O‘rta Osiyoga arablar istilosi, uning oqibatlari. Arablashtirish siyosati uning maqsadi va usullari. Ulkada islom dinini yoyilishi.
VI asrning o‘rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabi la, urug‘larning hayot tarzi qoloq bo‘lib, ularning mutlaq ko‘p- chi ligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko‘ch manchi badaviy oilalari, urug‘lari o‘z chorva mollari uchun yer-suv, o‘tloq qidirib keng sahrolar bo‘ylab kezib yurganlar. Faqat-gina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va Janubiy Yaman da arab qabilalari, asosan, o‘troq hayot kechirgan, savdo-so- tiq, hunar mandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa, Hijoz-ning bosh shahri – Makka xalqaro karvon savdosining muhim mar-kazi hisob langan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining tur-li min ta qa lar bilan bog‘langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlari ning kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug‘-larini bir lashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda yetakchi o‘rin egal lashiga imkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko‘ch-manchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir mu him omil – bu shu yerlik quraysh qabilasining hoshi miylar urug‘idan chiqqan payg‘ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallam nomi bilan bog‘liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta’limoti bo‘ldi. Muhammad binni Abdulloh (570–632) hayotining oxirlariga kelib 630-yilda ko‘p sonli arab qabilalarining islom bayrog‘i ostida birla-shuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.) 632-yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq xalifa deb e’lon qilindi. Shu tariqa, Arab xalifaligi tashkil topdi.
VII asrning ikkinchi yarmiga kelib xalifalik e’tibori O‘rta Osiyo yer lari ni bosib olishga qaratildi. 651-yilda arablar jangsiz Marv shah-rini egallaydilar, so‘ngra Amudaryogacha bo‘lgan qilindi. Arablar bu hududlarni Xuroson, deb ataydilar. Bu viloyat arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali bosh qa ril gan. Noib qarorgohi Marvda joylashgan. Arablar Amudar yodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko‘r dilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni, deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bos qichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tmoq joiz. Uning birinchi bosqichi VII asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo‘shini Amudaryo atrofidagi hu dud larga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’lum o‘ljalarni qo‘lga kiritib, ortga qaytgan lar. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko‘rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abuso‘fiyonning 654-yilda Maymurg‘ga, 667-yilda Chag‘oniyonga, 673-yilda uning o‘g‘li Ubay dulla ibn Ziyodning Amudaryodan o‘tib Poykand, Romiton yerlarini egal lashi, so‘ngra Buxoro hukmdorini yengib, o‘z foy- dasiga sulh tuzib, kat ta xazina, boyliklarni qo‘lga kiritishi va nihoyat, 675–676-yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo‘shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni yengib, katta boylik va ko‘p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi bular O‘rta Osiyo hu dudlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O‘lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asr ning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Xususan, 705-yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O‘rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707-yilda Amudaryodan o‘tib Poykandni egal lash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy aholi qarshiligini yengib shaharni qo‘lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og‘ir janglar bilan fath etiladi. 710-yilda Qutayba mahalliy hukm dorlarning o‘zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug‘dning bosh shahri – Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko‘rdi. Shu ora da Xorazm shohi Chag‘on o‘z ukasi Nurzod bosh-chiligida ko‘ta ril gan xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda yordam so‘rab Qutay baga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xora zmga yurish qildi. Qo‘zg‘olon bostirildi, Nurzod o‘ldirildi. Biroq Xora zm shoh bundan hech narsa yutmadi. Aksincha, u o‘z musta qilligini yo‘qotib, xalifalikka tobe bo‘lib, qoldi. Chag‘on ning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etish ga majbur etildi. 712-yilda Qutayba Samarqandga hujum qildi. Bu paytda Samar qand hukmdori G‘urak edi. G‘urak arab qo‘shinlariga qarshi jang qildi, ammo kuchlar teng bo‘lmaganligi sababli taslim bo‘ldi. Qutayba bilan G‘urak (710–737) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan u arab larga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hiso bi ga boj to‘lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o‘rnida berishi ko‘z da tutil-gan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi – Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida berildi. Uning tub aholisi esa o‘z joyidan mahrum etildi. Arab qo‘shini 713-yil da Sirdaryo orqali yurish boshlab O‘rta Osiyoning sharqiy hudud larini egallashga kirishdi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg‘ona vodiysini egallaydi, ko‘p o‘tmay, o‘lkaning bosh qa hudud-lari ham birin-ketin ishg‘ol qilindi. Shu tariqa, qirg‘in-barot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arab lardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nis ba tan mislsiz zulm va zo‘ravonlik o‘tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomi da yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, osori-atiqa-lar ta lan di, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz no dir kitoblar, qo‘lyozmalar yondirildi. Zardushtiylik va buddizm dinining ko‘plab ibodatxonalari, muqaddas qadamjolari kunpayakun etildi. O‘lka aholisini islomlashtirish jarayoni g‘oyat murakkab kechgan. Arab ma’murlari ko‘p hollarda zo‘rlik va kuch ishlatish yo‘li bi lan mahal liy xalq vakillarini islomni qabul qilishga undaganlar. Islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi ni hoyat da qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qur-bonlar beril gan. Arablarning o‘zlarini xo‘jalar, sahobalar, say yidlar, oqsuyak lar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg‘usini kuchaytirgan.Arablarning o‘z yurtlaridan ko‘p minglab qabila, urug‘larni O‘rta Osiyo ga ko‘chirib keltirib eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalarni o‘z yer-mulkidan mahrum etishlari ham ularga qarshi ommaviy noroziliklarning kuchayib borishiga sabab bo‘lgan. Masa-lan, dast labki paytlarda quraysh qabilasining 5 mingdan ziyod aho-lisi Sa mar qandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va boshqa sha har larda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi bilan yerli aholi chetga surib chiqarilib, ularning yerlariga ham arab qabilalari joy lash tirilgan. Buning asl sababi shundaki, bosqinchilar bu begona hu dudda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta yaratish yo‘li bilan o‘z hukm-ronligini kuchaytirishga uringanlar.Arab larning Vatanimiz hududida yurgizgan zo‘ravonlik va mus- tamlakachilik siyosati, shubhasiz, yerli aholi turli ijtimoiy qatlam-larining keskin norozililgiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida arablar hukmronligi davomida o‘lkaning turli hududlarida xalq g‘alayonlari yuzaga kelib, alangalanib bordi.
O‘rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari
♦ Sug‘diyonada 720–722-yillarda G‘urak va Deva sh-
tich boshchiligida.
♦ Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725–729-yillarda.
♦ Tohariston va Sug‘dda 736–737-yillarda.
♦ Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchi-
ligida 747–750-yil larda.
♦ Muqanna qo‘zg‘oloni 776–784-yillarda.
♦ Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni 806–810-yillarda.
720–723-yillarda Sug‘diyonada yuz bergan G‘urak (Samarqand hu km dori) va Devashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘z-g‘olon arablar hukmronligiga qarshi yo‘nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo‘lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g‘a zab ga kelgan o‘n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Yan gi tayinlangan va zolimlikda nom chiqargan Xuroson noibi Said Xaro shiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni shaf qatsizlarcha bostirishga muvafiaq bo‘ladi. Qo‘zg‘olon rahbarlari-dan biri – Devashtich ham ushlanib qatl etiladi.725–729-yillar davomida xalifalikning og‘ir soliq siyosatiga qar shi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko‘tarilgan qo‘zg‘o -lon lar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo‘z g‘o lon-chilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norozilik bil dirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholi ning arablar bilan to‘qnashuvi chinakam jang-u jadal tus olgan. 736–737-yillarda Tohariston va Sug‘dda yangidan ko‘tarilgan kuchli qo‘zg‘o-lon o‘z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb et gan di. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi hukmdori, usta dip lo mat Nasr ibn Sayyor (738–748)ning uddaburon siyosati, nizoli ma sa la larni hal etish borasidagi tadbirlari tufayligina qo‘zg‘olon harakat lari ni bar-taraf etish, o‘lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo‘ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa, uning nufuzli qat lamiga muay-yan yon berishga majbur bo‘ldi. Jumladan, u arab larning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchay tirishga intildi. O‘zi ham buxorxudot Tug‘shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juz’yadan ozod etildi va barcha musul monlar huquqiy jiha-tdan tenglashtirildi. Xiroj solig‘i to‘lash barcha uchun baravar, deb e’lon qilindi.VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash boshlanadi. 748-yilda Abu Muslimning Xurosonda ko‘targan qo‘z g‘oloni, uning 749-yilda xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Umaviy Mar-von II taxt dan ag‘dariladi. 749-yilda abbosiylar xona doni dan Abul Abbos Saf fon taxtga ko‘tariladi. Abbosiylar sulo la si 749–1258-yillarda xalifalikda hukmkonlik qiladi. Biroq, abbosiy lar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq qo‘z-g‘olonlari tez-tez ko‘tarilib turdi. Muqanna qo‘zg‘oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asorati-ga qar shi olib borgan kurashi tarixida alohida o‘rin tutadi. Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu qo‘z g‘olon ga o‘z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg‘usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hokim, ammo Muqanna (ya’ni, yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan shaxs rahnamo bo‘ldi. Muqanna umaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Abu Muslim qo‘zg‘olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo‘ lini bosib o‘tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik darajasiga ko‘taril-gan (757–759). 759-yilda Xuroson Amiri Abdujabborning xali fa ga qar shi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindon-dan qochib 769-yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g‘oyalarini o‘ziga singdir gan taniq li siymo bo‘lgan. Shuning uchun ham uning yangi-dan xalq kurashiga bosh bo‘lishi bu hara katning keng quloch yozishi-ga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyor garlik ko‘rish jarayon-larini ham hisob ga olganda 14 yilni o‘z ichiga oladi) sabab bo‘libgina qolmay, ayni chog‘da, arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar ber-di. Qo‘zg‘olon 776-yilda Marvda bosh lan gan bo‘lsa-da, u tez orada Movaroun nahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo‘zg‘oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naqshab-u Kesh hududlari aholi-si ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohan garon, Shosh, Farg‘ona vodiysining ko‘p sonli aholisi ham quvvatlab chiqadi. Qo‘zg‘olon-ning bosh g‘oyasi – muqaddas yurt ni aj na biy hukm ronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo‘lga kiritish g‘oyasi bo‘lgan. Mana shu yuksak vatan parvarlik tuyg‘usi qo‘zg‘olonchilarga ma’na-viy madad bag‘ish lagan, ularni uzoq vaqt davomida arablar ning katta harbiy kuchlari bilan mar donavor kurash olib borishiga sabab bo‘lgan. «Oq kiyim lilar» qo‘z g‘oloni yurtimiz ning ozodlik kurashi tarixida katta dov rug‘ taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi.
Rossiyada Fevral burjua—demokratik inqilobning g‘alabasi, uning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |