Savanna va siyrak o'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o'rmonlar tuproqlari Reja


Ma’ruza-14 14–Mavzu: Tuproq kartalari, yer kadastri va tuproq bonitrovkasi hamda yer resurslari



Download 1,63 Mb.
bet52/152
Sana29.05.2022
Hajmi1,63 Mb.
#615429
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152
Bog'liq
Savanna va siyrak o\'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o\'rmonlar tuproqlari

Ma’ruza-14
14–Mavzu: Tuproq kartalari, yer kadastri va tuproq bonitrovkasi hamda yer resurslari.
Reja:
1. Tuproqni xaritalash va tuproq xaritalari.
2. Yer kadastri va tuproq bonitrovkasi.
3. Dunyoning yer resurslari yasi.


Tayanch iboralar: Distansion usullar, ekspeditsiya usullar, paleogeografik (genetik) usullar, qiyoslash usullar, legenda, atlas, mayda masshtab, о‘rta masshtab, yirik masshtab, kadastr, tuproq bonitirovkasi, antropogen landshaft, ishlov beriladigan yerlar.
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Tuproqlarni xaritalash usullari. Tuproq – geografik xaritalashda olimlarning ishlari. Tuproqlar xaritalarni guruhlarga bо‘linishi.Yer kadastri va tuproq boniterovkasi.Yer kadastri va tuproq boniterovkasi. Dunyo va О‘zbekistonning yer fondini o’rganish
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Tuproq xaritalarini tuzishda mezorelyef bо‘yicha tuproqlarning joylashishi va tuproq qoplamining tuzilmalari muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu bois ham tuproq xaritasini yaratish ancha murakkab.
Tuproqlarni xaritalashda kо‘proq: kartagrafik, distansion, ekspeditsiya, geokimyoviy, litologik – geomorfologik, paleogeografik (genetik), qiyoslash usullaridan foydalaniladi.
Ilk tuproq xaritalari sо‘rov ma’lumotlari asosida tuzilgan bо‘lsa, keyinchalik dala tadqiqotlari asosida va keyingi davrlarda koinotdan olingan fotosuratlarga tayangan holda ham tuzila boshlandi.
V.V.Dokuchayev о‘zining dala tadqiqotlari natijalaridan foydalanib tuproq xaritalarini tuzishda tuproq qoplami bilan relyef tuzilishi va joyning balandligi о‘rtasidagi ma’lum aloqadorlikga tayangan.
Birinchi tuproq tipologiyasini о‘zida namoyon etgan genetik – geografik tamoyil asosida tuzilgan tuproq xaritasi ham V.V.Dokuchayev tomonidan 1882 yilda tuziladi va bir yildan sо‘ng uni ,,Rus qora tuprog‘i” kitobida ilova tarzida beriladi. U tomonidan tuzilgan Shimoliy yarim sharning tuproq xaritasi 1900 yilda Parijda bо‘lib о‘tgan xalqaro kо‘rgazmada namoyish etiladi.
1901 yilda Dokuchayevning genetik – geografik tamoyili asosida V.V.Dokuchav boshchiligida N.M.Sibirsev, G.I.Tanfilyev va A.R.Ferxminlar tomonidan yaratilgan Rossiyaning Yevropa qismining tuproq xaritasi rus tuproq xaritashunosligining shakllanishida muhim bosqich bо‘ldi.
1930 yilda L.I.Prasolov (1:1000000), 1954 yilda N.N.Rozov (1:4000000), 1964 yilda I.P.Gerasimov (1:1000000), 1988 yilda V.M.Fridland (1:2500000), 1995 yilda M.A.Glazovkaya (1:4000000) kabilar tomonidan yaratilgan MDH va Rossiya Federatsiyasining tuproq xaritalarining ilmiy – amaliy ahamiyati katta.
Dunyo miqiyosida tuproq xaritalarining yaratilishida esa K.F.Glinka (1906, 1915, 1927), L.I.Prasolov (1937), D.G.Vilenskiy (1950), I.P.Gerasimov (1956, 1960, 1964), V.A.Kovda (1975) kabilarning xizmatlarini e’tirof etish lozim.
Agar avvalgi dunyo tuproq xaritasi (K.D.Glinka, 1927) legendasida 15 ta shartli belgilar bо‘lgan bо‘lsa, L.I.Prasolovning (1937) dunyo tuproq xaritasida 26 ta, dunyo tabiiy – geografik atlasidagi Dunyo tuproq xaritasi (1964)da legenda belgilari deyarli uch marta ortganligini kо‘rish mumkin. Demak, u borgan sari tuproq xaritalarini tuzish usullari va mazmunining takomillashib borayotganligidan dalolatdir.
I.P.Gerasimov xaritalarning masshtabiga qarab quyidagi toifalarga bо‘ladi:
mayda masshtabli – masshtabi 1:500000 dan kichik;
о‘rta masshtabli – masshtabi 1:100000 dan 1:300000 gacha;
yirik masshtabli – masshtabi 1:10000 dan 1:50000 gacha;
mukammallari – 1:5000 va yirik.
Tuproq xaritalari tuproqning hududda tarqalish xususiyatlarini, aniq maydonlardagi tuproq tiplari, ularning majmuasini aks ettiradi. Xarita eksplikatsiyasida qishloq xо‘jaligida foydalaniladigan barcha tuproqlarning mavjud maydonlari kо‘rsatilgan bо‘ladi. Tuproq xaritasiga ilova qilinadigan legendada – tushuntirish matnida hududning tabiiy sharoiti, tuproqlarning tarqalishidagi qonuniyatlar, ulardan maqbul – oqilona foydalanish, tuproq xossalariga kо‘ra yer maydonlarida olib boriladigan zarur tadbirlar yoritiladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish