moljallashi lozim. Bu jarayon oquvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar otkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida oquvchi ruchkani qogoz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib toxtaydi va namuna bilan solishtiradi, bazan chiziqdan chiqib ketadi, notogrilarini boyab, togrilaydi. Bunda u oqituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qoli va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi.
Yozuv jarayoni oquvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli bu jarayonga oqituvchi sabr-qanoat bilan katta etibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan togri bolishi savodxonlikning yuksak belgisidir.
Savod orgatishda analitik-sintetik tovush metodi.
Savod chiqarishda oquvchilarning jonli nutqiga asoslanish, oquvchilarni har tomonlama rivojlantirishga etibor berish lozimligini qayd etadi.
Savod orgatish davrida oqitish metodlari va usullari oquv faoliyatining yetakchi turiga qarab belgilanadi. Savod orgatishning tayyorlov davrida nutq, og`zaki va yozma nutq tushunchalarini shakllantirishda reproduktiv metod, tushuntirish metodi qollansa, gap va soz, soz va bog`in, tovush tushunchalarini shakllantirishda analitik metod qolaniladi.
Savod orgatishning alifbo davrining tovush va harf organiladigan dars bosqichida analitik metod qollaniladi. Organilgan tovushlar bilan bogin hosil qilish va oqishda, boginlarni qoshish va oqishda sintetik metod qollaniladi.
Bunda ikki faoliyatning qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab mazkur metodlardan biri tanlanadi.
Analitik metodda sozdan yoki bogindan tovushni ajratish va uning ornini aniqlash, tovushning xususiyatlari bilan tanishtirish, togri talaffuzi ustida ishlash, organilayotgan tovush ishtirok etgan sozlarni farqlash, tovushning yozuvdagi shakli harf bilan tanishtirish ishlari amalga oshiriladi. Organilgan harflar bilan bog`in hosil qilish va oqish, boginlarni qoshib soz oqish, organilgan tovush ishtirok etgan sozlarni qatnashtirib gap tuzish ishlari sintetik metodda amalga oshiriladi.
Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodi ananaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida bolgan tamoyillariga ega.
Metodning ananaviy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savod orgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga kora talimiy va ostiruvchi xarakterda boladi, nutqiy mashqlar orqali aqliy osishini taminlaydi, oqishning ongli bolishini talab etadi.
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bolinadi:
a) alifbegacha tayyorlov davri;
b) alifbo davri.
Bunda yozuvga orgatish oqishga orgatish bilan parallel holda olib boriladi.
3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtayi nazardan quyidagilarga etibor qaratiladi:
a) savod orgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga
asoslanadi;
b) savod orgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
d) oqish birligi sifatida bogin olinadi, bogin ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Talim jarayonida oquvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar.
Alifbe sahifalarida dostlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar oyinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda ozaro dostlik, mehnatsevarlik, mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va oqishni sevish, umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, goyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod orgatish vazifasiga kiradi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |