Elektrodli datchiklar suyuqlik ichiga tushiriladigan bir va bir necha
elektrodlardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday turdagi datchiklarda suyuqlik
satxining o’zgarishi natijasida elektrodlar orasidagi muxitning aktiv va sig’im
49
o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Suyuqlik muxitining aktiv o’tkazuvchanligi
o’zgarishiga asoslangan elektrodli satx datchigining sxemasi 2.16, v-rasmda
keltirilgan.
a)
b) v)
2.16-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) satx datchiklari.
Sochiluvchan
maxsulotlarni,
shu
jumladan don maxsulotlarining satxini
nazorat qilish suyuqlik satxini nazorat qilishga nisbatan anchagina
murakkabrokdir, chunki bu maxsulotlar anchagina elektr qarshiligiga ega hamda
ular don bunkeri to’lishi bilan gorizontal tekislik hosil qilmaydi. Bundan tashqari
bunkerlarni don bilan to’lishida datchiklarning sezgirlik elementlari shikastlanishi
mumkin.
Don satxini elektrodli datchik yordamida nazorat qilishning prinsipial
sxemasi 2.17, b-rasmda keltirilgan. Bunday datchikning ishlash pritsipi
quyidagicha: elektrodlararo oraliqning (E) don bilan tulishi natijasida elektrodlar
orasidagi o’tkazuvchanlik oshadi, natijada gazorazryadli lampa (YeL) yonadi va
releni (R) ishga tushiradi hamda don uzatish liniyasiga signalni uzatadi. Sxemaga
R3 va R2 rezistorlardan tashkil topgan kuchlanish taqsimlagichi orqali 220 V
o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunday datchiklar namligi 13 foizdan yuqori
bo’lgan donlar uchun qo’llaniladi.
50
2.17-rasm. Elektrodli satx datchigining prinsipial sxemasi.
«RUS» sath o’lchagichi elektr o’tkazuvchan va elektr
o’tkazmaydigan suyuqliklarning sathini uzluksiz ravishda uzoq masofadan
o’lchash va uni chiqishda o’zgarmas tok signali ko’rinishiga keltirish uchun
mo’ljallangan.
Bu asbob agressiv va portlash hususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklar
muhitida ham ishlashi mumkin. «RUS» sath o’lchagichi gidromelioratsiya
ob’ektlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish,
shuningdek, ochiq kanallarda sath o’lchash datchigi sifatida ham qo’llaniladi.
«RUS» sath o’lchagichi melioratsiya sohasida keng qo’llanilayotgan
datchiklardan hisoblanadi, chunki bu asbob yordamida olingan chiqish
signali o’zgarmas tok signaliga aylantirilib uni uzoq masofaga uzatish
imkonini beradi. Olingan tok signali statsionar o’zgartkich orqali chastotaviy
yoki kodlashtirilgan signalga aylantirilib telemexanik sistema orqali
dispecher punktiga uzatilishi mumkin. Ye-832 o’zgartkichi shunday
elementlardan biri hisoblanib, u o’zgarmas tok signalini chastotaga aylantirib
beradi. Ushbu o’zgartkich bilan laboratoriya ishini bajarayotganda tanishish
mumkin. Sath o’lchagich tarkibiga birlamchi o’zgartkich (BO’) va uzatuvchi
o’lchov o’zgartgichi (O’O’) kiradi.
«RUS» qurilmasining tarkibiy tuzilish sxemasi 2.18 - rasmda ko’rsatilgan.
Birlamchi o’zgartkich (BO’) quyidagi elementlardan tashkil topgan:
51
sig’imli sezgir element I (yuqori karroziyaga qarshi xususiyatga ega bo’lgan
fotoplastik izolyatsiyali PNFD nikelli o’tkazgich), sig’imli generator -
o’zgartkich 3 kalibrli sig’imlar batareyasi 2 va o’zgarmas tok ko’prik
sxemasi (4) dan tashkil topgan elektron blok.
Sezgir elementning o’lchash uchun ajratilgan qismigacha bo’lgan
sig’im quyidagicha aniqlanadi:
S
n
=S
on
+kh/H
(2.16)
bu yerda S
ON
- o’lchov qismining boshlang’ich sig’imi;
K – proporsionallik koeffitsiyenti (sezgir elementning konstruksiyasi va
tekshirilayotgan muhit bilan xarakterlanadi);
h – sathning o’zgarayotgan qiymati;
H – o’lchov diapazon;
Birlamchi o’zgartkich tekshirilayotgan suyuqlik sathini o’zgarishini
elektr sig’imga (S) aylantirib so’ngra yana bu signalni o’zgarmas tokli
kuchlanishga o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Uzatuvchi o’lchov o’zgartkichi (O’O’) o’zgarmas tok kuchaytirgichi 5 va
chiqish signalini bir me’yorga keltiruvchi kuchaytirgich 6 dan tashkil topgan.
Bu o’zgartkichning vazifasi:
h-sath o’lchagichning barcha qismlarini stabil o’zgarmas kuchlanish bilan
ta’minlash;
H-qayta bog’lanish signalini hosil qilish;
- bir hil qiymatga ega bo’lgan o’zgarmas tokning chiqish signalini hosil
qilish.
Sxemadagi qayta bog’lanish chiqishdagi tok signalining
o’lchanayotgan suyuqlikning sathiga nisbatan chiziqli bog’lanishini hosil
qiladi. Chiqish signalini bir mе’yorga keltiruvchi 6 kuchaytirgichdan olingan
signal suyuqlik sathining h holatiga to’g’ri proporsional bo’lib, sath
ko’rsatkichi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |