Savod oʻrgatish metodikasining maqsad va vazifalari



Download 1,69 Mb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#749278
  1   2
Bog'liq
Parmanova Mavluda Savod oʻrgatish

Savod oʻrgatish metodikasining maqsad va vazifalari

Parmanova M BT207

Savod orgatish metodikasining maqsadi bolalarni boshlangich oqish va yozishnga orgatishdir. Ozbek alifbosiga asoslangan holda qisqa vaqt ichida oquvchilar oqishni va yozish oqish va yozish konikmasini egallaydilar.

  • Savod orgatish metodikasining maqsadi bolalarni boshlangich oqish va yozishnga orgatishdir. Ozbek alifbosiga asoslangan holda qisqa vaqt ichida oquvchilar oqishni va yozish oqish va yozish konikmasini egallaydilar.
  • Savod orgatish davrida til talimi mazmuni oquvchilarga beriladigan til va nutq sohasidagi bilim va konikmalar bilan belgilanadi. Savod orgatish davrida oqish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish oqish va yozish konikmasi deyiladi.

Bu konikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday konikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim konikmaga aylanmagan bolishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki oquvchi harflarni tanib, ularni oqiy olmasligi mumkin. Yozish konikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, yani yozish jarayonida partada togri otirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qoyish kabilar ham orgatiladi.
Oqish va yozish konikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida oquvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida oylab otirmay, soz va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, oqish va yozish malakasi harakatning oylab otirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka oqitishning keying bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
Oqish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bolib, u nutqqa oid malakadir. Oqish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, yani ogzaki hikoya qilish, ozgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bogliq holda shakllanadi. Maktabda oqitishning muvaffaqiyati savod orgatishning qanday tashkil etilganligiga bogliq.
Savod orgatish metodikasida ozbek tili tovushlar va harflar tizimining oziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. Ozbek tilining tovush tizimi va yozuvi. Ozbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yildan boshlab ozbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
Oqituvchi savod orgatish jarayonida oquvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab oqishga orgatishda ozbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod orgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. Soz boginga bolinadi, bogindan kerakli organilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, organiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun oqish jarayoni ozlashtiriladi. Bunda ozbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
Savod orgatishda ozbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod orgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi ozbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o.
E harfi soz va bogin boshida qollanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin orta keng lablanmagan unli tarzida oqiladi (kel, tez). Savod orgatishda oldin soz boshida keladigan ye, songra undoshdan keyin keladigan ye tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
O harfi ozbekcha, umumturkiy sozlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal sozlarda urgusiz boginda a tarzida (botanika), o tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal sozlar savod orgatish davridan song oquv jarayoniga kiritiladi.
A tovushi bahor, savol kabi sozlarda o kabi, muomala, munosabat kabi sozlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi sozlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi sozlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. Ozbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (joja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni orgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, yani ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bogin va soz tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, orgatiladi. Harf birikmalarini orgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida organilishi maqsadga muvofiqdir.
Savod orgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish orni orgatiladi. Oquvchilarni oqishga orgatish bogin asosida olib boriladi. Boginlab oqishga orgatish uchun sozni boginga bolish, bogin chegarasini aniqlashni orgatish muhim sanaladi. Savod orgatish davrida oquvchilar sozlarni boginlarga togri bola bilsalar, oqish konikmasini ham yaxshi egallaydilar.
Oqishning dastlabki bosqichida orfografik oqishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik oqish konikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan sozlar oldin orfografik, songra orfoepik oqib beriladi va ularning oqilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. Oquvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bolganlaridan song orfoepik oqish mashq qilinadi.
Oqish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi
Oqish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi oquvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. Kichik yoshdagi oquvchini oqishga orgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola oqish paytida bitta harfni koradi, uni bilish uchun rasmlarni koz oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq oqituvchi aytishga yol qoymaydi, undan boginni aytishni talab qiladi. Oquvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi sedan chiqib qoladi yoki ularni qoshib bogin, bogindan soz hosil qilguncha, oqish jarayoni sustlashadi.
2. Kopincha bola oqiyotgan qatorni yoqotib qoyadi, harfni, boginni, sozni qayta oqishiga togri keladi. Oquvchining diqqati kengaygan sari bogin va sozni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. Oqishni endi organayotgan bola oqiyotgan matn mazmunini ozlashtirmaydi, chunki u sozni qanday oqishga kop kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, oqituvchining savollari, korgazmali qurollar ularning ongli oqishlarini taminlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon sozni birinchi boginiga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato oqishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun soz boginlab oqitiladi, sozni bogin-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
Oqishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun oquvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini ostirishga katta etibor berish kerak. Savod orgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini ostirishga, yani tovushni aniq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga orgatish, bogin yoki sozdan osha tovushni ajrata olish konikmasini ostirish muhim sanaladi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish